Urganch Davlat Universiteti Filologiya va tillarni o’qitish, o’zbek tili (sirtqi bo’lim) 3-kurs talabasi Gulimova Shaxloning Ogahiyning poetik mahorati fanidan mustaqil ishi
Download 70.35 Kb.
|
Gulimova.Sh.Ogahiyning poetik mahorati
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Shoir chistonlari bu janr rivojining yangi bir bosqichi hisoblanadi.
- Mavzu: «Ummonlardan biri» va «Siymoda aks etgan siymo» (MATNAZAR ABDULHAKIM) maqolalarida Ogahiy ijodi mavzusi.
Chiston Ogahiy she’riy merosining tarkibiy qismi sifatida atroflicha ilmiy tadqiq etishni talab qiladi. Shoir chistonlari bu janr rivojining yangi bir bosqichi hisoblanadi.
Chiston Ogahiy she’riy merosining tarkibiy qismi sifatida atroflicha ilmiy tadqiq etishni talab qiladi. Shoir chistonlari bu janr rivojining yangi bir bosqichi hisoblanadi. Chiston lug‘aviy jihatdan forscha “chist on?” (“u nimadir?”) bo‘lib, adabiy terminologiyada topishmoq she’rga aytiladi. Bu she’r nav’i o‘tmish badiiyot ilmida lug‘z, lug‘az, log‘az iboralari bilan yuritilib kelgan. Turkiy adabiyotda ilk chistonlar XV asrda Navoiy tomonidan yaratilgan. Fors-tojik adabiyotida undan bir necha asr ilgari ham mavjud bo‘lgan hamda lug‘z deb atalgan. Keyinchalik lug‘z va chiston atamalari turkiy va forsiy adabiyotda baravar qo‘llanavergan. Chiston hajmi cheklanmagan. Mavzu: «Ummonlardan biri» va «Siymoda aks etgan siymo» (MATNAZAR ABDULHAKIM) maqolalarida Ogahiy ijodi mavzusi. She’riyat ummonidagi javohirlar hayratlanarli darajada betakror. Mana shu betakrorliklarning zamiridagi ajralmas hamohangliklar, ajabtovur bir tasodiflari, undanda gʻaroyib qonuniyatlari bilan aqlni hayratlantiradi. Hazrat Xoja Bahovuddin Naqshbandiyda «Siymolar siymolarda takrorlanadilar» degan mazmundagi goʻzal bir fikr bor. Ana shu nuqtai nazardan Pahlavon Mahmud hazratlari ruboiyotining Muhammad Rizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy ijodiga, xususan, uning ruboiylariga ta’sirini kuzatadigan boʻlsak, salaflar oʻz vorislarining qalamlarini oʻz mumtoz asarlari bilan naqadar oʻtkir qilib charxlab turishlarini teran anglaymiz. Mumtoz adabiyotmizda, xususan, Pahlavon Mahmud ijodida ham oʻqtin-oʻqtin takrorlanib turadigan fikr kuchlilarning ojizlarga madad koʻrsatishidir. Mavzu: Ogohiy ijodida majoziy va haqiqiy ishq talqini Talpinar tinmay charog'on ko'zlariga borlig'im, Telbavor parvonalardekdir, chiroq dardindadir. Ushbu ikkinchi baytda “parvona”, “chiroq”, “charog’on” kabi so’zlar “tanosub” san’atini hosil qilsa, “ko’z”ning “chiroq”qa, “borliq”ning “parvona”ga qiyos etilishidan “tashbeh” san’atini hosil qiladi. Tashbeh – ”o‘xshatish” ma’nosini ifodalaydi. Ikki narsa yoki tushunchani ular o‘rtasidagi haqiqiy yoki majoziy munosabatlarga ko‘ra o‘xshatish san’atidir. Tanosub esa she’r baytlarida ma’no jihatidan bir-biriga yaqin tushunchalarni anglatuvchi so‘zlarni qo‘llab, ular vositasida obrazli ifodalar, lavhalar yaratish san’atidir. Mavzu: Ogahiy Sharq she`riyati dahosi Yorqin iste’dodlarga boy mumtoz adabiyotimiz, madaniyatimiz tarixida Ogahiyning o‘rni o‘ta salmoqlidir. U talantli lirik shoir, iste’dodli tarjimon, zabardast tarixchi sifatida boy meros qoldirgan. Shu o‘rinda A.Hojiahmedov “ ... Muhammad Rizo Ogahiy she’r ilmini mukammal egallagan va uni asarlariga tatbq etib, g‘oyaviy va badiiiy jihatdan betakror va bezavol obidalar yaratgan daho ijodkor edi” – deb yozadi. Ogahiy 1) orginal (lirik va epik), 2) tarjima (asosan sharq adabiyoti asarlari), 3) tarixnavislik yo‘nalishlarida ijod qilgan va o‘ziga xos maktab yaratgan. Alisher Navoiydan keyin o‘zbek adabiyoti tarixida ijodining ko‘lamdorligi jihatdan birorta adib Ogahiy bilan bellasha olmaydi. U yigirma ming misradan ortiq she’rlar, olti tarixiy asar, o‘n to‘qqiz tarjima asar qoldirgan. Shoirning ismi Muhammad Rizo bo‘lib, “Ogahiy” uning adabiy taxallusidir. “Ogahiy” “ogoh” so‘zidan olingan bo‘lib, ziyrak, har bir narsadan xabardor ma’nolarini anglatadi. Download 70.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling