Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
2. Imperium Romanum. Milodiy I asrga kelib Rim asrlar
davomida kichik bir shahar davlatdan bepoyon hududga ega bo‘lgan davlatga aylandi. Bu vaqtda deyarli butun O‘rtayer den- gizi davlatlari Rimga bo‘ysunar edi. Provinsiyalar Rim davlati- ning bir qismi emas, balki rim xalqining pomestesi (ya’ni daro- mad oladigan yeri) (praedia populi Romani), uning hokimiyati (imperium) tarqaladigan viloyatlar deb qaraldi. II asrga kelib qachonlardir rim hokimiyatini bildirgan Imperium Romanum Rim imperiyasi ma’nosini oldi; bu so‘zning ostida Rimning hokimiyati qamrab olgan bepoyon hudud tushuniladi. Boshda imperator unvoni ramziy ma’noda qo‘llanib, urushda muhim g‘alabaga erishgan rim qo‘shini qo‘mondonlariga berilgan. Rim respublikasi o‘rnida mutlaq monarxiya qaror topgach, hokimi- yatni egallagan har bir hukmdor o‘zini harbiy qo‘shin bilan alo- qasini ko‘rsatish uchun imperator unvonini oldi. Chunki mut- laq monarxiyaning ishonchli tayanchi qo‘shin edi. Boshqaruv tizimi va apparati imperator qo‘lida to‘plana boshladi. Senat o‘z siyosiy mavqeyini yo‘qotishi bilan uning tarkibi ham o‘zgardi. Respublika davrida yuqori mavqega ega bo‘lgan zodagon oilalari fuqarolar urushi va proskripsiyalarning qurboni bo‘ldi- lar. Qolganlari esa kambag‘allashib qoldi. Prinsipatning birinchi yillarida ularning o‘rnini suvoriylar, munisipiylardan chiqqan boy zodagonlar egalladilar. Klavdiy davrida senat tarkibiga gall qabilasi ekvlarning romanlashgan zodagonlari uchun yo‘l ochildi. Vespasian davrida senatga munisipiylar, koloniyalar va provinsiyalardan yangi kishilar kiritildi. Milodiy I asr so‘nggida 552 kelib chiqishi gallardan bo‘lgan kishilar senatga kiritildi. Keyin- gi 100 yillik boshida senat tarkibida Kichik Osiyo va Afrikadan kelgan senatorlar, ko‘pgina yunonlar uchraydi. Qadimgi Rim nobilitetining vakillari senatda deyarli qolmadi va ular bilan birga senatdagi muxolifat kayfiyati ham yo‘qoldi. Prinsepslar hokimiyatining yana bir tayanchi suvoriylar toifasi edi. I–II asrlarda suvoriylar savdo-moliya zodagonlari mavqeyini saqlab qoldi. Lekin bu davrda suvoriylar xizmatda- gi odamlarga aylana boshladi. Ularning ijtimoiy tarkibi ham o‘zgardi. Yangi suvoriylarning kelib chiqishi Italiya munisipiy- lari va provinsiyalardan edi. Suvoriylarning yuqori qatlamini, eng avvalo, boyib ketgan moliya zodagonlari, o‘rta qatlamni esa davlat xizmatiga ko‘tarilgan amaldorlar tashkil qildi. Suvoriy- larga prokuratorlar lavozimi, provinsiyalardagi prinseps mulk- larining boshqaruvi, pretorian gvardiyasi prefekti, politsiya xiz- mati qo‘riqchilarining prefekti kabi lavozimlar ajratildi. Adrian davrida suvoriylar prinsepsning shaxsiy devonxonasida xizmat qila boshladilar. Shu vaqtgacha prinsepsning shaxsiy devon- xonasida barcha ishlarni imperatorlarning ozod qullari baja- rar edi. Avgurt davridan suvoriylar toifasining vakili uchun eng oliy daraja pretor prefekti lavozimi bo‘lib, undan keyingi o‘rinda Misr prefekti turar edi. Suvoriylar toifasi imperator hokimiyati- ning mustahkamlanishiga va imperator boshqaruvining oqilo- na bo‘lishiga yordam berdi. Rim shaharlari budjeti turli boj to‘lovlari, ijaraga berilgan yerlardan olngan ijara puli hisobidan shakllantirilgan. Nerva va Trayan davrlarida shahar prokuratorlari lavozimi joriy qilinib, ular keng vakolatga ega bo‘lib, shahar moliyasini ham nazorat qilganlar. Shaharlarda shahar senati (keyinchalik kuriya deb atalgan), boshqaruv organi bo‘lgan ikki edil shahar obodon- chiligi, o‘yinlar va bayram uchun mas’ullar bo‘lgan. Rim shahrining aholisi mil.avv. II asrda 1 mln kishi, rim dunyosining barcha aholisi 50-60 mln kishini tashkil etgan. Rim imperiya poytaxti sifatida hashamatli jamoa binolari bilan bezaldi. Har bir imperator o‘z nomini abadiylashtirish uchun terma, ibodatxona yoki zafar arki, bazilika (ayvon) bunyod qil- di. Tomoshalarni uyushtirishga juda katta mablag‘lar sarflan- di. Rim shahrining 200 mingga yaqin plebsi muntazam bepul non olar edilar; deyarli har bir imperator davrida favqulodda pul tarqatilar edi (congiaria). Imperiya davrida Rim olomoni- ning asosiy talabi shoir Yuvenal aytganidek, «non va tomosha» 553 edi. Rim plebsi sirk va amfiteatrlarda tomoshalar vaqtida ba’zi paytda hukmronlik qilayotgan imperatorga uning faoliyatini yoqlab olqishlar yoki boshqa talablarni qo‘yar edilar. Rimdagi ko‘pchilik plebs kambag‘al bo‘lib, o‘z patronlarining xayr-ehsoni bilan yashar edilar. Rimning oddiy aholisi hech qanday siyosiy huquqqa ega emas edi. Ularning bir qismi ishlab chiqarish bi- lan, ko‘pchiligi davlatdan tekin non olib, zodagonlarning uylari- da kliyent majburiyatini bajarar edilar. Poytaxt Rim iste’molchi markaz bo‘lib, g‘alla Afrika va Misrdan keltirilgan. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling