Urartu davlati ilk temir davridagi yirik podsholiklardan biri bo’lgan. Urartu so’zi ossuriycha bo’lib, urartcha – Biaynili


Download 35.63 Kb.
bet4/6
Sana21.11.2023
Hajmi35.63 Kb.
#1792613
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Rajabov Ibratjon 2

Kuchuktepa Surhondaryo viloyati hududidan, Termiz shahridan 70 km uzoqlikda joylashgan bo’lib, u miloddan avvalgi 1000-750 yillarda tepalik ustiga qurilgan qo’rg’onchaning xarobasidir. Arxeologlarning fikricha, qo’rg’on mudofaa devorlari bilan o’ralgan 6 ta uy-joy va ro’zg’or xonalaridan iborat. Kuchuk I madaniy qatlamlaridan sopol idishlarning qoldiqlari topilgan bo’lib, ular ikki guruhga bo’linadi. Kulolchilik charxida ishlangan idishlar-kosasimon, tuvaksimon va xumsimon naqshsiz idishlardir. Qo’lda ishlangan idishlar-rangli egri chiziqlar va uchburchak geometrik naqshlar bilan bezatilgan buyumlardir. Kulolchilik buyumlarining deyarli barchasining tagi yassi bo’lgan. Don saqlash uchun xumchasimon idishlar va tovoq, kosa, piyola shaklida kichik sopol buyumlaridan keng foydalanilgan.
Miloddan avvalgi II ming yillikning oxirlarida va miloddan avvalgi I ming yillikning boshlarida Farg’ona vodiysida Chust madaniyati Qadimgi Farg’onadagi ilk dehqonchilik madaniyati bo’lib, bobodehqonlarning dastlabki qishlog’i 1951 yilda arxeolog M.Ye.Voronev tomonidan Chust shahri yaqinidagi Buvanamozor deb atalgan buloq yoqasidan topib o’rganiladi. Bu madaniyatga tegishli bo’lgan yodgorliklar Namangan, Andijon, Farg’ona viloyatlarida 70 dan ortiq bo’lib, ulardan 10 ga yaqini arxeologlar V.Sprishevskiy, B.Matboboev, Yu.Zadneprovskiylar tomonidan tadqiq etilgan.
Chust madaniyatini yaratgan dehqonlar yerto’la, paxsa va xom g’ishdan qurilgan uylarda yashagan. Chust qishloqlari atrofi mudofaa devorlari bilan o’ralgan. Chustda xom g’ishdan ishlangan devorlarning qalinligi 3 m, balandligi 3,5 metrga teng bo’lgan. Chust madaniyatiga mansub bo’lgan Dalvarzintepa yodgorligida mudofaa devorining qoldig’i qazib olingan. Uning eni 4,6 m, balandligi 2,5 m ni tashkil etadi.
Chust madaniyatiga mansub bo’lgan yodgorliklardan tosh va jez o’roqlar, pichoqlar, tosh yorg’uchoqlar hamda arpa, bug’doy, tariq donlari va ular uchun kovlangan o’ralarning topilishi aholining asosan dehqonchilik bilan shug’ullanganligidan guvohlik beradi.
Chust madaniyatida metall bilan bog’liq hunarmandchilik rivojlangan. Ot uzangilari va suvlig’i, oyna, bilaguzuk, sirg’a, qarmoq va hokazolar keng tarqalgan. Kulolchilik sohasi ham taraqqiy topadi. Idishlar qo’lda yasalgan va sirlangan. Sopol idishlar uy xo’jaligida ishlatilgan qozon, xumcha, ko’za, tovoqlar bo’lib, ularga gul va geometrik chiziqlar chizilgan. Chust aholisi hayotida to’qimachilik rivojlangan. To’qimachilik dastgohiga tegishli urchuq toshlar, moki va suyak taroqlar barcha makonlardan topiladi.
Hozirgi Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlari hududlarida So’g’diyona deb nomlangan qadimgi dehqonchilik madaniyati markazi shakllandi. Uzoq davom etgan tarixiy jarayonlar bilan bog’liq holda miloddan avvalgi 2,5 ming yillar ilgari (miloddan avvalgi I ming yilliklar o’rtalarida) Markaziy So’g’dda Samarqand shahri - 
Download 35.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling