Urganch davlat pedagogika instituti “ maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya texnologiyalari” fanidan o’quv-uslubiy majmua


Navbatdagi vazifani bajarish uchun zarur bo‘lgan avval egallangan bilimlardan foydalanish


Download 2.14 Mb.
bet94/138
Sana17.06.2023
Hajmi2.14 Mb.
#1551527
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   138
Bog'liq
M.t.t et.Majmua-2022

2. Navbatdagi vazifani bajarish uchun zarur bo‘lgan avval egallangan bilimlardan foydalanish:

  • talabalarning o‘qituvchidan yoki adabiyotlarni tahlil qilish orqali yangi bilimlarni qabul qilib olishi;

  • bajarilishi lozim bo‘lgan ish to‘g‘risida talabalarga yo‘l-yo‘riqlarni ko‘rsatish;

  • olingan bilim, o‘zlashtirilgan ilmiy tushunchalar va ishlash metodlarini umumlashtirish;

  • o‘z-o‘zini nazorat qilish;

3. Tadbirkorlik o‘yinlarining shartlarini tushuntirish va vazifani bajarish uchun zarur bo‘lgan yangi amaliy bilimlarning axborotini berish.
Navbatdagi ishni rejalashtirish:

  • avval egallangan bilimlar asosida tushuntirish ishini olib borish va o‘z ijodi uchun zarur bo‘lgan yangi metodlarni qidirish;

  • rejalashtirishni mustaqil nazorat qilish.

5. Vazifa shartlari, ularning bajarilishini tushuntiruvchi qoidalar (materiallar)ni o‘rganish va tahlil qilish bo‘yicha mustaqil ishlar va tadbirkorlik o‘yinlaridagi o‘z mavqeini aniqlash.
6. O‘zlaridagi bor bilim, malaka va ko‘nikmalar asosida reja bo‘yicha ishlarni bajarish:

  • yangi bilim va malakalarni hosil qilish;

  • o‘z xatti-harakatlari va ularning natijalarini muntazam nazorat qilish.

  • qayd qilingan kamchiliklar va ularning sabablarini bartaraf qilish;

  • belgilangan rejalarni (reja oldi ishlari va rejadan tashqari) takomillashtirish;

  • yakuniy natijalarni tekshirib ko‘rish va tahlil qilish.

7. Talabalar faoliyatini, ularning bilimi, malakasi, ko‘nikmalarini nazorat qilish va joriy yo‘l-yo‘riqlar berish.
8. Talabalarning tadbirkorlik o‘yinlariga tayyorligini aniqlash maqsadida ularning mustaqil ishlari natijalarini tekshirib ko‘rish.
9. Talabalarga tadbirkorlik o‘yinlarini o‘tkazish va unda qatnashish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berish, ularni rol o‘ynash bo‘yicha taqsim qilish, zarurat tug‘ilganda har biriga qo‘shimcha yo‘l-yo‘riqlar berish.
10. Oldindan ishlab chiqilgan ssenariy bo‘yicha talabalarning tadbirkorlik o‘yinlari.
11. O‘yin ishtirokchilariga joriy yo‘l-yo‘riqlar berish.
12. O‘yin ishtirokchilarining o‘yin davomida o‘zi o‘ynagan rollariga baho berishi, o‘z-o‘zini nazorat qilishi.
13. Tadbirkorlik o‘yini natijalarini muhokama qilish va talabaning o‘quv-o‘yin faoliyatiga baho berish.
Shunday qilib, tadbirkorlik o‘yinlari materiallarni yangi bilimlarni egallash, o‘tilganlarni mustahkamlash, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, umumiy malakani shakllantirish kabi bir qator vazifalarni echishda foydalaniladi.
Tadbirkorlik o‘yinlarining bir necha modifikatsiyalari mavjud:
Imitatsion o‘yinlar.
Bunday o‘yinlardan maqsad qaysidir tashkilot, muassasa va uning qismlari faoliyati andoza qilinadi. Voqealar, kishilarning biror faoliyati (ish bitirish majlislari, rejani muhokama qilish, suhbatlar o‘tkazish va b;), faoliyat holati va shartlari andoza qilib olinishi mumkin.
Ssenariyda bunday o‘ynash to‘la tuzilmasi yozib chiqilgan va imitatsiya qilinadigan ob’ektlar va jarayonlar belgilanadi.
Operatsion (voqeiy) o‘yinlar. Bunday o‘yinlarda aniq o‘ziga xos voqea-hodisaning bajarilishi mashq qilinadi. Operatsion o‘yinlar ish jarayoniga xos modellashtiriladi.
Rol ijro etish o‘yinlari. Unda konkret shaxsning xulqi, xatti-harakati, o‘z vazifalari va majburiyatlarini bajarilish taktikasi mashq qilinadi.
Tadbirkorlik teatri. Bunda qandaydir vaziyat va undagi kishining xulqi o‘ynaladi. Bu o‘yinning asosiy vazifasi turli holatlarda mo‘ljalni to‘g‘ri baholay olishni o‘rgatish, o‘zining xulqiga to‘g‘ri baho berish, boshqa kishilarning imkoniyatlarini baholay olish, ular bilan muloqot o‘rnata olishga o‘rgatishdir.
Psixodrama va sotsiodrama. Bu ham o‘ziga xos «teatr», lekin ijtimoiy psixologik maqsadni ko‘zlaydi: Uning asosiy maqsadi jamoada vaziyatni his qila olish, boshqa kishining holatini o‘zgartirish va unga baho berish, u bilan samarali muloqotga kirisha olishni shakllantirish hisoblanadi.

Download 2.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling