Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti 304-guruh talabasi Rahmonjonova Sayyoraning Hozirgi o’zbek adabiy tilidan Tayyorlagan taqdimoti
Download 479.35 Kb.
|
Taqdimot (1)
Masalan, u keldi (toʻgʻri tartib) — keldi u (teskari tartib), kecha ketdi (toʻgʻri tartib) — ketdi kecha (teskari tartib) kabi. Toʻgʻri tartib koʻpincha darak gaplarga xos boʻlib, ilmiy, rasmiy uslublar uchun harakterlidir. Teskari tartib esa asosan soʻzlashuv, badiiy va qisman publitsistik uslublarga xos boʻlib, bu holat koʻpincha mazmunni sezilarli oʻzgartirmasada, nutqning taʼsirchanligini, emotsionalligini oshiradi. Lekin baʼzan teskari tartib boʻlaklarning sintaktik vazifasini ham, gapning mazmunini ham oʻzgartirib yuboradi: Quvnoq bolalar kuyladilar — Bolalar quvnoq kuyladilar; charm mahsi (charmdan ishlangan) — maxsi charm (mahsibop). Bunday hollarda Soʻz tartibining erkin vabogʻliq turlari farqlanadi. Sifatlovchi bilan sifatlanmishning (quvnoq bolalar) gapdagi oʻrni bogʻliq tartibni koʻrsatadi. Erkin tartibda gap boʻlaklarining oʻrnini oʻzgartirish mumkin. Bunda mazmun va sintaktik holat emas, faqat uslubiy xususiyat oʻzgaradi: Kinoga kecha koʻplashib bordik — Kecha koʻplashib kinoga bordik — Koʻplashib kecha kinoga bordik kabi. “Determinantlarning: 1) gapning aktual bo’linishida mustaqil komponent – ko’pincha, tema funksiyasini bajarish; 2) to’laligicha gapga taalluqli bo’lib, yaxlit holda gapni kengaytiruvchi ikkinchi darajali bo’lak ekanligi; 3) ko’pincha, prepozitiv xarakterga ega bo’lishi – gap boshida kelishi ularga xos asosiy belgilardir”.
Download 479.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling