Urganch Davlat Universiteti Filologiya va tillarni o’qitish, o’zbek tili (sirtqi bo’lim) 3-kurs talabasi Gulimova Shaxloning Ogahiyning poetik mahorati fanidan mustaqil ishi
Devondan shoirning g‘azal, ruboiy, qit’a, mustazod, murabba’, muxammas, musaddas, tarje’bandlari joy olgan
Download 70.35 Kb.
|
Gulimova.Sh.Ogahiyning poetik mahorati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’kidlash joizki, Ogahiy o‘zining barcha asarlari qatori ushbu bebaho devoni bilan ham iymon va vijdonni, yaxshilik va ezgulikni targ‘ib qiladi, yomonlik va gunoh ishlarga qarshi turadi.
Devondan shoirning g‘azal, ruboiy, qit’a, mustazod, murabba’, muxammas, musaddas, tarje’bandlari joy olgan.
Ogahiy qalamida turkiy kalom o‘ziga xos jaranglaydi. Ijod namunalari go‘zal va teran, badiiy yuksakligi bilan davrlar osha nazm ixlosmandlari hurmatiga sazovor bo‘lib keladi. Ta’kidlash joizki, Ogahiy o‘zining barcha asarlari qatori ushbu bebaho devoni bilan ham iymon va vijdonni, yaxshilik va ezgulikni targ‘ib qiladi, yomonlik va gunoh ishlarga qarshi turadi. Mavzu: Ogahiy ijodi xususidagi “ Faqirlikdagi qudrat” va “Dil tazarrusi” maqolalarini o`rganish Matnazar Abdulhakim mumtoz adabiyotni shunchaki ziyrak o'quvchi sifatida emas, olim kishining teran nigohi ila mutolaa qildi. Ilmiy tadqiqotlarida bu tadqiqning sabablarini ham keltirib o'tadi. Shu jumladan, "Arjumand so'z" nomli maqolasida shunday deydi: "So'z ushbu zamon va kelajak uchun yoziladi. Demoqchimizki, Ogahiy zamon ahlining so'zuqmaslari dastidan kelajakka, jumladan, bizga ham shikoyat qiladi. Binobarin, buyuk shoirimizning zamondosh johillari ustidan bizga qilayotgan shikoyati uning bizga bog'lagan umidi, bizning zimmamizga yuklab ketgan mas'uliyati, bizga qoldirgan vasiyati hamdir". Shoir bu iqrorlariga she'rlarida ham ishora qiladi. Mavzu:Ogahiy ijodida turkiy she'riyat an'analari Adabiyotshunoslar ikki shoirning lirikasi bilan yaqindan tanishgach, Alisher Navoiy ijodidan so‘ng barakali ijod qilgan sa’natkor sifatida haqli ravishda Muhammadrizo Ogahiyni qo‘yadilar O‘rta asrlarda tarixiy Xuroson, Movarounnahr va Xorazm hududlarda hukmronlik qilgan sulolalar so‘z sehrini va undagi kamol zavqini davlat siyosatiga ko‘targanlar. Ogahiy Xiva xonligi Qo‘ng‘irotlar sulolasining fors tilidan turkiy tilga tarjima qiluvchi tarjimonlar maktabining peshqadami edi. Uning tarjimonlik faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, u ijodining ilk yillarida fors tilidan tarixiy asarlarni tarjima qilishdan boshlagan va mahorati oshib borgan sayin badiiy asarlarni nazmdan nazmga o‘girgan. Bugungi kunga kelib, Ogahiyning hayoti va ijodining salmoqli qismi yaxshi o‘rganilgan. Ammo adibning tarjima asarlarini zamonaviy talablar asosida tadqiq qilishga ehtiyoj sezilmoqda. Mavzu:Ogahiy asarlarining adabiyot tarixidagi oʻrni Ogahiy jahon adabiyoti, madaniyatining nodir durdonalari sanalgan 20 dan ortiq asarlarni o’zbek tiliga o’girib tarjimashunoslik maktabini yaratdi. Adib qalamiga mansub 26 asardan hozirgi kunda 4 tasi topilganicha yo’q, uning asarlarining 22 tasidan 16 tasi saqlngan. Jumladan, 6 asari (11 nusxada) Beruniy nomidagi Respublika Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. Sank Peterburgda 10 ta va Dushanba shahrida 8 ta asari mavjud. Hozirgi kunda adib asarlarining 22 tasi, 72 ta qo’lyozma nusxada dunyo fondlarida saqlanmoqda. Ogahiyning so‘nggi asari “Shohid ul iqbol” 1865 yildan 1872 yilgacha bo‘lgan davrga bag‘ishlangan. Uning o‘zbek va tojik tilidagi she’rlarida fuqarolik mavzulari - nohaqlikka norozilik, ikkiyuzlamachilikni qoralash jaranglaydi. “Sevishganlar tumori” lirik devonida Ogahiy insoniyatning yuqori tuyg‘ularini tarannum etgan. O‘zbek adabiyoti bu vaqt mobaynida tojik, ozarbayjon, turkman va boshqa adabiyotlar bilan uzviy rivojlandi. Oddiy xalq orasida Firdavsiyning “Shohnoma”, Bedil she’riyati, Fuzuliyning g‘azallariga ko‘plab taxmislar va’zxonligini eshitish mumkin bo‘lgan - bularning bari o‘sha davr o‘zbek adabiyotining o‘ziga xos jihatlarini tashkil etgan. Mavzu:Ogahiy she'riyatining mavzu ko'lami Mashhurligiga ko‘ra, uch toifa shoirlar bor. Birinchisi hayot davrida mashhur bo‘lib, keyin unutilgan. Ikkinchisi hayotligida nomi chiqmasa-da, vafotidan so‘ng dovrug‘ qozongan. Uchinchisi foniy hayotidayoq boqiy nom qozongan. Muhammadrizo Ogahiy (1809 – 1874) so‘nggi toifaga mansub shoirdir. Xiva xonligi davrida turkiy tilda eng ko‘p bitilgan nazmiy va nasriy asarlarning muallifi, Turkiy til tarjimonlik maktabining Zahiriddin Muhammad Bobur lafzi bilan aytganda “eng ko‘b va eng xo‘b” ijodkori va peshqadami edi. Adabiyotshunoslar ikki shoirning lirikasi bilan yaqindan tanishgach, Alisher Navoiy ijodidan so‘ng barakali ijod qilgan sa’natkor sifatida haqli ravishda Muhammadrizo Ogahiyni qo‘yadilar O‘rta asrlarda tarixiy Xuroson, Movarounnahr va Xorazm hududlarda hukmronlik qilgan sulolalar so‘z sehrini va undagi kamol zavqini davlat siyosatiga ko‘targanlar. Download 70.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling