Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
qonunchilik tashabbusi huquqiga ega emas edi. Senturiy komisiyalari
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
qonunchilik
tashabbusi huquqiga ega emas edi. Senturiy komisiyalari. Rimda xalq yig‘inlari yoki komisiyalar- ning uch ko‘rinishi mavjud edi. Serviy Tulliy islohotlarigacha kuriya komisiyalari mavjud edi. Serviy Tulliy qurolli xalq yig‘ini – senturiy komisiyalarini kiritdi. Tezda ular kuriya komisiyalari- ni siqib chiqardi. Senturiy komisiyalari konsullar tomonidan Rim shahridan tashqaridagi Mars maydonida chaqirilar edi. Barcha Rim fuqarolari 193 senturiy, eng boy I toifa 98, jami senturiylar- ning yarmidan ko‘p senturiy qo‘yar edi. Ovoz berish senturiylar bo‘yicha o‘tkazilib, har bir senturiy bir ovozga ega edi. Ovoz berish qat’iy qabul qilingan tartibda: dastlab I toifa senturiylari, keyin II, III va h. k. ovoz berar edi. Agar taklif qilinayotgan masala bo‘yicha senturiylar ovozining 50% idan ko‘proq ovozi berilsa, ovoz be rish to‘xtatilib, taklif qonun kuchiga kirar edi. Bunday ovoz berish tartibi bo‘yicha barcha masalalarni Rim fuqarolarining boy qismi bo‘lgan I toifaning 98 senturiylari hal qilar edi. Bu komisiyalar- da pretorlar, konsullar va senzorlar saylanar edi. Ovoz berishning mulk senziga asoslanishi demokratik saylov tizimi tarafdorlari- ning noroziligiga uchradi. Rim respublikasi aristokratik xarakterda edi. Qonunchilik tashabbusiga ega bo‘lmagan senturiy yig‘ilishlarini jamiyatning patritsiy qatlamlarining vakili (konsul, diktator, pretor) chaqi- rishi mumkin edi. Bu komisiyalarning biror-bir qarori «patres» – senat tomonidan tasdiqlanmasa, kuchga kirmas edi. Mil.avv. 471-yildan kuriya va senturiy yig‘inlari namunasidagi plebey yig‘inlari chaqirila boshlandi. Plebey yig‘inlarida qabul qilingan qarorlar – «plebitsit» faqat plebeylar uchun majburiy edi. Mil. avv. 241-yilda senturiy komisiyalari islohoti o‘tkazildi. Endi- likda har besh toifadan 70 senturiy qo‘yiladigan bo‘ldi. Ularga suvoriylarning 18 senturiylari, hunarmandlarning 4 senturiy va proletarlarning 1 senturiysi qo‘shiladigan bo‘ldi. Jami 370 senturiy (avvalgi 193 o‘rniga). Patritsiylar va plebeylarning ku- rashi jarayonida plebeylarning hududiy okrug – triblar bo‘yicha tribut komisiyalari muhim ahamiyatga ega bo‘ldi (Rim hudu- di hududiy jihatdan 4 shahar va 31 qishloq tribiga bo‘lingan). Tribut komisiyalarida edillar, kvestorlar va plebey tribunlari saylanar edi. Senat. Senat podsholik davrining oxirida patritsiy urug‘lari oqsoqollari kengashi asosida paydo bo‘ldi. Jamoa ishlarini harbiy boshliq bilan birga boshqarishda katta obro‘ga ega edi. 485 Podsholik davrida podsho oldidagi davlat kengashi edi. Mil. avv. 509-yilda podsho hokimiyati qulagandan so‘ng senatning ahamiyati kuchaydi. Respublika davrida senat 300 a’zoga ega bo‘lgan. Senat harbiy ishga, tashqi siyosatga, moliya ishlari va davlat mulkiga rahbarlik qilar edi. U diniy e’tiqod ustidan nazorat qilib, favqulodda holat e’lon qilish huquqiga ega edi. U hukumat vazifasini amalga oshirdi. Mil.avv. 287-yilgacha har qanday qonun loyihasi senatda muhokama qilinganidan keyin- gina xalq yig‘ini muhokamasiga olib chiqilar edi. Xalq yig‘inida qabul qilingan qonun faqat senat tasdiqlaganidan keyingina qonun kuchiga kirar edi. Shunday qilib, senat o‘ziga kerakli yo‘nalishda xalq yig‘ini faoliyatiga rahbarlik va nazorat qilar edi. Senat tashqi siyosatga rahbarlik qilib, davlat moliyasining egasi edi. Mansabga saylangan magistratlar o‘z faoliyati uchun senat oldida hisobot berar edilar, shu bilan senatga tobe edilar. Mil.avv. IV asrdan vakolatlari muddati tugagan oliy mansab- dor magistratlar senat tarkibiga kirar edilar. Senatorlar ro‘yxa- tini senzorlar tuzganlar. Ularning rahbari eng keksa va obro‘li senator – princeps senatus (u munozara paytida birinchi bo‘lib so‘zlagan) edi. Senat ro‘yxatida birinchi senzorlar, keyin kon- sullar, pretorlar turar edi. Senat majlisini chaqirish huquqiga oliy magistratlar: diktator, konsullar, pretorlar haqli edi. Se- natning qarori senatus konsul (senatus konsultum) yoki dekret (dekretum – qaror) deyilar edi. Senat Rim oligarxiyasining tayanchi edi. Senator unvoni umrbod edi. Odatda, senatorlar ro‘yxati ilgari magiustratura lavozimini egallagan yoki egallab turgan kishilardan ma’lum bir mulk senzi asosida (Oktavian davrida 1 mln sestersiy) nobillarning tor doirasidan tuzilgan. Imperiya davrida Oktavian hukmronligidan boshlab, senat- ning funksiyalari cheklana boshladi (ayniqsa moliya, harbiy ish, tashqi siyosat, provinsiyalar boshqaruvi). Imperiya davri- da senat o‘z mustaqilligini yo‘qotdi, lekin uning tashqi hasha- mati kuchaydi. Senat imperator irodasiga qullarcha bo‘ysundi. Imperator senator unvonini merosiy qilib, ularning sonini 600 taga tushirdi. So‘nggi imperiya davrida konsullik, pretor, edil lavozimlari faxrli unvonga aylandi. Imperiya davrida senat o‘z mustaqilligini yo‘qotdi, lekin uning tashqi hashamati kuchaydi. Senat imperator irodasiga qullarcha bo‘ysundi. Imperator se- nator unvonini merosiy qilib, ularning sonini 600 taga tushirdi. So‘nggi imperiyaning tugashi arafasida konsullik, pretor, edil lavozimlari faxrli unvonga aylandi. 486 Amalda hokimiyat prinseps qo‘lida bo‘lib, senat davlatning oliy tashkilotlaridan biri hisoblanar edi. Imperator Diokletian davridan senat o‘z ahamiyatini to‘la yo‘qotdi, u Rim shahar kengashiga aylandi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling