Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

Kohinlar. Rimda diniy e’tiqod siyosiy hayotdan ajralmadi. 
Qadimgi Rimda barcha oliy magistratlar qandaydir bir kohin-
lik funksiyalarini bajarganlar. Kohinlar alohida ijtimoiy qatlam 
emas edi. Kohinlar kollegiyaga uyushgan bo‘lib, faqat diniy 
vazifani bajardilar. Pontifiklar kollegiyasi boshda uch, keyin olti 
kishini tashkil qildi. Kollegiya boshlig‘i buyuk pontifik deb atal-
gan. U diniy marosim, rasm-rusumlarni bajarishda qatnashib, 
kalendar, ob-havo yozuvlarini olib borgan. Pontifiklar patritsiy-
lar bilan yaqin aloqada bo‘lgan. Magistratlarga diniy masalalar 
bo‘yicha maslahatlar bergan. Buyuk pontifik mil.avv. III asr ox-
iridan alohida komisiyalarga saylangan, pontifiklar kooptatsiya 
yo‘li bilan tayinlanganlar. Pontifiklar Mil.avv. 300-yildagi Ogul-
niy qonuni bo‘yicha plebeylar ham pontifik lavozimlarini egal-
lashi lozim bo‘ldi. Turli ibodatxona kohinlari flaminlar deb atal-
gan. Ma’buda Vesta ibodatxonasi kohinlari Rimda katta obro‘ga 
ega bo‘lganlar. Bashoratchi kohin – avgurlar alohida kohinlar 
kollegiyasiga kirganlar. Boshda avgurlar faqat patritsiylardan 
saylangan. 
Magistratura. Rim konstitutsiyasi bo‘yicha magistraturalar 
kollegial bo‘lib (2 konsul, 2 ta pretor, 4 edil, 10 xalq tribuni, 2 
senzor va 4 kvestor), bir yil ijro etilgan. Lavozimlar har yili qayta 
saylangan (faqat senzorlar bir yarim yil, diktatorlar yarim yil). 
Konsullar, pretorlar, kvestor va edillar lavozimga 1-martdan 
(mil.avv. 153-yilgacha, keyin 1-yanvardan), plebey tribunlari 
esa 10-dekabrdan lavozimga kirishar edilar. 
Dastlab sud hokimiyati ikki pretorga tegishli edi. Harbiy 
qo‘shin ta’minoti (intendant) qismi va harbiy o‘lja to‘rt kves-
tor (mil.avv. 267-yildan sakkiz kvestor), shahar obodonchiligi, 
ta’minoti, tartibni saqlash, jamoat bayramlarini tashkil etish 
to‘rt edilga tegishli edi. Plebeylarning manfaatini 10 plebey tri-
bunlari himoya qilar edi. Xalq tribunlari triblar bo‘yicha plebey 
yig‘inlarida saylangan. Xalq tribuni lavozimi faqat plebeylarga 
tegishli edi. Dastlab ikki tribun saylangan. Keyin esa ularning 
soni 10 taga yetdi. Tribunlarning asosiy vazifasi plebeylarn-
ing manfaatlarini himoya qilish edi. Xalq tribunlari diktator va 
senzordan tashqari barcha magistratlarning faoliyatiga arala-
shish huquqiga ega edilar. Xalq tribunining veto (taqiqlayman)


487
si magistratning farmoyishi, xalq yig‘ini va senatning qarori-
ni bekor qilgan. Xalq tribunlariga magistratni qamash huquqi 
ham tegishli edi. Tribunning turar joyi har qanday plebey 
uchun yashirinish joyi edi. Tribun uyi tun-u kun ochiq bo‘li-
shi lozim edi. Lekin shahar chegarasidan tashqarida tribunlar 
o‘z hoki miyatini yo‘qotar edi. Tribunlar senat qaroriga norozilik 
bildirishlari mumkin edi, lekin dastlab ular senatda so‘zlash 
huquqiga ega emas edilar. Ularga senat majlisi bo‘layotgan 
bino eshiklari oldida turishgagina ruxsat berilgan. Keyinchalik 
tribunlar senatga kirish, munozaralarda ishtirok etish, hatto 
senat majlislarini chaqirish huquqiga ega bo‘ldilar. Tribunlar 
bilan boshda xalq tribunlari yordamchilari – plebey edillari
lavozimi kiritildi. Plebey edillari komisiyalarida saylangan. Rim 
respublikasi komisiyalari tuzilmasida demokratik an’analar 
kuchaygan bo‘lishiga qaramasdan, boshqaruvdagi hal qiluv-
chi rolni senat va magistratlar o‘ynadilar. Bu Rim respublikasi 
aristrokratik mazmunining ifodasi edi.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling