Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Podsho hokimiyati.
Oqsoqollar kengashi – gerusiya. Gerusiya urug‘ jamoa
davridan mavjud bo‘lib, fuqarolik, jinoyat va harbiy ish soha- lari bo‘yicha keng vakolatga ega tashkilot. Gerusiya tarkibi – 28 oqsoqol va 2 podsho – jami 30 kishidan iborat bo‘lgan. Podsho hokimiyati. Ikki podsho bir xil hokimiyatga ega bo‘lib, har ikki podsho hokimyatni kelishib boshqarishi, o‘z vazifasini suiiste’mol qilishini boshqasi yo‘l qo‘ymasligi ke- rak edi. Podsholarning vakolati oliy harbiy qo‘mondonlik bilan cheklangan. Har ikki podsho gerusiya tarkibiga kirgan. Pod- sholar umrbod hukmronlik qilganlar. Fuqarolik ishi bo‘yicha sud ishlarini mansabdor shaxslar – eforlar amalga oshirganlar. Keyinchalik xalq yig‘ini tomonidan tayinlanganlar. Besh efor kollegiyasi mil.avv. VIII asr o‘rtalarida podsholar va gerusiya faoliyatini nazorat qiladigan oliy organ sifatida paydo bo‘ldi va tezda Sparta oligarxiyasi hokimiyati- ning oliy organiga aylandi. Eforlar davlatda ijroiya hokimiyatni ham amalga oshiganlar. Taxminlarga ko‘ra, eforlar ilk davrda podsholar tomonidan tayinlanganlar. Besh Sparta qishlog‘ining har biridan bittadan efor bir yil muddatga saylangan. Ular oliy 360 nazorat hokimiyatiga ega edilar. Geront va podsholarni ham javobgarlikka tortish huquqiga ega edilar. Ular Sparta fuqa- rolari turmush tarzi qoidalari va Sparta qonunlarining bajari- lishini kuzatganlar. Eforlar Spartaning ichki va tashqi siyosatini boshqardilar hamda ilotlarga qarshi jazo-qo‘rqitish tadbirlarini amalga oshi- rishga rahbarlik qildilar. Gerusiyada xalq yig‘inida ko‘riladigan qaror loyihalarini tayyorlaganlar hamda jinoiy ishlar bo‘yicha sud ishlarini amalga oshirganlar. Eforlar xalq yig‘ini-appelaga boshchilik qilganlar. Ular har qanday mansabdor shaxsni ish- dan chetlatish, zaruriyat bo‘lganda chet elliklarni mamlakatdan chiqarib yuborish huquqiga ega edilar. Davlat moliyasi, tashqi ishlar ularning qo‘lida edi. Podsholar ba’zi umrbod imtiyozlar- ga (harbiy o‘ljalarning 1/3 qismiga egalik qilish, tantanali dafn qilish va h.k.) ega bo‘lsalar-da, eforlarning kuchli hokimiyati ularni podsholar bilan bir qatorda qo‘yar edi. Bu tashqi tomon- dan quyidagi odatda ifodalangan: Boshqa spartaliklardan farq qilgan holda eforlar podsholar ko‘ringanda o‘z o‘rinlaridan tur- maslik huquqiga ega edilar. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling