Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy sanalar Mil.avv. I ming yillik Kel’t qabilalarining Po daryo o‘rtalarida vodiysiga kelib o‘rnashishi.
- ETRUSKLAR. RIM PODSHOLIK DAVRIDA 1. Etrusklar. 2. Rim podsholik davrida (mil.avv. 753–510- yillar). 1. Etrusklar.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Моммзен Т. История Рима – М.: 1999. 2. Конноли П. Греция и Рим: энциклопедия военной истории. – М.: 2000. 3. Хрестоматия по истории Древнего Рима/Под ред. С. Л. Утченко. – М.: 1962. Asosiy sanalar Mil.avv. I ming yillik Kel’t qabilalarining Po daryo o‘rtalarida vodiysiga kelib o‘rnashishi. Mil.avv. 1800-yillar atrofi Apennin yarim orolida Terra-Marra madaniyatining shakllanishi. Mil.avv. 1000-yillar atrofi Villan madaniyatining paydo bo‘lishi. Mil.avv. VIII asr Janubiy Italiyada yunon koloniya- larining barpo qilinishi. Mil.avv. 754–753-yillar Rim shahrining barpo qilinishi. 463 ETRUSKLAR. RIM PODSHOLIK DAVRIDA 1. Etrusklar. 2. Rim podsholik davrida (mil.avv. 753–510- yillar). 1. Etrusklar. Gerodot, Starabon, Katta Pliniy va Tatsit etrusk- lar Kichik Osiyodagi Lidiyadan mil.avv. XIII asrda dengiz orqa- li Italiyaga kirib kelganlar, deb ma’lumot beradilar. Etrusklar, ularning kelib chiqishi to‘g‘risida Gerodot, Strabon, Katta Pliniy, Galikarnaslik Dionisiy ma’lumot berganlar. Tarixshunoslikda Dempster (1579–1625-yillar, u etriskologiya fanining asoschisi ham sanaladi), Puje, Maspero, Nibur va boshqalar etrusklar- ning kelib chiqishi bilan shug‘ullandilar. Lekin hozirgacha fanda etrusklarning kelib chiqishi to‘g‘risida aniq bir fikr yo‘q. Lotinlar ularni etrusklar yoki tusklar, yunonlar tirrenlar yoki tersenlar deb atadilar. Etrusklar tarixi bo‘yicha sag‘ana, dafn toshlari, qo‘rg‘oshin taxta, ko‘za, muhrlarda mavjud bo‘lgan 11 ming etrusk yozuvlari mavjud. Ularning ko‘pchiligi bag‘ishlov, in’om mazmunida bo‘lib, qisqa yozilgan. Ularning yozuvi biror-bir tilga yoki tillar oilasiga to‘g‘ri kelmaydi. Etrusklar to‘g‘risidagi ilk aniq ma’lumotlar mil.avv. VIII asr- ga tegishli. Etrusk madaniyatining asosiy yodgorliklari O‘rta Italiyadagi Tibr va Arnus daryolari oralig‘ida rimliklar Etruriya (hozirgi Toskana) deb atagan viloyatda to‘plangan. Etruriya Li- guriya, Sizalp Galliyasi, Umbriya va Latsiy viloyatlari bilan che- garadosh bo‘lib, Tirren dengiziga chiqqan. Etruriya o‘rmonlar, qurilish toshi, gilga boy edi. Etrusklar uchun zarur bo‘lgan mis, qo‘rg‘oshin, qalay xomashyosi mo‘l-ko‘l bo‘lgan. Qo‘shni Ilva (Elba) orolidan etrusklar temir rudasini olganlar. Ilk ar xeologik yodgorliklar etrusklarning ijtimoiy-iqtisodiyotda yuqori daraja- da rivojlanganidan guvohlik beradi. Villan madaniyatiga tegish- li urug‘-jamoa qo‘rg‘onlari qoldiqlari, Etruriya shaharlarining paydo bo‘lishi mil.avv. VIII asrga mansub. Mehnat taqsimoti, ayirboshlashning rivojlanishi, jamoa tuzumi ning yemirilishi boy oilalarning – hukmronligini yuzaga keltiradi. Jamiyatning imtiyozli qatlami – harbiy kohinlar (lugu- monlar) oqsuyak zodagonlar shakllanadi. Etruriyada qulchilik juda erta paydo bo‘lgan. Qulchilikning mavjudligidan etrusk zo- 464 dagonlarining qo‘rg‘onlarida uyushtiriladigan gladiatorlar jang- lari guvohlik beradi. Qadimda jangda halok bo‘lgan yo‘lbosh- chilar qabri ustida asirga tushgan dushmanni jang qi lishga majbur etilishi orqali gladiator janglari kelib chiqqan. Oqibatda ular tomosha sifatida saqlanib qolib, bunday tomoshani etrusk- lardan boshqa Italiya shaharlari o‘zlashtirib olganlar. Qullar va qaram odamlardan tuzilgan qurolli guruh bi- lan luqumonlar qo‘shni viloyatlarga hujum qilganlar, dengiz qaroqchiligi (piratlik) bilan shug‘ullanganlar. Etruriya sha- harlarida podsholar boshda saylab qo‘yilgan. Siyosiy kurash natijasida ayrim shaharlarda podsholarning o‘rnini saylab qo‘yilgan lavozimlar egalladi. Podsho hokimiyati ramzlari – xivich bog‘lami va unga suqilgan bolta ko‘targan xizmatchilar podsho oldida borganlar, qizil zey berilgan toga, podsho o‘tir- gichi – kreslo rimliklarga etrusklardan o‘tgan. Ko‘rinishidan rimliklar oliy hokimiyat (imperuim) tushunchasini etrusklar- dan o‘zlashtirganlar. Etrusklar xo‘jaligining asosi sug‘orma dehqonchilik bo‘lib, ular toshloq yerlarga suvni kanallar, yer osti suv omborlari orqali yetkazganlar. Etrusk dehqonlari toshloq yerlarning botqoqlanishini oldini olish, zax suvlarni qochirish yo‘llarini bilganlar. Etrusklar Italiyada birinchi bo‘lib shaharsozlik, sha- har hayoti va madaniyatini barpo qildilar. Aholisi ko‘p sonli va boy bo‘lgan Veyi, Populoniya, Kluziy, Belsiniya, Peruziya, Tark- viniya, Vulchi va Sere kabi etrusk shaharlari barpo qilindi. Sav- do-hunarmandchilik rivojlanib, etrusk hunarmandchilik mah- sulotlari chet elllarga chiqarilgan. Dengiz orqali vositachilik sav- dosini jadal amalga oshirdilar. Etrusklarning savdo kemalari Karfagen, Finikiya, Yunoniston va boshqa sharq mamlakatlari portlarida muntazam langar tashladilar. Ular ichki va tashqi savdoning rivojlanishi uchun tanga-pul zarb qildilar. Etrusk- lar metallga ishlov berishda yuqori natijalarga erishdilar. Etru- riyaning o‘zida mis, qo‘shni Elba orolida temir rudasi qazib chiqarilgan. Etrusk kulolchilik mahsulotlari nihoyatda yuksak baholangan. Etrusklar Janubiy Italiya, Korsika va Sardiniyada o‘z koloni- yalarini barpo qildilar. Mil.avv. VII–VI asrlarda Etruriyada markazi Volsiniya shahri (bu shaharda etrusklarning oliy xu- dosi Kertumnaning ziyoratgohi bor edi) bo‘lgan etrusklarning 12 shahar konfederatsiyasi mavjud edi. Konfederatsiya siyo- satiga 12 luqumon kengashi rahbarlik qilgan. 465 Janubiy Italiyadagi yunon shaharlari etrusklar bilan raqo- bat qildilar. Mil.avv. 535-yilda etrusklar Karfagen bilan ittifoq bo‘lib, Korsika oroli yaqinidagi Alali yonidagi jangda yunonlarni tor-mor qiladilar. Korsika oroli etrusklarning tayanch nuqta- siga aylandi. Shu vaqtda Latsiya, Kampaniya va Shimoliy Ita- liyaning bir qismi etrusklar qo‘lida edi. Rimda etrusklarning Tarkviniy sulolasi qaror topdi, yarim orolning shimoli-sharqida etrusklarning Adriya shahri Adriatika dengiziga o‘z nomini ber- di. Mil.avv. VI asrning birinchi yarmi Etruriya iqtisodiy-siyosiy hayotining yuksalish davri bo‘ldi. Mil.avv. VI asrning ikkinchi yarmidan etrusklar zaiflasha boshladi. Etrusklarning zaiflashuvining bir necha sabablari bor edi. Etrusk federatsiyasi hech qachon mustahkam bo‘lma- gan. Shaharlar o‘rtasida doimiy raqobat, shaharlardagi ijtimoiy qatlamlar o‘rtasidagi ziddiyatlar siyosiy zaiflashuvga olib keldi. Italiya shaharlari etrusklarning hukmronligiga chek qo‘yish- ga harakat qildilar. Etrusklar shimolda keltlarning hujumini qaytarish uchun og‘ir kurash olib bordilar. Etrusklar davlati hududlari qisqarib bordi. Etrusk federatsiyasiga kirgan sha- harlar o‘rtasidagi ichki aloqa zaiflashdi. Etrusklar birdaniga yunonlar, rimliklar va keltlarning siquvi ostida qoldi. Rivoyatlarda rimliklarning etrusklarga qarshi urushlari ning yor qin tasvirlari saqlanib qolgan. Bir rivoyatga ko‘ra etrusk podshosi Parsenni o‘ldirish uchun rimlik o‘smir Gay Musiy etrusklar qarorgohiga kiradi, lekin uni ushlab oladilar. Parsena Gay Museyni qiynoqqa solib, sheriklarini aytishni talab qiladi, gay Stsevola og‘riq va o‘limdan qo‘rqmasligini ko‘rsatish uchun qo‘lini olovga tutadi va qo‘li qanchalik kuymasin, miq etib ovoz chiqarmaydi. Mil.avv. 524-yilda yunonlar Kampaniya yonida, mil.avv. 474-yilda Qum yonida etrusk flotini tor-mor qildilar. Mil.avv. 509-yilda rimliklar so‘nggi etrusk podshosi Tarkviniy Mag‘rurni shahardan haydab yubordilar. Mil.avv. 265-yilda etrusk shahri Voliniyaning qulashi bilan rimliklar Etruriyaning to‘la istilosini tugalladilar. Yangi era boshida etrusklar roman- lashuv jarayonida o‘z ona tillarini unutdilar va rimliklar bilan qo‘shilib ketdilar. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling