Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
2. Dominat davrida imperiya. 235-yilda navbatdagi im-
perator Aleksandr Sever o‘ldirilishi bilan hokimiyat uchun 563 turli da’vogarlar o‘rtasida kurash boshlanib, bu siyosiy tush- kunlik yarim asr davom etdi. Oddiy jangchilar ichidan ham imperatorlikka da’vogarlar chiqdi. Jangchi-imperatorlar bir-birlarini tez-tez almashtirdilar. Odatda, ularning barchasi o‘ldirilar edi. 284-yil kuzida tarixga Diokletian nomi bilan kir- gan illiriyalik 39 yoshli Diokl (284–305-yillar) imperator deb e’lon qilindi. Diokletianning hukmronligi boshlanishi bilan Rim imperiyasining so‘nggi davri yoki Dominat (284–476-yil- lar) davri boshlandi. Ozod bo‘lgan qulning o‘g‘li, tegishli ma’lumot olmagan, le- kin aqlli va shafqatsiz bo‘lgan imperator Gay Avreliy Valeriy Diokletian hukmronligi vaqtida «dominat» (lotincha dominus – «janob», «xo‘jayin») nomini olgan siyosiy tizimning asoslari yaratildi. Diokletian va uning vorislari davrida Rim davlati- ning cheklanmagan monarxiyaga o‘tishi tugallandi. Imper- ator hokimiyati ilohiylashtirilib, unga iloh sifatida sig‘inish joriy qilindi. Unga ta’zim bajo keltirish, uning oldida tiz cho‘kish, boshini yerga qo‘yib yiqilish va kiyimi etagini ochish rasm bo‘ldi. Imperatorning ko‘pchilik oldida namoyon bo‘lishi haqiqiy diniy bayram, an’anaga aylandi. U hashamatli qim- matbaho toshlar bilan bezatilgan kiyimi bilan boshqalardan ajralib turar edi. Senat o‘z siyosiy mavqeyini yo‘qotdi. Umum- davlat ishlari endilikda senatda muhokama qilinmaydigan bo‘ldi. Senat faqat sport o‘yinlari va senatorlarga tegishli ishlarni ko‘rib, uning qarorlarini imperator tasdiqlashi lozim edi. Bu davrda konsul, pretor, kvestor lavozimlari faqat faxriy bo‘lib qoldi. Diokletian yirik tashkilotchi va xushyor siyosatchi bo‘lgani uchun bir qator provinsiyalarning separat kayfiyatlarini hisob- ga olgan holda imperiyani 4 qismga bo‘ldi va o‘ziga uch yor- damchi (tetrarxiya) belgiladi. Bundan tashqari, imperiya 101 provinsiyaga bo‘linib, bir necha provinsiyalar yana kattaroq ma’muriy birlik – dioses (jami 12 dioses)ga birlashtirildi. Diokletian imperiyaning siyosiy ahvolini nisbatan barqaror holatga keltirib, iqtisodiyot va moliyani sog‘lomlashtirishga qaratilgan qator tadbirlarni amalga oshirdi. 301-yil imperator Diokletian edikti bilan chayqovchilik va sudxo‘rlikka qarshi ku- rash boshlandi. Oziq-ovqatga qat’iy baholar belgilandi. Hunar- mand va yollanma ishchilarning ish haqining qat’iy stavkalari belgilandi. Pul muomalasi unifikatsiya qilindi. Provinsiyalarda pul zarb qilish taqiqlandi va 286-yilda to‘laqonli tilla, kumush 564 va mis tangalar zarb qilina boshlandi. Soliq tizimi ham isloh qilindi. Ilgari soliqlar pul bilan emas, mahsulot bilan ko‘proq olinar edi. Imperator soliqqa tortish tizimini unifikatsiya qildi. 289–290-yillarda imperiya aholisi yalpi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ro‘yxatga olish har 15 yilda bir marta takrorlanishi kerak edi. Soliq kvotalari 5 yilda bir marta qayta ko‘rilar edi. Ekin yerlari va yaylov, o‘tloqlar kadastri (hujjat) tuzildi. Qishloq aholisi ekin yeri, yaylovlar sifati, chorva va boshqa mulkka qarab yer solig‘i to‘lar edi. Hunarmand-savdogarlar esa qator soliqlarni to‘lar edilar. Diokletian juda ko‘p inshootlar bunyod qildi. Uning davrida saroylar, sirk, Rimda termalar, Illiriyadagi Salonika shahrida (hozirgi Bosniyadagi Split shahri)gi ulkan saroy ansambli bun- yod qilindi. Diokletianning eng oxirgi tadbirlaridan biri u nas- roniylik dinini ta’qib qildi. 303–304-yillarda keksa va kasal Dio- kletian yordamchisi Galeriy tazyiqi ostida nasroniylarga qarshi o‘zini 4 ediktini (farmon) e’lon qildi. Rim imperiyasi g‘arbiy va sharqiy qismlarga bo‘lindi. Italiya imperiya markazi sifatida im- tiyozini to‘la yo‘qotdi. II asr boshlarida Trayan davri provinsiyalarining soni 45 ta bo‘lsa, endilikda eski bepoyon provinsiyalarni bo‘lish yo‘li bilan ularning soni 108 taga yetdi. Diokletian markazi Niko- mediya bo‘lgan imperiyaning sharqiy qismini boshqardi. Markazi Mediolan (Milan, Shimoliy Italiya) bo‘lgan imperiya- ning g‘arbiy qismini Maksimian boshqaruviga topshirdi. Dio- kletian va Maksimian «Avgust» unvonini olib, o‘zlariga yor- damchi belgilab, ularga «Sezar» unvonini berdilar. Sezarlar- ni Avgustlarning avlodi hisoblagan Diokletianning fikricha, bunday tartib imperiya birligini saqlashga yordam berishi, viloyatlarda hokimiyatning zo‘ravonlik bilan tortib olinish im- koniyatiga yo‘l qo‘ymasligi va shuningdek, Rim davlat chega- ralarini qo‘riqlashni osonlashtirishi lozim bo‘lgan. German qabilalarining Rim hududiga doimiy ravishda bostirib kirishi harbiy islohot o‘tkazishga majbur qildi. Qo‘shinning soni ko‘paytirildi. Endilikda yirik yer egalari kolonlar va ozod bo‘lgan qullardan jangchilar berishga maj- bur edilar. Harbiy xizmatga german qabilalarining qismlari – federatlar qabul qilina boshlandi. Bundan tashqari, qo‘shin- ning tezkor harakat qilishini ta’minlash uchun qo‘shin che- gara qo‘shinlari va harakatdagi qo‘shinlarga bo‘lindi. Chegara qo‘shinlari imperiyaning mustahkamlangan qal’alari va che- 565 garalarida joylashtirildi. Harakatdagi yoki zaxiradagi qo‘shin urush xavfi bo‘lgan chegara hududiga yuborish uchun doimo jangovar holatda saqlab turildi. Davlat hokimiyati narx-na- vo va ish haqining o‘sishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatdi. Bir vaqtning o‘zida soliq va pul islohotlari o‘tkazildi va natijada ijtimoiy-iqtisodiy tushkunlik vaqtinchalik bartaraf etildi. III asr oxiri IV asr boshlarida o‘tkazilgan ma’muriy-harbiy va iqtisodiy islohotlar ulkan Rim davlatining umrini yuz yildan ko‘proq vaqtga uzaytirdi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling