Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
Yunon tragediyasi. Yunon tragediyasining mil.avv. V asr-
dagi yuksak parvozi uch buyuk tragik shoirlari – Esxil, Sofokl, Yevripid va komediograf Aristofanlar asarlari bilan belgilanadi. Esxil. Yunon tragediyasining asoschisi Esxil (mil.avv. 525–456-yillar) hisoblanadi. Afina yaqinidagi Elevsin sha- harchasida tug‘ilgan Esxil 30 yoshida o‘z tragediyalari bilan shuhrat qozonib, 20 yil davomida yunon tragediyasining birin- chi darg‘asi bo‘lib keldi. Lekin mil.avv. 468-yil yosh Sofokldan mag‘lub bo‘lib, faqat o‘n yildan keyin «Oresteya» trilogiyasi bilan g‘alaba qildi. Shundan so‘ng Esxil Sitsiliyaga ko‘chib o‘tib, u yerda vafot etdi. Uning 70 ta tragediyasidan 7 tasi yetib kelgan. Shoirning «forslar» (mil.avv. 472-yil) tragediyasi Salamin jangi- ga bag‘ishlangan. «Zanjirband Prometey» tragediyasida erkinlik g‘oyasi ilgari suriladi. Sofokl. Esxildan so‘ng Attika teatrida Sofokl (mil.avv. 496–405-yillar) yetakchi o‘rinni egalladi. Sofokl ko‘pgina ras- 404 som, faylasuflar hamda Perikl bilan do‘st edi. Sofokl Afina den- giz ittifoqining xazinachisi, strateg lavozimini egalladi. U teatr- ga uchinchi aktyorni olib kirdi, xor ishtirokchilarini ko‘paytirdi. Sofokl mahsuldor ijod qilib, 123 ta komediya yozdi, undan 7 tasi bizgacha yetib kelgan. Shoirning «Shoh Edip», «Antigona», «Fivaga qarshi yetti», «Agamemnon», «Xoeforalar», Yevmenid», «Gerakl», «Avlidadagi ifigeniya», «Gekuba», «Androomaxa», «Ion», «Yelena», «Edip Kolonda» asarlarida axloqiy va etik muammolar ko‘tariladi. Yevripid. Yevripid (mil.avv.480–406-yillar) polis mafkurasi- ning tushkunligi davrida ijod qildi. Uning asarlari falsafiy ruh- da bo‘lib, faqat to‘rt marta g‘olib bo‘ldi xolos. Lekin 100 yildan so‘ng uning tragediyalari ellin teatrlarining barchasida qo‘yildi. Natijada Yevripidning 90 asaridan 18 tasi saqlanib qoldi. Shoir «Vakxankalar», «Gerakl», «Medeya», «Ippolit», «Iffegeniya» trage- diyalarida insonning chuqur ruhiy dunyosi, his-tuyg‘usini aks ettirdi. Bu asarlar jahon teatri sahnasidan tushmay kelmoqda. Attika teatrida tragediyadan tashqari komediya (mil.avv. 445–386-yillar) janri ham keng tarqalgan. Bizgacha yetib kel- gan komediyalarning ko‘pchiligi Aristofan qalamiga mansubdir. Aristofanning «Tinchlik», «Axaryaliklar», «Lisistrat», «Suvoriy- lar», «Qurbaqalar» va «Bulutlar» komediyalarida mil.avv. V asr yunon dunyosining siyosiy ziddiyatlari hajv qilinadi. Aristofan- dan II komediya qolgan. Mil.avv. IV asrda Yunonistonda 15-20 ming kishilik teatrlar qurilishi avj oldi. Afinadagi mashhur Di- onis teatri marmardan yarim doira shaklida tepalikda qurilgan edi. Barcha fuqarolar teatr tomoshalariga borganlar. Teatrga kirish uchun fuqarolarga pul berilgan. Yunon teatri omma- viy san’at o‘chog‘iga aylandi. Mil.avv. VI–V asrlarda yashagan yarim afsonaviy Ezop masal janrida ijod qilib, allegorik obraz- larni yaratdi. Rivoyatga ko‘ra u ozod bo‘lgan qul bo‘lib, Lidiya hokimi Krez saroyida yashagan. Qadimda Ezopning bir necha masallari ma’lum edi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling