Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

 2. Tabiiy va aniq fanlar. Mil.avv. III–II asrlarda Afinadagi 
Arastu maktabida aniq va tabiiy fanlar o‘rganildi. Feosfrast av-
valgi faylasuflarni, Menon tibbiy adabiyotini o‘rgandi. Evdem 
matematika va astronomiya tarixini yozdi. Feofrast «O‘simliklar 
tarixi», «O‘simliklar fiziologiyasi» asarlarini yozib, ilmiy botani-
kaga, uning ustozi Arastu esa zoologiyaga asos soldi. Arastu 
Likmiyada o‘z o‘quvchilari bilan sayr qilib yurar va ular bilan 
falsafiy suhbat qilar edi. Shu sababli, ular 
«peripatetiklar» («sayr 
qilayotganlar») deb atalgan. 
Orontdagi Antioxiya, Aleksandriya va boshqa poytaxtlar-
da ilmiy markazlar va kutubxonalar vujudga keldi. Ptolemey 
I Soter Aleksandriyada ilmiy markaz – Museyonni tashkil qil-
di. Ilmiy markazda matematika, fizika, astronomiya, jug‘rofiya 
va filologiya fanlari bo‘yicha ko‘p olimlar to‘plangan edi. Jum-
ladan, Museyonda mashhur matematik Yevklid (uning «Bosh-
lang‘ich geometriya»si ko‘p asrlar davomida 1700 marta chop 
etilgan) ishladi. Arximed yoshligidan bu yerda o‘z faoliyatini 
boshladi. Aleksandriyada geograf Eratosfen, astronomlar Kono 
va Dosifeylar faoliyat ko‘rsatdilar. Aleksandr yurushlari qissa-
chisi Aristobul, harbiy boshliq Nearx yunonlarga boshqa mam-
lakatlar to‘g‘risida boy ma’lumotlar berdilar. Aleksandriyada 
bir necha o‘n ming jildli ulkan kutubxona, botanika bog‘i, zoo-
park, jarrohlik laboratoriyalari, astronomik rasadxona, olimlar 
uchun o‘quv zali va yotoqxonalar bor edi. Museyonda tashkil 
etilgan kutubxona o‘sha zamonga qadar to‘plangan sharq-
yunon donishmandligining asarlarini to‘laroq ravishda o‘z ichi-
ga olgan edi. O‘sha vaqt uchun bu g‘oyat katta kutubxonada 
ellin davrining oxiriga borib 70000 ga yaqin qo‘lyozma-matnlar 


445
– papirus o‘ramlari mavjud edi. Aleksandriya olimlari mate-
matika, tibbiyot va texnika fanlari sohasida erishgan yutuqlari 
bilan hamda mutaxassis-filologlar sifatida dong taratdi. Misr-
dagi Aleksandriya bilan bir qatorda Orontdagi Pergam, Anti-
oxiya ellin

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling