Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
8. Haykaltaroshlik. Mil.avv. V asrdan yunon haykalta-
roshligi rivojlanib, noyob haykallar yaratildi. Buyuk haykalta- roshlar Miron, Fidiy va Polikletlar yaratgan haykallar insoniyat sivilizatsiyasining mo‘jizalari hisoblanadi. Haykaltaroshlikning qator maktablari yuzaga keldi. Yunon haykaltaroshligining rivojlanishi to‘rtta bosqichga bo‘linadi. Birinchi davr mil.avv. V asrgacha bo‘lib, Miron bilan tugaydi. Shundan so‘ng yunon haykaltaroshligi g‘oyaviylik va shakllarni eng oliy mukammal- ligi davriga kiradi. Ikkinchi bosqich – Fidiy va Polikretning ijodi davri. Uchinchi bosqich mil.avv. IV asrdan Makedoniyalik Alek- sandrgacha bo‘lgan davr. IV bosqich Aleksandrning o‘limidan mil.avv. II asrgacha. Bu bosqichda Rodos va Pergam maktab- lari oldinga chiqadi. Yunonistonda mil.avv. V asrning 70-yilla- ridan boshlab haykaltaroshlik san’ati gullab-yashnadi. Buyuk haykaltarosh Fidiy Afina va Zevs haykallarini yaratdi. Ma’buda 407 Afinaning 12 metrli haykalini yaratishda fil suyagi va oltindan foydalandi. Ma’buda «Afina» haykali Akropolning eng baland joyiga qo‘yilib, uning quyoshda yaraqlagan nayzasi uzoqdan ko‘rinib, kemalar uchun mayoq bo‘lib xizmat qilgan. Fidiyning mashhur asarlaridan biri «Olimpiyalik Zevs»ning ulkan hayka- li (14 metr) Olimpiyadagi Zevs ibodatxonasiga qo‘yilgan edi. U taxtga o‘tirgan holda ifodalanib, fil suyagidan yasalgan. U ma’buda Afina qalqonida do‘sti Afinaning siyosiy arbobi Perikl- ni va o‘zini tasvirladi. Afinada haykaltaroshning dushmanlari Fidiyni ma’budani haqorat qilishda aybladilar. Natijada Fidiy qamoqqa hukm qilindi va u yerda vafot etdi. Fidiyning ikki munosib shogirdi Alkmen va Agorakrit Parfenon ibodatxonasi pesh tog‘i tasvirini ishladilar. Mashhur haykaltarosh Miron «Diskobol», «Afina va Marsiy» haykallari bilan o‘zining nomini abadiylashtirdi. Uning shogirdi haykaltarosh Dimetriy an’anaviylik va klassikadan uzoqlashib hayotiy asarlar yaratdi. Haykaltarosh Poliklet esa uni teskarisi bo‘lib, o‘z asarlarida sof go‘zallikni izladi. U tanlovlarda Fidiy bilan raqobatlashdi va uni yengdi. Uning Zevsning rafiqasi «Gera», «Nayza ushlagan o‘smir» haykallari mukammal san’at asarlari bo‘ldi. Klassik yunon haykaltaroshligining yorqin vakillaridan biri argoslik Poliklet edi. Uning «Diodumen» asari noyob san’at na- munasi edi. Yunon haykaltaroshlari inson gavdasining uyg‘un- ligi nuqtasini qidirar edilar. Poliklet ham bu nuqtani izladi. Poliklet qonuniga ko‘ra, haykal tovonining uzunligi gavdaning 1/6 qismini, boshining uzunligi 1/8 qismini tashkil qilishi ke- rak edi. Bu va boshqa nisbatlarga Dorifor haykalida qat’iy rioya qilingan. Poliklet qonuniga keyingi yuz yil davomida haykalta- roshlik san’atida amal qilib keldi. Haykaltarosh Peoniyning «Ma’buda Rika» haykali mil.avv. V asrning noyob san’at asar- laridan biri edi. Mil.avv. IV asrda haykaltarosh Praksitelning (mil.avv. 370–340-yillar) «Germes chaqaloq Dionis bilan», «Knidlik Afro- dita», «Kaltakesakni o‘ldirayotgan Apollon» haykallarida nafis- lik, go‘zallik yaqqol aks etadi. Uning «Erot», «Vino quyayotgan satir», «Dam olayotgan satir» haykallari sevgi, bazmga bag‘ish- langan. Praksitel barcha haykallarini marmardan ishladi. Uning «Knidlik Afrodita» haykali ayol go‘zalligining timsoli sifatida shuhrat qozondi. Praksitelning haykallarida sokinlik motivlari ko‘rinadi. Uning mashhur «Knidlik Afrodita» haykali bizgacha 408 yetib kelmagan. Praksitelning «Dam olayotgan Satir» hayka- lining yuzdan ortiq nusxalari bizgacha yetib kelgan. Buyuk haykaltaroshning ikki o‘g‘li va nevarasi uning ishini davom et- tirdilar. Uning o‘zi ham haykaltaroshning o‘g‘li edi. Mil.avv. IV asrda polis tizimining tushkunligi davrida haykaltaroshlikda qahramonlik mavzusidan uzoqlashib, inson- ning ichki ruhiy dunyosini ko‘rsatish asosiy yo‘nalish bo‘ldi. Shu davrning mashhur haykaltaroshlari sifatida Skopas, Praksitel va Lisipp (makedoniyalik Aleksandrning saroy haykaltaroshi) larni aytish mumkin. Paroslik Skopas (mil.avv. 420–355-yillar) Attika, Peloponnes va Kichik Osiyodagi yunon shaharlarida ishladi. O‘zi me’mor bo‘lgan Gegeyadagi Afina ibodatxonasi- ni haykallar bilan bezadi. Skopasning «Sevib qolgan Arey» va «Afrodita» haykallarida inson ruhining harakati va uning eng nozik va yashirin tuyg‘ularini ifodalashga harakat ko‘rinadi. Mashhur haykaltaroshlarning orasida eng so‘nggisi va mahsuldori mil.avv. IV asrda yashagan Lisipp edi. U marmar va metalldan ilohlar, qahramonlar, yarim ilohlarning 1500 haykallarini yaratdi. Lisippning «To‘rt ot qo‘shilgan aravada- gi Gelios» va «Tlet» haykallari mashur bo‘ldi. Uning «Istmiyalik poseydon», «Agiy», «Gerakl» haykallarida kurash ruhi singdiril- gan. U Makedoniyalik Aleksandrning buyurtmasi bilan «Granik yonidagi jang» haykallar guruhini yaratdi. Guruh 35 figuradan tashkil topib, ulardan 26 tasi otliq edi. Makedoniyalik Alek- sandrni marmar va bronzada tasvirlash faqat Lisippga ruxsat berilgan edi. Lisipp Aleksandni turli ko‘rinishda: o‘smir, erkak, jangda, taxtda o‘tirgan holda, ovda, otda tasvirladi. Mashhur haykaltarosh Makedoniyalik Aleksandrning buyustini ham yaratdi. Lisipp haykaltaroshlik san’atida Poliklet qonunining o‘rniga yangi qonunni tadbiq qildi. Lisippning zamondoshi afi- nalik Leoxar yunon haykaltaroshligida mumtoz usulni tiklash- ga harakat qildi. «Belvederlik Apollon», «Gaimed!» haykallari uning asari deb taxmin qilinadi. Rodos orolida Agezandr, Afenodor va Polidor mashhur «La- okoon va uning o‘g‘illari» asarini yaratdilar. Sofoklning hi- koyasiga ko‘ra, iloh Apollon muqaddas tepalikni oyoqosti qil- gani uchun ilohlarni Laokoonni o‘ldirishga yuboradi. Laokoon noqonuniy tug‘ilgan o‘g‘illari bilan birga o‘ldiriladi. Lisippning shogirdi rodoslik Xares Rodos orolida qadimgi dunyoning yet- ti mo‘jizasidan biri bo‘lgan xudo Geliosning 36 metrlik ulkan haykalini yaratdi (mil.avv. 216-yil). Rodosdagi kuchli zilzila 409 paytida bu haykal buzilib ketdi. Uning «Gerakl sher bilan» va «Apoksiomen» haykallari, bazm qilayotgan Gerakl haykalchasi haykaltaroshlik san’atining eng noyob namunalari hisoblanadi. Tasviriy san’at taraqqiyotini vazalar tasviri orqali yaqqol tasavvur qilish mumkin. Bu san’at janrida Sikion maktabi va Afina maktabi shakllangan edi. Tasviriy san’atda kundalik ha- yot va mifologiyadan olingan tasvirlar ko‘plab uchraydi. Birinchi bo‘lib mashhur yunon rassomi tasoslik Poliklet faqat to‘rt rang: oq, qora, qizil va sariqni ishlatgan. Klassik davrda yunon tas- viriy san’atining eng mashhur namoyandalaridan biri Polignot ulkan ko‘p shaklli kompozitsiyalar ustasi edi. Afinalik Apollodor tasviriy san’atda yorug‘lik soyasini kashf qildi. U bo‘yoq bilan chizgan ko‘pgina vazalar bizgacha yetib kelgan. Bu davrdagi Zevksid va Parrasiy, Apelles (Aleksandrning saroy rassomi) va Nikiylar tasviriy san’at janrida yorqin iz qoldirdilar. Rassomlar tarixiy, harbiy, peyzaj va portret janrlarida ijod qildilar. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling