Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Rim imperiyasining ikkiga bo‘linishi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

3. Rim imperiyasining ikkiga bo‘linishi. Diokletian va 
Maksimian 305-yil 1-mayda hokimiyatdan voz kechdilar. 
Taxtdan voz kechgan Diokletian Adriatika dengizi bo‘yidagi 
Salnikaga ko‘chib borib, u yerda gul va sabzavot yetishti-
rish bilan shug‘ullandi. U 313-yil 68 yoshida vafot etdi. Kon-
stansiy I Xlor va Galeriy imperator deb e’lon qilindi. Voris-
lar o‘rtasida taxt uchun kurash boshlanib, bu kurashda 
Diokletianning yordamchilaridan birining o‘g‘li Konstantin 
(306–337-yillar) g‘olib chiqdi. U raqiblari bilan bir necha yil 
kurash olib borib, Rim imperiyasining yagona hukmdoriga 
aylandi. Konstantin imperiyaning to‘rtga bo‘linishini saqlab 
qoldi, lekin boshqaruvni birov bilan baham ko‘rish tizimini 
yo‘q qildi. Endilikda imperiya qismlarini unga bo‘ysunadigan 
prefektlar boshqardi.
Konstantin uzoqni ko‘ra oladigan aqlli siyosatchi edi. U 200 
yildan beri ta’qib etilayotgan nasroniy dinining kuch-qudratini 
davlat hokimiyatini mustahkamlashdagi muhim o‘rnini anglab 
yetdi. Shu sababli, u 313-yil o‘zining Milan edikti (qonuni) bilan 
nasroniylik dinini boshqa dinlarga tenglashtirdi. Shu lahzadan 
boshlab nasroniy cherkovi imperator hokimiyatining ittifoqchi-
si va himoyachisiga aylandi.
Eski yunon koloniyasi bo‘lgan Vizantiy shahri qayta qu-
rilib kengaytirildi. Imperator Konstantin 330-yil 11-may 
kuni poytaxtni Bosfor qirg‘og‘ining sharqiy qismiga tantana-
li ko‘chirdi. Yangi poytaxtning qurilishi va bezatilishi uchun 
katta miqdorda mablag‘ sarflandi. Saroylar, stadion, ippo-
drom (ot poygalari o‘tkaziladigan joy), termalar va kutubxo-
nalar qurildi. Rimdan ulkan miqdorda haykallar olib kelindi. 
Shahar imperator sharafiga yangi nom Konstantinopol deb 
ataldi. Poytaxtning sharqqa ko‘chirilishi tasodif emas edi. 
Sharqiy provinsiyalar g‘arbdagilarga qarganda, madaniy va 
boyroq edi. 


566
Imperator Konstantinning o‘limidan so‘ng taxt uchun 
yana kurash boshlandi. Nihoyat davlatning turli qismlari-
da bir necha imperatorlar bir vaqtning o‘zida hokimiyatga 
da’vo qildilar. Hokimiyatni Konstantinning o‘g‘li Konstansiy 
egalladi (337–361-yillar). Imperator Flaviy Klavdiy Yulian 
(361–363-yillar) eski Rim dinini qayta tiklashga urinib, 
313-yilda Mediolan edikti bergan xristian cherkovining im-
tiyozlarini bekor qildi. Shu sababli xristian dini peshvolari 
Yulianni apostata (dindan qaytgan) deb e’lon qildi. Yulian 
363-yilda forslar bilan jangda halok bo‘ldi. Uning vorisi Yu-
vian (363–364) xristian e’tiqodini imperiyada hukmron din-
ga aylantirdi. Imperatorlar Valentinian I (364–375) va Valent 
(364–378) bir vaqtning o‘zida imperiyaning g‘arbiy va sharqiy 
qismlarini boshqardilar. Ularning davrida germanlarning hu-
jumi kuchaydi. 378-yil Frakiyadagi Adrianopol shahri yoni-
da vesgotlar Rim qo‘shinlariga kuchli zarba berdi. Shundan 
so‘ng Rim imperiyasi hech qachon qayta tiklana olmadi. Im-
perator Valent jang maydonida halok bo‘ldi. Eng yaxshi zo-
bitlar qurbon bo‘ldi. Endilikda Rim imperiyasi chegaralarini 
himoya qilish uchun yetarlicha qo‘shin to‘plash imkonoyati-
dan mahrum bo‘ldi. Endi chegaralarni qo‘riqlash germanlar-
dan olinadigan ishonchsiz qismlarga topshirila boshlandi. 
Germanlar ko‘plab miqdorda Rim qo‘shiniga olina boshlandi. 
Ular oliy harbiy mansablarni egallay boshladilar. 
Imperator Feodosiy I (379–395) vestgotlarga Illiriya viloya-
tini bo‘shatib berib, shu bilan Konstantinopolni bosib olini-
shidan saqlab qoldi. Feodosiy 394-yil tarixda so‘nggi marta 
imperiyaning har ikkala qismini ham bir qo‘lga to‘pladi. U 
o‘limi oldidan imperiyani g‘arbiy va sharqiy qismga bo‘ldi, 
lekin u samoda quyosh yagona bo‘lganidek, yerda ham bit-
ta imperator bo‘lishi kerak deb uqtirdi. O‘zi qadimgi Rim-
da mavjud bo‘lgan «reks» unvonini qabul qildi va imperiya-
ning boshqa hududlariga da’vo qilishdan voz kechib, Italiya-
ni boshqara boshladi. Imperiyaning g‘arbiy qismini uning 
11 yoshli o‘g‘li Gonoriy (395–423), sharqiy qismini 28 yoshli 
ukasi Arkadiy boshqara boshladi. Gonoriy davri imperiya-
ning g‘arbiy qismini to‘la yemirilish davri bo‘ldi. Imperator 
saroyi dagi fitnalar, rim qo‘shinida xizmat qilayotgan german 
qabilalaridan chiqqan harbiylarning xoinligi, qul va kolonlar-
ning norozilik harakatlari davlatning parokandaligini yana-
da chuqurlashtirdi. Diokletian va Konstantinning islohotlari 


567
imperiyaning yemirilishi jarayonini sekinlashtirdi, lekin uni 
to‘xtata olmadi. IV asrda jonlangan ichki savdo to‘xtadi. Ko‘p 
shaharlar xonavayron bo‘la boshladi. Butun imperiya bo‘ylab 
natural xo‘jalikka qaytish boshlandi. Sharqiy Rim imperiyasi-
ning hukmdorlari germanlarning hujumlarini bartaraf qilib, 
o‘zboshimcha qo‘mondonlarni yo‘q qildilar. Sharqiy Rim im-
periyasi 453-yilgacha yashab, tarixga Vizantiya imperiyasi 
nomi bilan kirdi.
G‘arbda pul tizimi ishdan chiqdi. Soliqlarni to‘lash qiyin-
lashdi. Shaharlardan aholi ko‘chib keta boshladi. Konstantin 
shahar aholisining ko‘chishi va kolonlarning o‘z yerlarini tash-
lab ketishlarini rasman taqiqladi. Imperator yirik yer egalari
 
– latifundistlarga barcha soliqlarni natural tarzda to‘lash maj-
buriyatini qo‘ydi. Katta yer egalarining hokimiyati kuchaydi. 
Shaxsiy erkin kolonlarning ahvoli qullarning ahvolidan kam 
farq qildi. So‘nggi imperiya davrida yirik yer egalari o‘zlariga 
qaram bo‘lgan mahalliy aholi ustidan o‘z amaliy hokimiyatlarini 
amalga oshirdilar. Ular o‘z qo‘shin va qamoqxonalarini tash-
kil qildilar. Ijtimoiy aloqalarning bunday yangi ko‘rinishining 
shakllanishi so‘nggi Rim jamiyatining asta-sekin feodallashu-
vini bildirar edi.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling