Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy sanalar
- QADIMGI YUNON MADANIYATI 1. Qadimgi yunon madaniyati. 2. Falsafa. 3. Din. 4. Ta- rix matnlari. 5. Adabiyot va teatr. 6. Notiqlik san’ati.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Андреев В. Н. Размеры земелных участков в Аттике IV в. до н. э. Вестник древней истории, 1959, № 2. 2. Глускина Л. М. Проблемы социально-экономической истории Афин IV в. до н. э. – Л.: 1975. 3. Казакeвич Э. Л. Термин и понятие «раб» в Афинах IV в. до н. э. Вестник древней истории, 1956, № 3. 4. Казакeвич Э. Л. Рабы как форма богатства в Афинах IV в. до н. э. Вестник древней истории, 1958, № 2. 5. Маринович Л. П. Греческое наемничество IV в. до н. э. и кризис полиса. – М.: 1975. 6. Фролов Э. Д. Греческие тираны IV в. до н. э. – Л.: 1972. Asosiy sanalar Mil.avv. 430–404-yillar Peloponnes urushlari. Mil.avv. 429-yil Perikl vafot etdi. Mil.avv. 422-yilda Nikiy tinchlik shartnomasi. Mil.avv. 415-yil Afinaliklarning Sitsiliyaga harbiy ekspeditsiyasi. Mil.avv. 415–404-yillar Dekeliy urushi. Mil.avv. IV asr Yunon polislarining tushkunligi. 395 QADIMGI YUNON MADANIYATI 1. Qadimgi yunon madaniyati. 2. Falsafa. 3. Din. 4. Ta- rix matnlari. 5. Adabiyot va teatr. 6. Notiqlik san’ati. 7. Me’morchilik. 8. Haykaltaroshlik. 9. Tibbiyot va aniq fanlar. 1. Qadimgi yunon madaniyati. Yunonistonning ko‘pchilik polislarida o‘rnatilgan demokratik tuzum fuqarolarning so‘z erkinligini ta’minladi, shaxs huquqini kafolatladi va ijtimoiy-si- yosiy hayotda faol ishtirok etish imkoniyatini berdi. Xalq yig‘ini- da ichki va tashqi siyosatning barcha masalalarini muhokama qilish fuqarolarning o‘zligini anglashini rivojlantirdi. Davlatda yuz berayotgan barcha hodisalar fuqaroda mas’uliyat hissini shakllantirdi. Har qanday fuqaro o‘zining butun hayoti davo- mida bir necha marta davlat va jamoat lavozimlarini egallashi mumkin edi. Polisning siyosati uning barcha fuqarolarining ishi edi. Rivojlangan polislarda aholining asosiy qismi savod- li edi. Davlat bayramlari va musobaqalari katta ta’lim va tar- biyaviy ahamiyatga ega edi. Yunon teatri tomoshalari fuqaro- da axloqiy va siyosiy sifatlarni tarbiyalash vositasi hisoblanar edi. Shu sababli, davlat barcha fuqarolarni teatr tomoshalari- ni ko‘rishiga shart-sharoit yaratib, g‘amxo‘rlik qildi. Demokra- tik polislarda notiqlik san’ati rivojlandi: xalq yig‘inlarida nutq so‘zlaganda notiq minglab kishilarni o‘ziga qaratib, o‘z nutqi- ni eshitishga majbur qilishi lozim edi. Sudda esa fuqaro o‘zi- ning fikrini san’atkorona va mantiqiy asoslash bilan sudyalarni ishontirishi lozim edi. Bu esa nutq san’atini egallashni talab qil- di. Natijada maxsus fan – ritorika (notiqlik san’ati) paydo bo‘ldi. Fikrlash, mushohada qilish qonunlari to‘g‘risidagi fan – mantiq rivojlana boshladi. Yunonistonda dinning qadimgi Sharq jamiyatlaridagi kabi nufuzli mavqega ega bo‘lmaganligi ham yunon madaniyatining rivojlanishida turtki bo‘ldi. Yunonlar uchun xudolar qudratli mavjudot bo‘lsalar-da, lekin ular insonga yaqin va tushunarli edi. Har qanday yunon kohinlarning yordamisiz o‘z xudosiga qurbonlik keltirishi mumkin edi. Qadimgi Sharqda kohinlar toifasi katta mol-mulkka ega bo‘lgan yopiq imtiyozli qatlam edi. 396 Jamiyatning ma’naviy, madaniy va ta’lim tizimi kohinlar toifasi izmida edi. Yunonlarda esa kohinlar yopiq qatlam sifatida shakl- lanmadi. Kohinlik lavozimi saylanadigan va almashtiri ladigan edi. Kohinlar alohida toifa sifatida polis hayotiga ta’sir o‘tkaz- madilar. Yunon ibodatxonalari kichik hajmda chiroyli qilib qu- rilgan edi. Ular qadimgi Sharq ibodatxonalari kabi ulug‘vor va hashamatligi bilan odamlarni qo‘rqitib, vahimaga solmas edi. Qadimgi yunon madaniyati fuqaro erkinligi va iqtisodiy faoli- yat erkinligi sharoitlarida rivojlandi. Ko‘chadigan va ko‘chmas mulkka xususiy mulkchilik, davlatning xo‘jalik hayotiga ara- lashmasligi, tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi – bular- ning barchasi alohida odamning tashabbusini rivojlanishiga, insonning o‘zida kuch va ishonchini qaror topishiga hamda tanqidiy fikrlashni paydo bo‘lishiga yordam berdi. Chunki tan- qidiy mushohadasiz ilmiy yuksalish bo‘lishi mumkin emas edi. Qadimgi yunon madaniyati taraqqiyoti ikki katta asosiy bosqichni o‘z ichiga oladi: 1. Ilk yunon madaniyati (mil.avv. VIII–VI asrlar). 2. Klassik yunon madaniyati (mil.avv. V–IV asrlar). Ilk yunon madaniyati keskin siyosiy kurash, polis davlatla- rining shakllanishi hamda boshqa mamlakatlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi sharoitida rivojlandi. Bu davr madaniyati Sharqning qadimgi sivilizatsiyalari ta’siri ostida rivojlandi. Qadimda yunonlar Sharq madaniyati bilan o‘zlarining Kichik Osiyodagi manzilgohlari orqali tanishdilar. Qadimgi Sharq sivilizatsiyasiga yaqin joylashgan geografik hududlarda Milet, Les- bos, Samos kabi ilk yunon madaniy o‘choqlari vujudga keldi. Mil.avv. VII asrda yashab ijod qilgan Gesiodning didaktik asarlarida o‘zi yashagan davrning ijtimoiy hayoti va ziddiyatlari aks ettiriladi («Mehnat va kunlar» poemasi). Badiiy adabiyot, eng avvalo, poeziya janrida rivojlandi. Poezi- ya siyosat bilan bog‘liq edi. Mashhur shoirlar Feognid, Solon, qisman Arxiloy siyosat bilan faol shug‘ullangan edilar. Hatto Alkey va Safo kabi lirik shoirlar ham siyosatga tan berdilar. Shu davrdagi Ezop masallari adabiyotda demokratik yo‘nalish- ni aks ettirib, ijtimoiy adolatsizlikni qoraladi. Ilk yunon ma- terialistik falsafasi fanining rivojida qadimgi Sharq jamiyatlari yutuqlaridan keng foydalanildi. Klassik yunon madaniyatining rivojlanishi uchun mil.avv. VI asrda qulay ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy shart-sharoit vujudga 397 keldi. Yunon polislaridagi demokratik tartib-qoidalar, pul-tovar munosabatlatining rivojlansihi, yunon kolonizatsiyasi qadimgi yunon madaniyatining gullab-yashnashi va klassik sifatga ega bo‘lishiga olib keldi. Klassik yunon madaniyati taraqqiyotida uch avlod muhim o‘rin tutadi: Birinchi avlod mil.avv. VI asr oxirida kirib keldi va Afina madaniyatining gullab-yashnashi uchun poydevor qo‘ydi. Esxil va Frinix Attika komediyasiga asos soldi. Haykaltaroshlar Kritiy va Nesiot mil.avv. 476-yil Afina agorasini tiranlarga qarshi ku- rashchilar – Garmoniy va Aristogiton haykallari bilan bezadilar. Olimpdagi Zevs ibodatxonasini haykallar bilan jihozladilar. Ikkinchi avlod Perikl davrida eng yaxshi yutuqlarga erishdi. Sofokl tragediyalari, Gerodot «Tarix»i, Parfenon va Propileyning yetuk klassik shakllari shu davrda yaratildi. Uchinchi avlod Peloponnes urushlari davriga mansub edi. Afinaliklarning bu vaqtda boshqa madaniy dunyolar bilan ta- nishuvi natijasida ularning siyosiy va diniy qarashlari ma’lum darajada o‘zgardi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling