Urganch davlat pedagogika instituti “ maktabgacha ta’limda ta’lim va tarbiya texnologiyalari” fanidan o’quv-uslubiy majmua
RIVOJLANTIRUVChI TA’LIM TEXNOLOGIYaLARI
Download 0.94 Mb.
|
M.t.t et.Majmua-2022 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- Texnologiyadan foydalanish tartibi
- Qarorlar shajarasi” metodi.
RIVOJLANTIRUVChI TA’LIM TEXNOLOGIYaLARI
Reja: 1. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo‘llash 2. «Bumerang» texnologiyasini dars jarayonida qo‘llash. 3. «Qarorlar shajarasi» ilmiy mohiyati. Tayanch tushunchalar: Bumerang, bosqichlar, trening, matn, manbalar, guruhlarga bo‘lish, qaror, shajara, g‘oya, g‘oyalar tizimi, sunggi qaror, ko‘rgazmalilik, nuktai nazarlar ximoyasi, materialni o‘zlashtirish, ilmiy tushuncha. «Bumerang» texnologiyasi Ushbu texnologiya dars jarayonida, darsdan tashqari bush vaqtlarda turli adabiyotlar, tarixiy manbalar, matnlar bilan ishlash jarayonida o‘quvchilarning o‘rganilgan materialni yaxshi eslab kolish, og‘zaki nutqini rivojlantirish va o‘z fikrini erkin bayon eta olish malakasini shaklantiradi, shuningdek, bir dars davomida barcha o‘quvchilarni baholash imkonini beruvchi texnologiya hisoblanadi. Bu texnologiyadan yangi mavzuni yoki materialni o‘rganish jarayonida foydalanish maqsadga muvofikdir. Texnologiyadan foydalanish tartibi 1- bosqich. O‘quvchilar 4 - 5 kishidan iborat kichik guruhlarga bulinadilar. 2 - bosqich. O‘qituvchi xar bir guruh va uning xar bir a’zosiga mustaqil o‘rganish, fikrlash va yodda saqlab kolish uchui o‘rganilayotgan yangi mavzu bo‘yicha alohida yozma tarqatma material beradi. Tarqatma material umumiy mavzuniig bir qismini tashkil qiladigan matndan yoki jadvaldan iborat bo‘lib, guruhning barcha a’zolariga bir xil mazmunda berilishi kerak. Demak, yangi mavzu oldindan tashkil etiladigan guruhlar soniga qarab 4 yoki 5 qismga bulinishi lozim. Shunda xar bir guruh yangi mavzuga oid alohida matnga ega buladi. 3 - bosqich. Guruhning xar bir a’zosi matnni yakka tartibda, alohida o‘rganib chiqib eslab kolishi, keyin esa guruh a’zolari matnni o‘zaro savol —javob asosida guruhda muhokama qilishi kerak. Matnning katta kichikligiga qarab bu ishga - 10 daqiqa ajratiladi. 4 - bosqich. O‘qituvchi xar bir guruh yoniga kelio, guruh a’zolariga oldindan tayyorlangan, rakam yozilgan qog‘ozlardan bittadan olishni taqlif etadi (qog‘oz soni guruhdagi o‘quvchilar soniga teng bo‘lishi kerak, 1 rakamini olganlar 1 - guruh, 2 rakamini olganlar 2 guruh va xokazo). O‘qituvchi rakamlar bo‘yicha yangi guruhlar tuzishni taqlif etadi. 5 —bosqich. Yangi tuzilgan guruhning xar bir a’zosi endi o‘ziga 2 ta vazifani xam o‘qituvchi, xam o‘quvchi vazifasini oladi. Ya’ni guruhning xar bnr a’zosidan oldingi guruhda o‘zi o‘rganib chikkan matn mazmunini yangi guruh a’zolariga o‘rgatishi va o‘z navbatida guruhning bohka a’zolarining matnlarini xam o‘zlashtirib olishi talab etiladi. Bunda guruhning xar bir ishtirokchisi o‘zi o‘zlashtirgan materialni so‘zlab berish orqali boshqalarga Ytkazishi kerak. Buning uchun 20 dakika vaqt ajratiladi. Natijada rakamlar bo‘yicha tuzilgan yangi guruhlar umumiy mavzu bo‘yicha barcha materiallarni o‘zlashtirishga erishadilar. 6 —bosqich. Guruhdagilar bir - birlariga o‘z matnlarini gapirib borgach, matn qanday o‘zlashtirilganini tekshirish uchun o‘qituvchi guruh a’zolariga o‘z matnlaridan kelib chiqib bir - birlariga savol berishlarini tushuntiradi va guruh ichida shu tarika ichki nazorat o‘tkaziladi. Bu esa guruhdagilarning bir - birlariga so‘zlab bergan materiallarini boshqalar tomonidan qanday o‘zlashtirilganini aniqlashga va mustahkamlashga yordam beradi. 7 - bosqich. O‘qituvchi barcha o‘quvchilarning oldingi guruhlariga kaytishlarini suraydi va xamma dastlabki guruhiga qaytadi. 8 - bosqich. O‘qituvchi barcha o‘quvchilarning mavzuga oid xamma material bilan tanishib chikkanligini hisobga olgan xolda sinfdagi xoxlagan o‘quvchisidan ushbu mavzuga oid xoxlagan savolini surashi mumkinligini va nazorat savollarini reyting ballari asosida baholashini aytadi. Agar savollarga berilgan javoblar utirgan joyida lukma tashlasa — 1 ball, javob berolmasa — 0 ball qo‘yiladi. Guruh a’zolarining javoblarini belgilash va hisoblab borish uchun bir o‘quvchi tayinlanadi. 9 bosqich. O‘qituvchi tarqatma materiallardagi savollar asosida guruhlarning o‘zlashtirishini tekshirib chikadi. 10 —bosqich. Endi o‘qituvchi xar bir guruhga o‘z materiali asogida yangidai 3 ta savol tuzishni taqlif etadi. Vaqt 3 - 5 dakika. 11- bosqich. Bu bosqichda guruhlar bir - birlariga o‘zlari to‘zgan savollarni beradilar va berilgan javoblar yuqoridagi tartibda hisoblanadi. Agar boshqa guruhlar savolga tutri javob bera olmasa, guruh o‘zi javobni tuldiradi va qo‘shimcha ballga ega buladi. 12 – bosqich: Yakuniy bosqichda guruhlar tuplagan ballar hisoblanib, guruh a’zolari soniga bulinadi. Ballarni taksimlashda guruh, a’zolarining xam fikrlari inobatga olinadi. Ta’lim jarayonida ta’lim-tarbiya ishlarini samarali tashkil qilishda yangi pedagogik texnologiyalarni ta’lim tizimiga tadbiq etish muhim sanaladi. «Bumerang» texnologiyasi orqali dars jarayonida yoki turli adabiyotlardan, tarixiy manbalar, matnlar bilan mustaqil ishlash jarayonida o‘quvchilarning o‘rganilgan materialni yaxshi eslab qolish imkonini beradi, og‘zaki nutqni rivojlantiradi va o‘z fikrini erkin bayon eta olish malakalarini shakllantiradi, shuningdek, bir dars davomida barcha o‘quvchilarni baholash imkonini beruvchi texnologiya hisoblanadi. «Bumerang» texnologiyasidan yangi mavzuni o‘rganish jarayonida foydalanish mumkin. «Bumerang» texnologiyasining texnologik tavsifi quyidagicha ekanligini ko‘rsatish mumkin: da’vat, anglash, fikrlash xamda sharxlash bosqichlari. Misol sifatida adabiyot fani bo‘yicha «Navoiyning hayoti va faoliyati» mavzusidagi dars ishlanmasini keltirib utamiz. Da’vat bosqichida o‘quvchilar guruhlarga bulinadilar (4 kishi bo‘lishi maqsadga muvofiq sanaladi). Bu bosqichda avval olgan bilimlar faollashtiriladi, ya’ni shu yangi mavzu bo‘yicha bilganlarini tiklaydilar. Uqituvchi xar bir guruh va uning xar bir a’zosiga mustaqil o‘rganish, fikrlash va yodda saqlab qolish uchun o‘rganilayotgan yangi mavzu bo‘yicha alohida yozma tarqatma material beradi. Guruhlarga beriladigan tarqatma material umumiy mavzuning bir qismini tashkil qiladigan matndan iborat bo‘lib, guruhning barcha a’zolariga bir xil mazmunda berilishi kerak. Xar bir guruh alohida yangi matnga ega bo‘lishi kerak. Masalan 1-guruhga «Navoiyning bolaligi»,2-guruhga «Navoiyning lirikasi», 3-guruhga «Navoiyning siyosiy faoliyati», 4-guruhga «Navoiyning «Xamsa» asari» kabi ko‘rinishda berish mumkin. Ikkinchisi bu anglash bosqichi bo‘lib, bunda yangi mavzuni o‘zlashtirishga erishish maqsad qilib quyiladi. Bu bosqichda guruhning xar bir a’zosi matnni yakka tartibda, alohida o‘rganib chiqadi va guruhga umumiy muhokamaga qo‘yiladi. Muhokamaga matnning hajmiga qarab 10 daqiqa vaqt ajratish mumkin. Sungra uqituvchi guruh a’zolariga oldindan tayyorlangan 1 dan 4 gacha bo‘lgan raqamlarni tanlashni taqlif qiladi. Tanlangan raqamlarga qarab qaytadan guruhlar tashkil qilinadi. 1-raqamlar 1 –guruh, 2-raqamlar 2-guruh va hakozo. Yangi tuzilgan guruhda o‘quvchilarni xar biri o‘zi avvalgi guruhda o‘zlashtirilgan bilimlarni yangi guruh a’zolariga o‘rgatishga xarakat qiladi. O‘z navbatida boshqa guruh a’zolaridan umumiy matnning qolgan qismidagi yangi ma’lumotlarni o‘zlashtirib olish vazifasi quyiladi. Guruhning xar bir a’zosi o‘zi o‘zlashtirgan bilimlarni dastlab o‘z guruhida muhokama qiladi va sungra boshqa guruh a’zolariga tushuntiradi, takrorlash orqali mustahkamlashga erishadi. Mavjud bilimlarga qo‘shimcha ravishda guruhning boshqa a’zolaridan ma’lumotlar olib, mavzuni kengaytirib, o‘zlashtirib oladilar. Bahs-munozaraga qatnashish natijasida o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlanishiga imkon beradi. Buning uchun 20 daqiqa vaqt ajratiladi. Uchinchi bosqich - bu fikrlash bosqichi hisoblanadi. Bunda o‘quvchilar dastlabki guruhlariga qaytadilar va savol-javob orqali umumiy matnning boshqa qismi bo‘yicha bilimlarni mustahkamlaydilar. Bunga 10 daqiqa vaqt ajratish mumkin. Guruh ichida beriladigan savollar avvalgisidan farqli matnning barcha qismi bo‘yicha bo‘lishi mumkin. Guruhning birgalikdagi tayyorgarligini mustahkamlash uchun o‘zaro ichki nazorat o‘tkazishlari kerak. Bu nazorat guruhning xar bir a’zosini bilimini aniqlash va mustahkamlashga erishishga yordam beradi. To‘rtinchi bosqich yuqoridagi barcha bosqichlarning sharxi hisoblanadi. Bu bosqichda uqituvchi barcha o‘quvchilarni mavzuga oid xamma material bilan tanishib chiqqanligini hisobga olgan xolda guruhdagi xoxlagan o‘quvchisidan, mavzuning xoxlagan qismi bo‘yicha so‘rashi mumkin. Quyidagi keltirilgan savollarni berishi mumkin. 1. Alisher Navoiy qanday oilada dunyoga kelgan? 2. Alisher Navoiyni qanday dostonlari mavjud? 3. Alisher Navoiyga ustozi Lutfiy qanday baho bergan? 4. Alisher Navoiy qanday tahalluslarda ijod qilgan? Sungra uqituvchi guruhlarda o‘z matnlari bo‘yicha 4 tadan savol tayyorlashga va boshqa guruhlarga berishga yo‘naltiradi. O‘qituvchi savolning saviyasi va berilayotgan javoblarga jiddiy e’tibor berib borishi kerak. Agar savollar javobsiz qolsa yoki noto‘liq javob bo‘lsa, savol bergan guruh javobni to‘ldirib, qo‘shimcha balga ega bo‘lishi mumkin. Shu tarzda guruhni yangi mavzu bilan tanishtirish bilan birga, ularni o‘zlashtirishlarini baholash xam mumkin. Dars yakunida uqituvchi darsni mustahkamlaydi va yakunlovchi xulosani bildiradi. Xozirgi kunda ta’lim tizimida ta’lim jarayonida uqituvchi va o‘quvchi xamkorligini «sub’ekt-ob’ekt» ko‘rinishidan, «sub’ekt-sub’ekt» darajasiga ko‘tarish muhim. «Bumerang» texnologiyasini qo‘llash o‘quv materialini chuqur va yaxlit xolda o‘rganish, ijodiy tushunib, erkin egallashga yo‘naltirilgan. O‘z mazmuniga kura bu texnologiya muammoli, turli mazmunli, mulohazali va munozarali hisoblanadi. Texnologiyani qo‘llash mobaynida o‘quvchi og‘zaki va yozma shakllarda, turli xil vazifalarni amalga oshirish orqali yangi mavzuni o‘zlashtirib oladi. «Bumerang» texnologiyasini qo‘llaganda o‘quvchilarda xotirani mustahkamlash, mantiqiy shakllantirish, mas’uliyat bilan guruh obro‘si uchun xarakat qilish, fikrlarini og‘zaki va yozma tarzda erkin ifoda etish ko‘nikmalari shakllanib boradi. Bu texnologiya ta’lim bilan birgalikda bir necha tarbiyaviy vazifalarni xam amalga oshirib boradi. Bularga guruh bilan ishlash, o‘zgalar fikrini xurmat qilish, mas’uliyatlilik, faollik, ishga ijodiy yondoshish, mustaqil o‘z fikrlarini bayon qilish, o‘z faoliyatini samarasini ko‘ra bilish, muomala madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi . “Qarorlar shajarasi” metodi. “Qarorlar shajarasi” metodi muayyan fan asoslari borasidagi bir qadar murakkab mavzularni o‘zlashtirish, ma’lum masalalarni xar tamonlama, puxta tahlil etish asosida ular yuzasidan muayyan xulosalarga kelish, bir muammo xususida bildirilayotgan bir necha xulosalar orasidan eng makbul xamda to‘g‘risini topishga yo‘naltirilgan texnik yondashuvdir. Ushbu metod, shuningdek, avvalgi vaziyatlarda kabul qilingan qaror (xulosa)lar mohiyatini yana bir bora tahlil etish va uni mukammal tushunishga xizmat qiladi. Guruh yoki sinf o‘quvchi (talaba)lari ishtirokida qo‘llaniladigan “Qarorlar shajarasi” bir necha un nafar ta’lim oluvchilarning bilimlari darajasini aniqlash, ularning fikrlarini jamlash va baholash imkonini beradi. Ta’lim jarayonida mazkur metodning qo‘llanilishi muayyan muammo yuzasidan oqilona qaror keabul qilish (xulosaga kelish)da ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilayotgan xar bir variant, ularning makbul xamda nomakbul jihatlarini mufassal tahlil etish imkoniyatini yaratadi. Mashg‘ulot jarayonida ta’lim oluvchilar quyidagi chizma asosida tuzilgan jadvalni tuldiradilar (yoki ushbu tartibdagi faoliyatni olib borishda yozuv taxtasidan foydalanadilar):
“Qarorlar shajarasi” metodi quyidagi shartlar asosida qo‘llaniladi: Pedagog (mashg‘ulotni olib boruvchi) mashg‘ulot boshlanishidan oldin mavzuga oid biror muammoni munozara, tahlil uchun belgilaydi. Guruhlar tomonidan kabul qilingan xulosa (qaror)larni yozish uchun plakatlarni tayyorlaydi. O‘qituvchi ta’lim oluvchilarni 4 yoki 6 nafar kishilardan iborat guruhlarga ajratadi. Muammoning hal etilishi, bu borada eng makbul qarorning kabul qilinishi uchun muayyan vaqt belgilanadi. Qarorni qabul qilinishi jarayonida guruhlarning xar bir a’zosi tomonidan bildirilayotgan variantlarning makbullik xamda nomakbullik darajalari batafsil muhokama qilinadi, xar bir variantning afzallik va noafzallik jihatlari yozib boriladi. Bildirilgan variantlar asosida muammoning ijobiy hal etilishi borasidagi usul xususida guruh a’zolari bir tuxtamga kelib oladilar. Munozara uchun ajratilgan vaqt o‘z nixoyasiga etgach, xar bir guruh a’zolari o‘z guruhi qarori borasida axborot beradilar. Zarur xulosa (qaror)larni bir biri bilan kiyoslaydilar. Muammo yuzasidan bildirilgan qarorlar borasida savollar tug‘ilgudek bo‘lsa, ularga javoblar qaytarilib boriladi, noaniqliklarga aniqlik kiritiladi. Agarda barcha guruhlar tomonidan muammo yuzasidan bir xil qarorga kelingan bo‘lsa, o‘qituvchi buning sababini izohlaydi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling