Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet231/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

4. Harbiy tashkilot. Rim – kichik bir shahar davlatdan 
qudratli davlatga aylanishi va bu davlatning ming yildan 
ko‘proq vaqt yashashi, uning siyosiy tizimi va tuzilmasining 
barqarorligining omillaridan biri – Rim davlatining yuqori dara-
jada shakllantirilgan harbiy tashkilotining mavjudligi edi. Har 
bir Rim fuqarosi 16 yoshdan 46 yoshgacha zaruriyat tug‘ilgan-
da harbiy xizmatni o‘tashga majbur bo‘lgan. Harbiy qo‘shin-
ning jangovar qobilyatini yuqori darajada saqlab turish uchun 
u bir necha marta isloh qilindi. Grakx rim qo‘shinini to‘ldirish 
bo‘yicha islohot o‘tkazdi (mil.avv. II asr oxiri). Harbiy sarkar-
da va konsul Gay Mariy (mil.avv. I asr) o‘tkazgan harbiy is-
lohot rim armiyasini mustahkamladi. Qo‘shin tarkibiga endi-
likda mulki bo‘lmagan fuqarolar ham qabul qilindi. Harbiylar 
ma’lum miqdorda ish haqi va qurol-aslaha olar edilar. Harbiy 
xizmat muddati tinchlik yoki urush paytiga qaramay, 16 yil etib 
belgilandi. Shundan so‘ng askarlar iste’foga chiqib, odatda yer 
ulushi olganlar. Qo‘shinning saflanish va jangga kirish tartibi 
o‘zgartirildi. Har bir legionga eski nishon o‘rniga kumush bur-
gut berildi. Intizom ancha yaxshilandi. Askarlar doimo mashq 
qilishlari, lagerda ishlashlari, yo‘llar, harbiy mudofaa inshoot-
lari qurishlari majbur qilib qo‘yildi. Odatda, Rim qo‘shini 4 le-


509
giondan iborat bo‘lib, har bir legionni 4200 piyoda va 300 otliq 
tashkil qilgan. Piyodalar nayza, keng qilich, to‘rtburchak qal-
qon bilan qurollanib, temir qalpoq kiyar edilar. Har bir legion-
ga lotinlar va ittifoqchilarning kogortalari yordamga biriktiril-
gan. Qo‘shin tepasida konsullar turgan. Ularga senatorlar yoki 
harbiy tribunlardan legatlar yordamchi sifatida berilgan. Rim
legionida birinchi qatorda 24 yoshgacha bo‘lgan yigitlar nayza 
bilan, ikkinchi qatorda 24-30 yoshli, uchinchi qatorda keksa 
va tajribali 31-46 yoshgacha bo‘lgan harbiy triariylar saflanib 
jangga kirgan.
Rim harbiysi qalqon, qilich, qalpoq va pichoq bilan qurol-
langan. Qalqon Kichik Osiyo, Osuriya, Kelt va yunonlarnikiga 
o‘xshash bo‘lgan. Qurol-aslahada sharqning ta’siri kuchli edi. 
Qadimda Rim qalqonlari to‘g‘ri burchakli bo‘lgan. Keyin ayla-
na ekrusk qalqonlari tarqaldi. Uning o‘lchami balandligi 1 m 
20 sm, eni 75 sm bo‘lgan. Qalqonlar charmdan yoki jezdan 
yasalib, chetlari metall zey bilan aylantirilgan, qalqonning yas-
si o‘rtasiga tasvir tushurilgan. Imperiya davrida oval qalqon-
lar keng tarqaldi. Ular juda yengil va diamet ri bor-yo‘g‘i 30 sm 
bo‘lib, metall zey bilan charmdan yasalgan. Qalqonning ichida
uning egasining nomi o‘yib yozilgan. Qalpoq jezdan yuzga tusha-
digan himoya niqobi bilan yasalgan. Boshda rimliklar charm 
va jundan telpak kiyganlar. Mil.avv. IV asrdan rimliklar uchi 
bo‘yalgan patlar yoki ot yollari bilan po‘lat qalpoqlarga o‘tdilar. 
Imperator Adrian davrida suvoriylar temirdan, oltin bilan hal-
langan, katta qizil tutamli niqob va qalpoqlar kiyishgan. 
Rim qo‘shinlarining dong‘i ketgan mustahkam intizomliligi 
ularning ko‘p sonli g‘alabalarining asosiy omili edi. Har bir le-
gioner o‘zi bilan belkurak va qoziq olib yurar edi. Harbiy lager 
to‘rtburchak shaklda qurilib, 4 darvozali ikki ko‘chadan iborat 
bo‘lgan. Qo‘shinda intizom juda qattiq jazo va mukofotlar bi-
lan saqlab turilar edi. O‘zini ko‘rsatgan legionerning ko‘kragi-
ga mis taxtacha (keyinchalik bu orden bo‘lgan) taqib qo‘yilar 
edi. Legioner qo‘lida uning xizmatini rag‘batlantiruvchi belgi 
3-4 qator bilaguzuk taqilar edi. Legioner uchun eng oliy muko-
fot Rim fuqarosini o‘limdan saqlab qolgani uchun beriladigan 
daraxt barglaridan qilingan gulchambar edi. Qamal qilinayot-
gan dushman shahrining devoriga kim birinchi bo‘lib ko‘taril-
sa, u oltin toj bilan taqdirlanar edi. Lashkarboshi uchun oliy 
mukofot bu Rim shahridagi «Muqaddas yo‘l» bo‘ylab Kapitoliy 
tepaligida jang aravasida ko‘tarilish edi. Zafar huquqini senat 


510
g‘alaba qilgan lashkarboshiga berar edi. Agar g‘alaba unchalik 
katta bo‘lmasa, zafar o‘rniga «ovatsiya» (qarsak chalish bilan 
olqishlash) yoki kichik zafar belgilanar edi. Qo‘shinda harbiy 
tribunlar katta harbiy boshliqlar bo‘lib, dastlab ularni konsul-
lar tayinlar edi. Keyinchalik esa harbiy tribunlarni xalq yig‘ini 
saylaydigan bo‘ldi.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling