Urganch davlat universiteti filologiya fakulteti 304-guruh talabasi Rahmonjonova Sayyoraning Hozirgi o’zbek adabiy tilidan Tayyorlagan taqdimoti
Download 479.35 Kb.
|
Taqdimot (1)
Til qurilishining mohiyatini ochishda gap bo‘laklari muammosi o‘ziga xos o‘rin tutadi. Shuning uchun ham gap bo‘laklari nazariyasi tilshunoslarning hamisha diqqat markazida bo‘lib kelgan. Birgina gapning sintaktik qurilishida bosh bo‘laklarning o‘rni masalasini olib ko‘radigan bo‘lsak, turli sintaktik nazariyalarda ularga turlicha yondashilganligini ko‘ramiz. “... bu masalada, asosan, uch nuqtai nazarni qayd etish mumkin, ya’ni: 1) gapda ega absolyut hokim, kesim ham unga tobe; 2) ega va kesim o‘rtasida muayyan teng huquqlilik mavjud; 3) gapning haqiqiy “xo‘jayini” kesimdir Hatto gap bo‘laklari tasnifi ham tilshunoslik tarixida turlicha yondashuvlarga sabab bo‘lganligini kuzatamiz. Hozir fanimizda gapning tarkibiy (struktur) qismlarini ajratishda: a) bosh bo‘laklar, ikkinchi darajali bo‘laklar, bog‘lanmagan bo‘laklar; b) bosh bo‘laklar, ikkinchi darajali bo‘laklar, uchinchi darajali bo‘laklar; v) gap bo‘laklari va bo‘lakning bo‘laklari; g) funksional va nofunksional (amaliy va noamaliy) bo‘laklar; d) gapning markazi, gap kengaytiruvchilari va so‘z kengaytiruvchilari kabilarni farqlash nazariyalari keng ommalashgan. Fanda shakllangan va ma’lum davr yashagan har bir ilmiy yondashuv va yo‘nalishning, har bir talqinning o‘ziga xos asosi mavjudligi fanlar tarixidan ma’lum. Shuning uchun fanda ko‘p yo‘nalishlilik shakllangan va rivojlangan davrda turli xil talqin va tavsiflarni qiyosiy o‘rganish, har bir yo‘nalishdan unumdor talqinlarni saralash va ulardan sohaning chigal masalalari yechimini berishda oqilona va tadbirkorona foydalanish alohida ahamiyat va mohiyat kashf etadi va ilmiy taraqqiyotning keskin ilgarilashiga va yuksalishiga turtki bo‘ladi.
Download 479.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling