Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


G‘arbiy Rim imperiyasining qulashi


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

4. G‘arbiy Rim imperiyasining qulashi. Rim imperiya-
sining to‘la ikkiga bo‘linishi asosida O‘rtayer dengizining ikki 
hududini romanlashgan G‘arb va sharqning tarixiy taraqqi-
yotining o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanar edi. G‘arbiy 
provinsiyalarda shaharlar, tovar ishlab chiqarish, savdo-hu-
narmandchilik tushkunlikga yuz tutdi. Aholining xonavay-
ron bo‘lishi, umumiy iqtisodiy turg‘unlik kuzatildi. Markaziy 
hokimiyat zaiflashib, magnatlar kuchaydi. Aholining varvar-
lashuvi, harbiy qo‘shinlar tarqab ketishi yuz berdi. Aksincha, 
sharqda kuchli imperator hokimiyati mavjud bo‘lib, provin-
siyalar kamroq talandi. Shaharlar, savdo-hunarmandchilik 
rivojlandi.
Qo‘zg‘olon ko‘targan vestgot federatlari Alarix boshchiligi-
da 395–396-yillar Makedoniya va Yunonistonni taladi. Ke-
lib chiqishi varvar bo‘lgan rimlik sarkarda Flaviy Stilixon 
(360–408-yillar) Yunonistonning janubida Alarix qo‘shinlarini 
tor-mor qildi. Sharqiy imperiya Alarix bilan shartnoma tuzdi. 
Alarix 401-yilda Italiyaga yurish qildi. Stilixon vestgotlarni 
2 marta tor-mor qildi va Italiyadan haydab chiqardi. Rim-
da vestgotlar ustidan g‘alaba sharafiga so‘nggi marta triumf 


568
o‘tkazildi. Rimliklar baribir vestgotlarni Illiriyada yashashlar-
iga ruxsat berishga majbur bo‘ldilar. Italiya 405-yil konung 
Radagays boshchiligidagi germanlar bosqiniga uchradi. Flo-
rensiya yaqinida Stilixon Radagays hujumini qaytardi. Shu 
bilan birga, himoyasiz qolgan g‘arbiy provinsiyalar german 
qabilalari tomonidan bosib olindi. Stilixon kuchli sarkarda 
va diplomat edi. U imperiyani himoya qilishga urindi. Lekin 
bu maqsadni german qabilalarini harbiy xizmatga tortish va 
ularning yo‘lboshchilari bilan shartnomalar asosida amalga 
oshirishga harakat qildi. 
Stilixon Alarix bilan tinchlik bitimi tuzdi. Alarix bitimga ko‘ra, 
Konstantinopol bilan urushda Rimga yordam berish majburi-
yatini oldi. 406-yil varvar qabilalari Reyndan o‘tib Galliyani ta-
ladilar. Alarix 408-yil Pannoniya (Vengriya) va Norikani egalladi 
va keyin Italiyaga qo‘shin tortdi. Stilixonning o‘z qo‘shini uchun 
pul mablag‘ini talab qilshi qondirildi. Stilixon Vizantiyaga qar-
shi urushda ittifoqchi sifatida foydalanish uchun Alarix bilan 
kelishmoqchi edi. Stilixon imperiyani mustahkamlashga urindi, 
395-yil oxirida imperiyaning sharqiy va g‘arbiy qismlarini bir-
lashtirib, boshqaruvni o‘z qo‘lida to‘pladi. Shu maqsadda ger-
man qabilalarini imperiya xizmatiga oldi. Stilixonning bu siyo-
satiga qarshi bo‘lgan senatorlar guruhi qarshi turdi. Ammo im-
perator Gonoriy saroyida Stilixonga qarshi guruh g‘olib chiqib, 
Stilixon hokimiyatdan mahrum qilindi va o‘ldirildi. Stilixon o‘li-
mini eshitgan Alarix Rimga yurish qilib, uni qamal qildi. Ala-
rix 5 ming funt oltin, 30 ming funt kumush miqdorida tovon 
olib qaytib ketdi. Shundan so‘ng Alarix Rimni yana bir necha 
bor qamal qildi. 410-yil avgust oyida qullar shahar darvozasini 
Alarixga ochib berdilar va varvarlar shaharni 3 kun talon-taroj 
qildi. So‘ng Alarix boshchiligidagi qo‘shin janubga yurish qil-
di. Yo‘lda kasallangan Alarix 40 yoshida vafot etdi. Vestgotlar 
bir necha yildan keyin (419-yil) Akvitaniyada o‘z qirolliklarini 
o‘rnatdilar. 
Stilixonning o‘limidan so‘ng Rimni himoya qiladigan birorta 
sarkarda qolmadi. 407-yil rimliklar Britaniyadan chiqib ketish-
ga majbur bo‘ldilar. Vandal, svev va alanlar 409-yil Ispaniyaga 
hujum qilib, uning alohida viloyatlarini egallab oldilar. 420-yil 
vandal va alanlar Pireney yarim orolining janubida o‘rnashib, 
429-yil Afrikaga o‘tib, Numidiya va unga qo‘shni hududlarning 
katta qismini egalladilar hamda o‘z davlatlarini tuzdilar. Van-
dal qiroli Geyzerix 445-yil Italiyaga bostirib kirib, Rim shahri-


569
ni talon-taroj qildi. 449-yil Britaniyada ango-sakslar bosqini 
boshlandi. 
Xunnlarning Yevropa tomon siljishi tasodifiy emas edi. 
Xitoyda Xan sulolasi (mil.avv. 206-yil – mil.avv. 221-yil-
lar) xunn lar davlatiga keskin zarba berdilar va xunnlarning
Xitoyga hujumiga chek qo‘ydilar. Xunnlarning bir guruhi 
O‘rta Osiyo va shimoliy Hindiston tomon siljidilar. Ikkin-
chi guruhi esa janubiy Sibir, Ural orqali sharqiy Yevropaga 
yopirildi. Volganing quyi oqimida yashagan sarmatlarning 
bir qismi bo‘lgan alanlar tor-mor qilindi. Ularning bir qis-
mi xunnlarga qo‘shildi, qolganlari Kavkazda boshpana topdi 
(ularning qoldiqlari hozirgi osetinlar), xunnlar Don daryosini 
kechib o‘tib, Karpat va Quyi Dunaygacha bo‘lgan hududlarni 
egallagan, sharqiy german qabilasi – gotlarni bo‘ysundirdi. 
Gotlardan bir qismi ostgotlar (sharqiy) xunnlarga ergashdi
vizigotlar (g‘arbiy) yana g‘arbga tomon chekindilar. Gotlarn-
ing keksa yo‘lboshchisi Ermanarix o‘zini o‘ldirdi.
Xunnlar Qora dengiz cho‘llaridan g‘arbga yurib, Dunay 
bo‘ylariga chiqdilar. Ular hozirgi Ruminiya, Moldaviya, Vengriya 
va Avstriya hududlarini birlashtirib, davlat barpo qildilar (Ho-
zirgi Vengriya-Avstriya hududida). Bu davlat taxtiga 440-yil-
da g‘ayratli yo‘lboshchi Atilla o‘tirdi. U sharqiy Rim imperiyasi 
yerlariga bostirib kirdi. Imperator xunnlarga 6000 ming funt 
tilla o‘lpon to‘lab, har yili to‘lov majburiyatini oldi. Atilla ostgot-
lar bilan Dunay bo‘ylab g‘arbga yurib, Reyn daryosini kechib 
o‘tdi. Ioanning vafotidan so‘ng yangi imperiya Valentinian III 
(425–455-yillar) uni talablarini bajarmaganlikda ayblab, Atilla 
Galliyaga bostirib kirdi. G‘arbiy Rim imperiyasi lashkarboshisi 
Aesiy jadal suratda vizigot va franklar bilan ittifoq bo‘lib, xunn-
larga qarshi hal qiluvchi jangga tayyorlandi. Xunnlarga qarshi 
rimlik sarkarda Flaviy Aetsiy frank. alan, burgund, vestgot va 
boshqa qabilalar ittifoqini tuzdi. Hal qiluvchi jang Ispaniya va 
Fransiya chegarasidagi Katalun dalasida 451-yil iyunida bo‘lib 
o‘tdi. 
Har ikki tomon o‘rtasidagi qonli jangda juda katta qurbonlik 
berildi. Vizigotlar sardori Teodorix halok bo‘ldi (Got tarixchisi 
Iordanning ma’lumotiga ko‘ra, bu jangda har ikkala tomondan 
300 ming kishi halok bo‘lgan). Vizigotlar jangni to‘xtatdilar. 
Atilla Dunay bo‘ylariga qaytdi. Atilla 453-yil yana Rimga yurish 
boshladi. Zaiflashgan Ga’rbiy imperiya Atillaga katta sovg‘a-sa-
lom to‘lab, Rimni talonchilikdan saqlab qoldi. Papa Lev I xunn-


570
lar oldiga elchilar boshlig‘i bo‘lib keldi. Katta sovg‘a-salomlar 
bilan Atilla Dunay bo‘yidagi poytaxtiga qaytdi.
Atilla qarorgohida o‘zi bo‘ysundirgan qaram xalqlardan 
birini yo‘lboshchisining qiziga uylanib, katta to‘y marosimini 
o‘tkazdi. Nikoh to‘yi kechasi kelin Atillaning zaharlab o‘ldir-
di. Ular Dunay daryosini ulkan to‘g‘on bilan to‘sib qo‘ydilar. 
Atillaning jasadini tilla tobutga, tilla tobutni kumush tobut 
ichiga, uni yana temir tobut ichiga joylashtirdilar. Xunn-
lar Atillani katta izzat-ikrom bilan dafn qildilar. Dunayning 
ochilib qolgan o‘zanini qazib, tobutni uning qa’riga qo‘yib, 
daryo to‘g‘onini buzib tashladilar. Daryo yana eski o‘zanidan 
oqa boshladi. 
Atillaning o‘limidan so‘ng buyuk xunnlar davlatini birlash-
tirib tura olishga loyiq yo‘lboshchi topilmadi. Xunnlar davlati 
parchalanib ketdi. Bu Rim imperiyasini qutqarib qolmadi. Kek-
sayib qolgan imperiya o‘lim talvasasida edi. Qudratli Feodosiy 
sulolasining so‘nggi vakili zaif imperator Valentinian obro‘-e’ti-
borli Aesiyni ko‘ra olmay o‘z qo‘li bilan uni o‘ldirdi. Valentini-
anning o‘zi ham Aesiyning harbiy yaqinlari tomonidan o‘ldiril-
di. Endilikda Rim himoyasini uyushtiradigan biror-bir kuchli 
sarkarda qolmadi. 
Vandallar 455-yil Geyzerix boshchiligida Rimni talon-taroj 
qildilar. Imperator xazinasi, saroy-ibodatxonalardagi barcha 
qimmatbaho buyumlar olib ketildi. Rim yong‘in ichida qoldi. 
Shundan so‘ng 20 yil ichida bir necha imperatorlar almash-
di. Ular german qabilalarining sarkardalari qo‘lida o‘yinchoq 
bo‘lib qoldilar. Provinsiyalar bilan aloqalar uzildi, maoshsiz 
qolgan rim garnizonlari tarqalib ketdi; ilgari xavfsiz bo‘lgan 
rim yo‘llari mahsulot tashish va yurish uchun o‘ta xavfli 
bo‘lib qoldi; yo‘llarda german qabilalari va boshqa qaroqchi-
lar izg‘ib yurar edilar.
Varvar qabilalari va qirolliklari imperiya bilan hisoblash-
may qo‘ydilar. Biror-bir imperator davlatning yemirilishini 
to‘xtata olmadi. Imperatorlar Ravenna shahrini doimiy qa-
rorgohga aylantirdilar. Rim xristian cherkovi boshlig‘i papa 
qarorgohi bo‘lib qoldi. Afrikada o‘rnashib qolgan vandallar 
Ravenna imperatorlarining zaifligidan foydalanib, Sitsiliya, 
Sardiniya va Korsikaga yurish qildilar. Ular 455-yil Italiya-
ga yurish qilib, Rim shahrini 14 kun davomida talon-taroj 
qildilar. Olib keta olmagan buyumlarni vandallar yo‘q qil-
dilar. Nodir san’at asarlari, haykallar, saroylar o‘t ichida 


571
qolib, Galliya va Ispaniyaning mahalliy zodagonlari uzoqda-
gi Ravenna imperatorlari bilan aloqa qilgandan ko‘ra, bosib 
olin gan viloyatlarning amaldagi hokimlari varvar qirollari bilan 
hamkorlik qilishni afzal deb hisobladilar.
475-yilda Atillaning sobiq kotibi, patritsiy ayolga uylan-
gan Orest o‘zining 14 yoshli o‘g‘li Romul Avgustulni impera-
tor taxtiga o‘tkazib, o‘zi hokimiyatni boshqardi. So‘nggi im-
perator – Rim shahri va imperiyasini barpo qilgan Romul 
afsonaviy Avgustul ismlarini olib, balog‘atga yetmagani 
uchun Avgust emas, Avgustul deb ataldi. O‘smir imperatorni 
rimliklar mazax qilib, Avgustcha deyishar edi. Amalda G‘ar-
biy Rim imperiyasi tugadi. German qabilalari yo‘lboshchilari 
Italiyada to‘la hukmronlikni qo‘lga oldilar.
476-yil germanlarning skir qabilasidan bo‘lgan imperator 
gvardiyasi qo‘mondoni Odoakr Rimda hokimiyatni bosib oldi. 
Orest o‘ldirildi. Romul Avgustul 476-yil 23-avgustda taxtdan 
tushirilib, Neapol yaqinidagi Lukull villasiga surgun qilindi 
va shu yili vafot etdi. Odoakr G‘arbiy Rim imperiyasi impe-
ratori unvoni tugatilgani to‘g‘risida senatning rasmiy qaro-
rini olishga erishdi. Imperatorlik ramzlari Konstantinopolga 
yuborildi. Bu rasman Sharqdagi imperator hokimiyati osti-
da Rim imperiyasining yaxlitligi tiklanganligini bildirar edi. 
Odoakr o‘zini Italiyaning hokimi deb e’lon qildi. Odoakr dav-
latini 493-yilda ostgotlar bosib oldilar, uning o‘zi o‘ldirildi. 
Antik dunyo tarixining oxirgi sahifalari Sharqiy Rim impe-
ratori Yustinian (527–565-yillar) nomi bilan bog‘liq. U VI asr 
o‘rtalarida Rim huquqini kodifikatsiya qildi. Yustinian kodeksi 
qadimgi Rimda huquqning uzoq yillardagi taraqqiyotini tugal-
langan holda o‘zida aks ettirdi. Shu bilan bir vaqtda Yustini-
an tomonidan antik tafakkur markazi bo‘lgan Afinadagi Platon 
akademiyasining tantanali yopilishi yangi davrning antik davr 
bilan ramziy xayrlashuvi bo‘ldi.


572

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling