Urartu davlati ilk temir davridagi yirik podsholiklardan biri bo’lgan. Urartu so’zi ossuriycha bo’lib, urartcha – Biaynili


Download 35.63 Kb.
bet5/6
Sana21.11.2023
Hajmi35.63 Kb.
#1792613
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Rajabov Ibratjon 2

Afrosiyob qad ko’taradi. Afrosiyob afsonaviy shaxs bo’lib, rivoyatlarga qaraganda Samarqand shahriga asos solgan pahlavondir.
Afrosiyob yodgorligining ilk qatlamlaridan Chust madaniyati tipiga oid sopol parchalari topilgan. Shuningdek, miloddan avvalgi VI asrga mansub mudofaa devorlarining qoldiqlari o’rganiladi.
Qashqadaryo viloyati (janubiy So’g’diyona) hududlaridan ilk temir davriga mansub bo’lgan Yerqo’rg’on, Daratepa, Uzunqir, Qo’rg’oncha singari yodgorliklar o’rganilgan. Yodgorliklardan xom g’ishtdan va paxsadan qurilgan bino qoldiqlari, metall qurollar, hunarmandchilik buyumlari topilgan.
Surhondaryo viloyatida (Baqtriyaning shimoli) Qiziltepa, Kuchuktepa, Talashgantepa, Bandixontepa singari yodgorliklar topilgan. Ilk temir davriga mansub bo’lgan yodgorliklarda arxitektura va qurilish texnikasi, hunarmandchilik rivojlanganligini ko’rsatuvchi moddiy topilmalar o’rganilgan.
Toshkent viloyatida ilk temir davri yodgorliklari Burgulik madaniyatiga aylangan. 1940 yilda arxeolog A.Terenojkin “Burgulik madaniyati” ga mansub bo’lgan makonlarni o’rganishni boshlaydi. Burgulik madaniyati miloddan avvalgi VI-IV asrlar bilan belgilanadi. 1972 yilda arxeolog X.Duke chorvachilik va dehqonchilik bilan shug’ullangan qabilalarning 14 ta qishloq va 60 dan ortiq yerto’la va yarim yerto’la shaklidagi kulbalarni o’rganadi. Bu makonlardan yorg’o’choqlar, tosh o’g’ir, o’g’ir soplari, tagi yassi qilib ishlangan kosalar, tuvakchalar, xurmachalar, quloqli sopol qozonlar topilgan.
Xorazmda ilk temir davriga oid Ko’zaliqir, Quyisoy, Uygarak, Dingilja kabi ko’plab yodgorliklar mavjud bo’lib, ular miloddan avvalgi VII-V asrlarga mansubdir.
O’rta Osiyoning dasht va tog’li rayonlarida yashagan ko’chmanchi chorvador sak qabilalarining izlari ilk temir davri yodgorliklarida muhrlanib qolgan. Bunday yodgorliklar Pomir, Tyanshan, Zarafshon, Amudaryo, Orol dengizi atroflarida topilgan bo’lib, ular asosan mozor-qo’rg’onlardir. Saklarning mozor-qo’rg’onlarida ot anjomlari topiladi. Shuningdek, topilmalar orasida bronza va temirdan ishlangan harbiy qurollar, zeb-ziynat buyumlari, mehnat qurollari va sopol idishlar uchraydi. Quyi Sirdaryo irmog’i bo’lgan Inkordaryo bo’yida 
Download 35.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling