Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet221/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

Kvestorlar. Boshda kvestorlar konsullar tomonidan tayin-
landilar va ular konsullarning yordamchilari edilar. Mil.avv. 
447-yildan boshlab tribut komisiyalari to‘rt kvestorni saylay 
boshladi. Mil.avv. 409 -yildan bu lavozimga plebeylar ham 
saylandilar. Kvestorlar davlat xazinasini boshqardilar, kirim-
chiqim daftarlarini olib bordilar, davlat arxivining saqlovchilari 
edilar, harbiy yurishlarda konsullarga hamrohlik qildilar va 
qo‘shinning pul mablag‘ini boshqardilar. Hamda harbiy o‘ljani 
taqsimlash va sotish bilan shug‘ullandilar. 
Pretor. Mil.avv. 366-yilda o‘zlarining oralaridan bir kishini 
konsulning o‘rinbosari – pretorni senturiy komisiyalarida say-
lashga erishdilar. Pretorning vazifasi shaharda tartibni saqlash 
edi. Pretor oldida oltita liktor yurgan, u sud ishlari bilan 
shug‘ullangan vaqtida uning oldida ikki liktor turgan. Mil.avv. 
337-yildan plebeylar ham pretor lavozimini egallash huquqini 
olganlar. 
Senzor. Mil.avv. 443-yildan boshlab senturiy komisiyalarida 
faqat patritsiylar ichidan ikki senzor saylanadigan bo‘ldi. Ular 
5 yilda bir marta 18 oy muddatga saylanar edi. Senzorlar sobiq 
konsullardan saylangan. Ular Rim fuqarolarini mulk toifalari-
ga kiritib, senatorlar tarkibini tekshirib, uning yangi ro‘yxatini 
tuzishlari lozim edi. 
Tribunat. Xalq tribunlari triblar bo‘yicha o‘tkaziladigan ple-
bey yig‘ilishlarida saylangan. Xalq tribuni lavozimiga faqat ple-
beylar saylanishi mumkin edi. Dastlab ikki tribun saylangan
keyin ularning soni o‘ntaga yetgan. Xalq tribuni shaxsi daxl-
siz bo‘lgan. Ularning asosiy vazifasi plebeylarning manfaatlari-
ni himoya qilish edi. Plebeylar manfaati uchun xalq tribunlari 
diktator va senzordan tashqari magistratlar faoliyatiga arala- 
shishlari mumkin bo‘lgan. Xalq tribuni magistrat topshirig‘i, 
xalq yig‘ini, senat qarorini Veto (taqiq) bilan bekor qilish huquqi-
ga ega bo‘lgan. U hatto magistratni qamoqqa olish huquqiga 
ega bo‘lgan. Tribunlar plebey yig‘inlarini chaqirish huquqiga 


483
ega edi. Shahardan tashqarida tribun o‘z vakolatini yo‘qotgan. 
Ular magistrat emas edilar. Tribunning uyi har qanday plebey 
uchun boshpana bo‘lib, u kecha-kunduz ochiq turgan. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling