Urganch Davlat Universiteti Filologiya va tillarni o’qitish, o’zbek tili (sirtqi bo’lim) 3-kurs talabasi Gulimova Shaxloning Ogahiyning poetik mahorati fanidan mustaqil ishi


Mavzu:Ogahiyning tarjimonlik mahorati


Download 70.35 Kb.
bet4/6
Sana22.06.2023
Hajmi70.35 Kb.
#1647948
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Gulimova.Sh.Ogahiyning poetik mahorati

Mavzu:Ogahiyning tarjimonlik mahorati


  • Muhammadrizo Ogahiyning tarjimon ekani haqidagi ilk ma’lumot vengriyalik olim Arminiy Vamberi (1832-1913) tadqiqotida keltirilgan. Arminiy Vamberi Xorazmda she’riyatga bo‘lgan katta qiziqish to‘g‘risida gapira turib, shunday yozadi: “Xivada men ikki aka‑uka bilan tanishdim. Biri Munis bo‘lib, u ajoyib she’rlar yozgan; men ularning ayrimlarini keyinchalik nashr qildirmoqchiman. Ikkinchisi Mirob. U ulkan sabr bilan Mirxondning katta tarixiy asarini o‘g‘li uchun, garchi o‘g‘lining o‘zi ham fors tilidan xabardor bo‘lsa‑da, o‘zbek‑turkiy lahjasiga o‘girmoqda.

Ogahiy davlat arbobi miroblik kasbida rasman faoliyat yuritganiga qaramay, Qo‘ng‘irot xonlari uni o‘tkir qalam sohibi, tarjimon, shoir va muarrix sifatida qadrlashgan. Adibning salmoqli ijodini tarjimonlik faoliyati tashkil qilganiga qaramasdan, uning ushbu qirrasi hali to‘laligicha yoritilmagan. Bu esa o‘z navbatida, O‘rta Osiyo turkiy tiliga “eng ko‘b va eng xo‘b” tarjima qilgan mutarjimning faoliyati chuqur tadqiqotlarga tortilishi lozimligini ko‘rsatadi. 



  • Fors va arab tilidagi asarlari tarjimalariga berilgan buyurtmalar mavzusini davom ettirib, ba’zi qo‘shimchalar qilib o‘tishni o‘rinli deb bildik. Hamma gap shundaki, ayrim tarjimalar hukmdorlar ko‘rsatmasi asosida emas, ba’zi amaldorlar tashabbusiga ko‘ra amalga oshirilgan. Mazkur holat elita o‘rtasida kamida tarixni, xususan, islom mamlakatlari tarixini bilishga ehtiyoj mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi. Tarjima qilish tendensiyasi yoki modasi (tabiiyki, o‘quvchilar ehtiyojiga asoslangan) deyarli barcha hukmdorlar saroylarida ma’lum va mashhur bo‘lgan. Misol uchun tarjimalar xon saroyi ayonlari (adabiy) majlislarida o‘qilgan.



Mavzu: Ogohiy ijodi haqidagi “Arjumand so‘z ” Matnazar Abduhakim maqolasini o‘rganish


  • Istiqlol davri o‘zbek adabiyotshunosligining muhim sohalaridan biri –ogahiyshunoslik takomilida yangi bosqich bo‘ldi. Bu bosqichda buyuk shoir, tarjimon va tarixchi Ogahiy merosini mustaqillik mafkurasi milliy g‘oya mezonida o‘rganish, tadqiq va targ‘ib qilish kuchaydi. Ogahiyning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish Ogahiy asarlari bo‘yicha maqolalar va risolalar yaratish ishlarini amalga oshirishda taniqli shoir tarjimon va tadqiqotchi Matnazar Abdulhakimning xizmatlari beqiyosdir.




  • Mangulik jamoli” kitobi mumtoz adabiyotimizning bir bo‘lagi bo‘lmish Xiva adabiy maktabini tadqiq etadi. Kitobdan ilmiy maqolalar bilan birga Xiva adabiy maktabiga daxldor shoirlarning forsiy tildagi she’rlari tarjimasi ham o‘rin olgan. Shu o‘rinda Matnazar Abdulhakimning ayni shu kitobdan o‘rin olgan “Bulbul tushlari” nomli maqolasi haqida to‘xtalishni joiz topdik. Maqola Ogahiy ijodi haqida bo‘lib, Matnazar Abdulhakim Ogahiy g‘azallarini sharhlaydi, har bir sharh o‘zining ilmiy va diniy asosiga ega ekanligi xarakterlidir.


1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling