Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
3. Rim imperiyasi milodiy I asrda. Milodiy I asrda Rim im-
periyasida ikki sulola Yuliylar – Klavdiylar va Flaviylar hoki- miyatni boshqardilar. Tiberiyning vorisi Germanikning o‘g‘li 24 yoshli Gay Sezar Kaligula (37– 41-yillar) hokimiyatni egalladi. Kaligula badjahl, axloqan buzuq, o‘ta mag‘rur, takabbur shaxs edi. Dastlab u senat bilan kelishgan holda ichki va tashqi si- yosatni olib bordi. Soliqlarni kamaytirdi. Bir necha oy ichida u isrofgarchilik bilan Tiberiydan qolgan xazinani turli tomosha, mo‘l-ko‘l sovg‘alar tarqatish bilan talon-taroj qildi. Kaligula o‘zi- ni «Janob» (Dominis) va «Xudo» deb e’lon qilib, omma oldiga Yupiter qiyofasidagi kiyimlarda chiqdi. O‘ziga xudolarga sig‘in- gandek sajda qilishni talab qildi. Senatorlar toifasini ta’qib os- tiga oldi. Bo‘shab qolgan xazinani to‘ldirish uchun hukm qi- linganlarning mol-mulkini musodara qildi, provinsiyalar katta miqdorda soliqlar to‘ladilar. Bu aqlsiz imperatorning hukmron- ligi uch yil davom etib, 41-yil yanvar oyida pretor tribuni Kassiy Xerey boshchiligidagi fitnachilar tomonidan o‘ldirildi. Pretor qismlari Kaligulaning 50 yoshli tog‘asi Tiberiy Klav- diy Neronni (41–54-yillar) imperator deb e’lon qildilar. Klavdiy senat bilan munosabatni yaxshiladi. O‘zining senatdan mus- taqil bo‘lgan ma’muriyatini tuzdi. Uning ma’muriyati bir necha muassasalardan tashkil topib, ularni ozod qo‘yilgan qullar boshqardilar. Klavdiy davrida boshqaruvning markazlashuvi 545 va imperatorning shaxsiy hokimiyatini kuchayishi kuzatildi. Klavdiy hokimiyati qo‘shin, turli tekin tomosha va xayr-sadaqa beriladigan Rim plebsi hamda provinsiyalarning zodagonlariga tayandi. Tashqi siyosatda urushlar o‘rniga diplomatik vositalar qo‘llanila boshlandi. Faqat 43-yil Britaniyaga harbiy ekspeditsi- ya uyushtirildi. Klavdiy o‘z ukasi Germanikning qizi Agrippina- ga uylangan edi. Klavdiyning ikkinchi xotini bo‘lgan 33 yoshli Agrippina 54-yil uni zaharlab o‘ldirdi va o‘zining 17 yoshli o‘g‘li Neron Klavdiy Sezarni (54–68-yillar) taxtga chiqardi. Neron Yuliy – Klavdiylar sulolasining so‘nggi vakili bo‘lib, axloqan buzuq, shafqatsiz kishi edi. U o‘zini taxtga chiqargan onasi Agrippinani (62-yil), ukasi Britanikni (55-yil), xotini Ok- taviyani (62-yil), ikkinchi xotini Poppeya Sabinani (65-yil) o‘ldir- di. Neron senat bilan murosa qilishni istamadi. Pulga muhtoj bo‘lgani uchun juda ko‘p senatorlar va zodagonlarni qatl etib, ularning mol-mulkini o‘zlashtirib oldi. Uning davrida imperator saroyi xarajatlari haddan tashqari oshib ketdi. Neronning o‘zi musiqa va qo‘shiqchilik bilan shug‘ullanib, sahnada rol o‘ynar edi. Yunonistonda shoirlar ko‘rigida qatnashdi. Rimda 64-yil juda katta yong‘in bo‘lib, u bir hafta davom etdi va shaharning 14 kvartalidan 10 tasi to‘la yonib ketdi. Yong‘indan so‘ng Pala- tin va Eskvilin tepaliklari o‘rtasida 270 ga. maydonga Neron uchun hashamatli «oltin» saroy qurildi. Xalq ommasi o‘rtasida Rimdagi yong‘inning asosiy sababchisi Neron degan mish-mish tarqaldi. Neron yong‘inga Rimdagi nasroniylar jamoasini ayb- dor deb topib, ularni ommaviy qatlini uyushtirdi. Imperatorning shafqatsizligi, uning zo‘ravonligi zodagonlar- ning keskin noroziligini keltirib chiqardi. Unga qarshi fitna uyushtirildi (65-yil). Fitna fosh etildi va fitnachilar shafqatsiz jazolandi. Ularning ichida faylasuf-stoik Lutsiy Anney Seneka, uning jiyani shoir Mark Anney Lukan va yozuvchi Gay Petroniy Arbitrlar bor edi. Siyosiy vaziyat keskinlashdi. Parfiya bilan Ar- maniston uchun uzoq davom etgan urush Rimning mag‘lubiya- ti bilan tugadi (66-yil). Neron hukmronligining so‘nggi ikki yilida davlat boshqa- ruvidan umuman chetlashdi. Britaniyada urush davom etib, 66-yilda Yahudiyada qo‘zg‘olon boshlandi. Neron hukmronligi- ga qarshi ommaviy norozilik boshlandi. Galliya, Germaniya va Ispaniyada 68-yil bahorida Neronga qarshi legionlar qo‘zg‘olon ko‘tardilar. Neron ko‘ngliga kelgan ishlarni qildi. Axloqsiz ha- yot kechirdi. Davlat xazinasini talon-taroj qildi. Uning davrida 546 qaram Pon podsholigi Rimga qo‘shib olindi. Taxt vorisligiga 70 yoshli zodagon Serviy Sulpitsiy Galba nomzodi qo‘yildi. Neronni hech kim himoya qilmadi. Hatto pretorian qismlari ham Galba tomoniga o‘tdi. Neron yashirinishga urindi, lekin yashirina ol- madi. Dushmanlar qo‘liga tushmaslik uchun u o‘zini qilichga tashladi. Neronning o‘limi bilan Yuliylar-Klavdiylar sulolasi hukmronligi nihoyasiga yetdi. Rim imperiyasiga sarkarda Galba qisqa vaqt 68–69-yillarda hukm ron bo‘ldi. U xarajatlarni qisqartirishga urindi. O‘z taraf- dorlariga va’da qilingan pul-mablag‘ni to‘lashdan bosh tort- di. Pretorian gvardiyasi provinsiyadagi qo‘shinlar, Galliyaning sharqiy va janubiy viloyatlari undan norozi bo‘ldilar. 69-yil 15-yanvarda Galba o‘ldirildi. Galbadan so‘ng Galliya va Bri- taniyadagi legionlar qo‘llagan Vitelliy imperatorlik taxtiga qisqa muddatga o‘tirdi. Aleksandriyada 69-yil 1-iyulda Yahudiyadagi qo‘shin qo‘mon- doni Tit Flaviy Vespasian imperator deb e’lon qilindi. Yangi im- perator qisqa muddatda boshqa da’vogarlarni bartaraf qildi. 69-yil oxirida senat Vespasianni imperator sifatida tan oldi. Vespasian yangi Flaviylar sulolasini boshlab berdi. Bu sulola- ga yana ikki imperator – Vespasianning o‘g‘illari Tit (79–81) va Domisian (81–96) kirdi. Vespasian uzoqni ko‘ra biladigan aqlli hukmdor sifatida imperiyaning iqtisodiy va moliyaviy kuchini nisbatan tez va samarali tikladi. Davlat xarajatlarini qoplash uchun 40 mlrd sestersiy kerak edi. Imperator tejab-tergashga kirishib, xarajatlarni qisqartirdi va yangi soliqlarni joriy qildi. Hatto u dafn marosimlariga va Rim jamoa hojatxonalariga ham soliq soldi. Imperator Rim fuqaroligi huquqini mo‘l-ko‘l tarqat di, senatorlar va suvoriylar toifasini provinsiya zodagonlari, boyib ketgan ozod qullar bilan to‘ldirdi. Flaviylar davridan boshlab imperatorlar provinsiya zodagon- lariga bevosita tayana boshladilar. Vespasian 79-yil iyunida 70 yoshida vafot etdi. Uning o‘g‘li Tit 79–81-yillar taxtga chiqib, 42 yoshga yetmasdan bezgak kasalligidan vafot etdi. Tit davri- da mashhur Vezuviy vulqoni otilib, Pompey va Gerkulanum shaharlari kul ostida qoldi (79-yil). Flaviylarning so‘nggi vaki- li Domisian (81–96-yillar) bo‘lib, o‘zining mutlaq hokimiyatini o‘rnatishga harakat qildi va 45 yoshida fitnachilar tomonidan o‘ldirildi. Flaviylar davrida imperiyaning shimoli-sharqiy chegarala- rida dakiya, sarmatlar, roksolanlar va markoman qabilalari 547 harakatga keldilar. Rim legionlari dakiya podshosi Detgebal qo‘shinlari bilan urushda yengildilar va daklarga o‘lpon to‘lash- ga majbur bo‘ldilar. Sharqda Kommagen, Kichik Arabiston to‘la qo‘shib olindi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling