Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

2. Solon islohotlari. Afinada yevpatridlar bilan aholining 
kambag‘al qismi bo‘lgan oddiy demos o‘rtasida ijtimoiy ziddi-
yatlar kuchaydi. Drakont qonunlari Attika aholisining eng kat-
ta muammolaridan biri – qarz masalasini hal qila olmadi. So-
lon (mil.avv. 640–559-yillar) Attikaning eng qadimgi oilalaridan 
biri ning vakili bo‘lib, uning ajdodi podsho Kodriy sulolasiga 
borib taqalar edi. Yevpatrid Solon ancha yerga ega bo‘lib, sav-
do-hunarmandchilik faoliyati bilan shug‘ullanib, boylik to‘pla-
gan edi. U harbiy qobiliyatga ega, ma’lumotli bo‘lgan va she’rlar 
yozgan. Solon mil.avv. 594-yilda arxont vazifasiga saylanib, tub 
islohotlar o‘tkazdi. Solon, eng avvalo, «seysaxteya» (qarzlarni 
olib tashlash) Afina aholisini qarzlaridan voz kechishni amal-
ga oshirdi. Qarzi uchun qul qilish abadiy taqiqlandi. Katta yer 
egaligi cheklandi. Yer ulushini belgilangan miqdordan ortiqcha 
olish man qilindi. Solon islohotlari Afinadagi vaziyatni tubdan 
o‘zgartirdi. Qarzi uchun dehqonlarni qul qilish bekor qilindi. Il-
gari qarzi uchun qul qilinganlar ozod qilindi hamda chetga qul 
qilib sotib yuborilganlar jamoa hisobidan pul to‘lanib, Afina-
ga qaytarildi. Solon qonli drakon qonunlarini bekor qildi, faqat 
odam o‘ldirgani va boshqa jinoiy ishlar uchun hamda kim kam-
bag‘al bo‘lsa, ayol yoki qulni xafa qilgan bo‘lsa, bunday qonun-
lar saqlanib qoldi. Solonning qarori bilan vatan uchun urushda 
qurbon bo‘lganlarning bolalari davlat hisobidan tarbiyalangan. 
Yana bir qaror bo‘yicha vatan uchun jonini fido qilganlar tan-


370
tanali danf qilingan. Bu qarorlar afinaliklarda vatanparvarlik 
tuyg‘ularining shakllanishiga xizmat qilgan. 
Solon suyoqoyoq ayollarga maxsus uylarda ma’lum kasb bi-
lan shug‘ullanishga ruxsat etdi.Faqat bu kasb bilan shugulla-
nish uchun qa’tiy baholar va soliq to‘lash belgilandi. Xo‘jalik 
faoliyatini rag‘batlantiradigan qator islohotlar o‘tkazildi. Pul 
islohoti, uzunlik va og‘irlik o‘lchov birliklari takomillashtirilib, 
savdo-hunarmandchilik rag‘batlantirildi. Attikadan chetga 
mahsulotlar sotish kuchaydi. Solon Attikadan g‘alla chiqarish-
ni taqiqladi. Bu chora-tadbirlar Afina bozorida chayqovchilikni 
tugatib, dehqonchilikni rag‘batlantirdi va zaytun moyi, vino 
eks port qilish uchun qulay shart-sharoit yaratdi.
Vasiyatlar erkinligi to‘g‘risidagi qonun urug‘chilik aloqala-
rini zaiflashtirdi. Alohida oilalarning iqtisodiy kuchayishiga 
shart-sharoit yaratdi. Yerga egalik qilish me’yori belgilandi.
Ijtimoiy-siyosiy sohada qator islohotlar amalga oshirildi. So-
lon Attikaning barcha erkin aholisini daromad miqdoriga qa-
rab, to‘rt toifaga bo‘ldi. Fuqarolarning huquq va majburiyatlari 
shunday taqsimlandiki, boy fuqarolar avvalgidek, to‘la hokimi-
yatga ega bo‘ldilar. Shu bilan birga, fuqarolik jamoasida ularga 
katta majburiyatlar yuklandi. Yangi yuqori tabaqaga mansub 
bo‘lish yer ulushidan yillik olinadigan daromadga bog‘liq bo‘ldi. 
Bu yer egasini yerga yaxshi ishlov berib, ko‘p hosil olish im-
koniyatini qidirishga majbur qilar edi. Endilikda u yoki bu oq-
suyak urug‘ga mansublik emas, balki aynan daromad miqdori, 
yerga mehnat qilish fuqaroning jamiyatdagi obro‘ining o‘lchov 
mezoni bo‘ldi.
Sud tizimi isloh qilindi. 30 yoshga yetgan erkin Afina fuqa-
rolaridan sud maslahatchilari – gemey joriy qilindi. Gemey 
fuqarolar ishi bo‘yicha oliy appelatsiya huquqiga ega bo‘ldi. 
Faqat u jinoiy ishlar bo‘yicha hukm chiqara olar edi. Odam 
o‘ldirish bo‘yicha sud ishi sobiq arxontlar kengashi areopag 
qo‘lida qoldi.
Siyosiy huquq mulkiy senz asosida taqsimlandi. Afina jami-
yati to‘rt toifaga ajratildi

1. Pentakosiomedimnlar – bir yilda 500 medimn g‘alla yoki 
500 metret (bir metret – 39 litr) zaytun yog‘i oladigan fuqarolar.
2. Suvoriylar (gippeylar).
3. Zevgitlar – ikkita eshak aravaga ega bo‘lgan og‘ir qurolli 
piyodalar.
4. Fetlar – hunarmandlar.


371
Faqat birinchi uch toifa amalda davlat lavozimlarini egallashi 
mumkin edi. Oliy arxont mansabiga faqat pentakosiomedimn-
lar da’vo qilishlari mumkin edi. Fetlar polisning bevosita bosh-
qaruvidan chetlashtirildilar. 
Xalq yig‘ini – eklessiyada oddiy fuqarolar davlatning umumiy 
siyosatini belgilashda mansabdor shaxslarni saylashga ta’sir 
ko‘rsatish, maslahatchilar sudi (gelieya)da ishtirok etib, man-
sabdor shaxslarning suiiste’mollarini yo‘q qilishlari mumkin 
edi. Solon fuqarolarining siyosiy faolligiga jiddiy e’tibor berdi. 
U shunday bir qonunni qabul qildiki, bu qonunga ko‘ra kimki 
xalq harakatlari paytida kimnidir tomonini olmasa, u nomussiz 
deb e’lon qilingan. Bu qonun bilan Solon ko‘ngilchan odamlar-
ning ijtimoiy ishlarga zararli loqaydligini oldini olmoqchi bo‘ldi. 
Chunki loqaydlik oqibatida zararli ishlar ustunlikka erishadi. 
Solon davrida davlat tuzilmasining yana bir yangi organi 
– maslahatchilar sudi (gelieya) joriy qilindi. Sudyalar barcha 
fuqarolardan saylangan. Solon islohotlari polis boshqaruvini 
demokratik shakllari asosini yaratdi, lekin izchil bo‘lmaganligi 
sababli zodagonlar hokimiyatini to‘la tugata olmadi.
Solon islohotlari bo‘lg‘usi Afina demokratiyasining kurtagi 
edi. Arxont va areopagning roli o‘zgarmadi. Polisning urug‘, fil-
larga bo‘linishi saqlanib qoldi. Islohotlar fillarda urug‘ huquqi-
ning yemirilishiga olib keldi. Endilikda Afina fuqarosi o‘z mul-
kini erkin vasiyat qilish huquqini oldi. Otasi hunar o‘rgatma-
gan o‘g‘il keksaygan otasiga g‘amxo‘rlik qilish majburiyatidan 
ozod qilindi. Solon qonunlari yog‘och taxtachaga yozilib, sha-
harga qo‘yildi. Afina fuqarolari bu qonunlarni 10 yil davomida 
o‘zgartirmaslikka qasam ichdilar. Shundan so‘ng Solon arxont 
vazifasini topshirib, Sharq mamlakatlari bo‘ylab uzoq sayohat-
ga chiqdi. Bundan foydalangan oqsuyak zodagonlar shaharda 
oddiy xalqdan hokimiyatni tortib olishga harakat qildi. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling