Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana16.02.2017
Hajmi0.66 Mb.
#577
1   2   3   4   5   6   7

O‘zbekiston 

68 


65 

69 


        Manba: World Population,Data SHeet.Population Reference Bureau, 2013 

 


Dunyoda hozirgi kunda aholining o‘lim darajasi pasayish tendensiyasiga ega 

bo‘lmoqda.  Butun  dunyo  bo‘yicha  u,  2013  yilda  8  promillegacha  pasaydi  (jadval 

1.1.4).  

2000  yilda  bu  ko‘rsatkich  9  promillega  teng  edi.  Binobarin,  dunyo 

aholisining  o‘rtacha  umr  ko‘rish  darajasi  erkaklarda  65  yoshgacha,  ayollarda  69 

yoshdan  73  yoshgacha  oshdi.

1

  Bu  dunyo  aholisi  turmush  darajasining  oshib 



borayotganlini ko‘rsatdi. 

Xuddi shunday vaziyat O‘zbekistonda ham yuz bermoqda. Keyingi 20 yilda 

aholi  o‘limi  6,2  promilledan  4,6  promillegacha  pasaydi.  Ayniqsa,  aholining  eng 

kam  ta’minlangan  ijtimoiy  demografik  guruhlarida  ijobiy  siljishlar  yuz  berdi. 

Hozirgi paytda O‘zbekistonda onalar o‘limi darajasi Markaziy Osiyo mamlakatlari 

ichida eng past ko‘rsatkichga egadir. 

Aholi  o‘limining  kamayib  borishi  hozirgi  kunda  O‘zbekistonda  eng  muhim 

ijtimoiy  -  demografik  ijobiy  o‘zgarish  hisoblanadi.  Uning  darajasi  nafaqat 

demografik  vaziyatni  holatini,  balki  davlatning  ijtimoiy  iqtisodiy  rivojlanishi  va 

uning  fuqarolarining  sog‘lig‘i  holatini  belgilab  beradi.  Transformatsiya  davrining 

murakkab  sharoitlariga  qaramasdan,  respublikada  o‘lim  darajasining  izchil 

kamayib  borishi  va  aholi  o‘rtacha  umr  ko‘rish  darajasining  oshib  borishi 

kuzatilmoqda.  Go‘daklar,  bolalar  va  onalar  o‘limining  kamayib  borayotganligi 

Harakat  dasturida  tanlangan  milliy  darajadagi  faoliyatning  ustivor  yo‘nalishi 

hisoblanadi.  O‘zbekistonda  u  ijtimoiy  siyosatning  asosiy  ustivorligi  hisoblanib, 

yuqoridagi  ko‘rsatkichlar  2-3  barobar  qisqargan.  SHu  bilan  birgalikda 

Respublikada aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasi oshib bormoqda (keyingi 20 

yilda  u  3,6  yoshga  ko‘paydi).  Salomatlik,  tibbiy  xizmat,  reproduktiv  salomatlik 

masalalari  mahalliy  o‘zini  boshqarish  organlaridan  tortib,  davlat  organlarining 

hamda sog‘liqni saqlash muassasalarining doimiy nazoratidadir. 

Qohira anjumanida qabul qilingan  Harakat dasturi 2000  yildagi Ming  yillik 

Sammitida ishlab chiqilgan Global Rivojlanish Maqsadlarining asosi bo‘lib xizmat 

qildi.  Unga  muvofiq  dunyo  mamlakatlarida  aholi  rivojlanishining  milliy 

                                                

1

 World Population,Data Sheet.Population Reference Bureau, 2013. 



xususiyatlari  hisobga  olingan  o‘z  strategiyalari  ishlab  chiqildi.  O‘zbekiston  Ming 

yillik Deklaratsiyasini imzolab, Milliy Ming yillik Rivojlanish maqsadlarini ishlab 

chiqdi,  unda  iqtisodiy  o‘sishni  jadallashtirish  uchun  zarur  bo‘lgan,  sifat  jihatdan 

rivojlanish asosiy ustivorlik kasb etdi: 



 

Jadval – 1.1.4 

Dunyo mamlakatlarida aholi o‘limi darajasi (2013) 

Mamlakatlar 

O‘limning umumiy 

koeffitsenti promilda 

Go‘daklar 

 o‘limi * 

Onalar o‘limi 

(2010y) 


Dunyo bo‘yicha 

40 



400 

Rivojlangan mamlakatlar 

10 



11 



Kam rivojlangan 

mamlakatlar 

44 


450 

Eng qoloq mamlakatlar 

10 

66 


870 

G‘arbiy Evropa 

10 

4,2 


AQSH 


5,9 


11 

Qanada 


4,9 


Afrika 


10 

68 


820 

Osiyo (Xitoydan tashqari) 

40 


320 

YAponiya 

2,2 


26 

Xitoy 


16 


45 

Rassiya 


11 

7,4 


28 

Qozog‘iston 

28 


140 

Qirg‘iziston 

27 


150 

O‘zbekiston 

46 



24 

Manba: World Population,Data SHeet.Population Reference Bureau, 2013 

*Xalqaro metodika bo‘yicha hisoblangan 

 

- kam ta’minlanganlar va ovqatida kamchilik bo‘lganlar sonini kamaytirish; 



-  boshlang‘ich va o‘rta maktablarda ta’lim sifatini oshirish; 

-  ayollar  va  erkaklar  tengligini  rag‘batlantirish  va  ayollarning  huquqlari  va 

imkoniyatlarini kengaytirish; 

- bolalar o‘limini kamaytirish; 

- onalar sog‘lig‘ini yaxshilash; 

- OITS, sil  va malyariyaga qarshi kurash; 

- ekologik barqarorlikni ta’minlash; 

- O‘zbekistonning rivojlanish maqsadlaridagi global sherikchiligi. 

            O‘zbekistonda 

aholi 


rivojlanishi 

bo‘yicha 

yuqorida 

ko‘rsatilgan 

maqsadlarga  erishishga  katta  e’tibor  qaratilmoqda.  “Aholi  farovonligini 


oshirishning  2005-2010  yillarga  bo‘lgan  strategiyasi”  ishlab  chiqildi  va  amalga 

oshirildi. Bu esa hozirda o‘z natijalarini namoyon qilmoqda. 2001 yilda kabag‘allik 

darajasi 27,5% ni tashkil qilardi, u hozirgi kunda yildan-yilga pasayib bormoqda. 

          Demografik  rivojlanishning  yangi  tendensiyalari  respublikadagi  demografik 

vaziyatga  ijobiy  o‘zgarishlar  kiritdi.  Eng  muhim  ijobiy  natijalardan  quyidagilarni 

ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq bo‘ladi: 

-

 

ona  va  bola  sog‘lig‘i  nuqtai  nazaridan:  tug‘ilishlar  o‘rtasidagi  oraliqlar 



oshdi.  Hozirgi  paytda  tug‘ilishning  90  foizi  3  yillik  va  undan  oshiq 

oraliqlar  bilan  amalga  oshmoqda.  Natijada  onalar  sog‘lig‘ini  tiklash  va 

ularning  yosh  bolalarini  tarbiyalash  imkoniyatlari  oshirildi,  onalar  va 

go‘daklar o‘limi darajasi qisqardi; 

-

 

iqtisodiy  nuqtai  nazardan:  mehnatga  yaroqli  aholiga  bo‘lgan  demografik 



yuklama  qisqardi.  Hisob-kitoblarga  ko‘ra,  faqat  oxirgi  15  yil  ichida 

mehnatga  yaroqli  yoshdagi  har  1000  aholi  hisobiga  demografik  yuklama 

1037  dan  619  gacha  kamaydi,  shu  jumladan  bolalar  yuklamasi  –  853  dan 

488 gacha kamaydi.

2

  

-



 

aholi yosh tarkibini yaxshilash jihatidan, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 

mamlakat  butun  aholisi  umumiy  sonidagi  ulushi  muntazam  qisqarib 

bormoqda (1991 yildagi 43,1% dan 2013 yildagi 30,1% gacha), mehnatga 

yaroqli  yoshdagi  aholi  ulushi  esa  ko‘payib  bormoqda  (20  yil  ichida  45% 

dan  61,7%  gacha)

3

.  Bunday  tarkibiy  o‘zgarishlar  iqtisodiy  o‘sishga, 



aholining iqtisodiy faolligi va turmush darajasi oshishiga olib keladi. 

            Binobarin,  O‘zbekistondagi  hozirgi  demografik  vaziyat  barqaror  ijobiy 

tendensiya  mohiyatiga  ega  bo‘lib,  kelajakda  aholi  takror  barpo  bo‘lishiga  asos 

hisoblanadi.  Hozirgi  paytda  O‘zbekistonda  aholi  takror  barpo  bo‘lishining 

zamonaviy yoki oqilona turi vujudga keldi. Bunday aholi takror barpo bo‘lish turi 

dunyoda “ishlab chiqaruvchi kuchlarning kuchli  rivojlanishi, agrar iqtisodiyotning 

industrial  iqtisodiyotga  aylanishi  bilan  paydo  bo‘ldi.  Bu  rivojlanish  demografik 

                                                

2

 Ўзбекистон аҳолиси. 2013, Ўзбеистон Республикаси Давлат Статистика Қўмитаси. Тошкент, 2013.101 б.



 

3

 Ўша жойда, 103 б.



 

rivojlanishning  yangi  sharoitlari  uchun  moddiy  asos  yaratib  beradi  va  demografik 

mexanizmni shunga muvofiq rivojlanishini talab qildi”.

4

  

          Hozirgi dunyoda demografik rivojlanishning ahvoli ijtimoiy barqarorlikning 



muhim  omili  hisoblanadi.  Bunga  ko‘pchilik  mamlakatlarda  aholining  keskin 

muammolari  va  demografik  inqirozning  chuqurlashuvi  natijasida  ijtimoiy 

barqarorlikning  zaiflashuvi  misol  bo‘lib  xizmat  qiladi.  SHuning  uchun  ham 

“demografik xavfsizlik” degan tushuncha tobora ilmiy sohada ko‘p ishlatilmoqda. 

Mamlakatda  demografik  xavfsizlikning  holati  uni  mustahkamlashi  (yoki 

zaiflashtiruvi) mumkin, demografik vaziyat davlat va uning fuqarolari iqtisodiy va 

ijtimoiy  manfaatlariga  mos  kelishi  kerak  bo‘ladi.  SHundan  kelib  chiqqan  holda, 

oilalar,  jamiyat  va  davlatning  manfaatlarini  uyg‘unlashtiruvchi  qulay  demografik 

vaziyatga erishish har bir mamlakatning milliy demografik manfaati hisoblanadi. 

        Keyingi ikki o‘n yillikda aholi rivojlanishi holati va dinamikasini tadqiq qilish 

natijalarini 

umumlashtirgan 

holda, 

shunday 


xulosa 

qilish 


mumkinki, 

O‘zbekistondagi hozirgi demografik vaziyat ijobiy tendensiyaga ega bo‘lgan ancha 

barqaror mohiyatga egadir. Uni demografik xavfsizlik nuqtai nazaridan baholashda 

aytish  mumkinki,  hozirgi  paytda  O‘zbekistondagi  demografik  vaziyat  anchagina 

qulay  ko‘rinishga  ega.  Buni  tug‘ilishning  optimallashgani,  aholi  yosh  tarkibining 

yaxshilangani,  o‘lim  darajasining,  shu  jumladan  bolalar  va  onalar  o‘limining 

qisqargani,  migratsiya  salbiy  ko‘rsatkichining  pasayganligi  yaqqol  namoyon 

qilmoqda. Vaholanki, 20 yil avval bu ko‘rsatkichlar ancha muammoli holatda edi. 

Respublikadagi  demografik  vaziyatning  barqarorligini  tug‘ilganlar  va  o‘lganlar 

soni  o‘rtasidagi  optimal  nisbat  ham  isbotlaydi.  Bunday  vaziyat  iqtisodiy  va 

ijtimoiy  munosabatlarning  transformatsiyasi  tizimi  ta’sirida  va  aholi  demografik 

xulq-atvorining o‘zgarishi natijasida yuzaga kelgandir. 

         Ammo  bir  qancha  muammolar  ham  mavjuddir:  rivojlangan  mamlakatlarga 

nisbatan  go‘daklar  o‘limi  darajasi,  reproduktiv  salomatlik,  aholiga  tibbiy  xizmat 

ko‘rsatish, sabablarini  yo‘qotish  mumkin bo‘lgan   o‘lim, shu jumladan,  mehnatga 

yaroqli  yoshdagi  aholi  o‘limi  kabilarda  erishilgan  natijalarga  qaramasdan,  yuqori 

                                                

4

 



Вишневский А.Г. Избранные демографические труды.Том I.М. Наука, 2005,41 б.

 


hisoblanadi. Aholining sifati  va turmush sifati, sog‘lig‘i, shahar  va qishloq aholisi 

davolanishining  va  dori-darmonlarning  zamonaviy  turlariga  erishishda  ijtimoiy 

xizmatlar va ta’lim sifatidagi kamchiliklar mavjuddir. 

       Ammo respublikada amalga oshirilgan katta ishlar ijobiy holatiga qaramasdan, 

aholi  sog‘lig‘i  sohasida  bir  qator  muammolar  mavjuddir,  shuning  uchun  ham 

demografik vaziyatni yaxshilash, hamda Mingyillik strategiyasidan kelib chiquvchi 

maqsadlarga  erishish  uchun  ko‘pgina  ishlarni  amalga  oshirish  zarur  bo‘ladi. 

Bundan  tashqari,  O‘zbekiston  aholisining  bir  qismi  ekologik  jihatdan  noqulay 

hududlarda  joylashgandir.  Birinchi  navbatda,  bu  -  3  mln.  dan  oshiq  aholi 

yashaydigan  Quyi  Amudaryo  mintaqasiga  taalluqli  bo‘lib,  u  erda  aholining 

sog‘lig‘iga tashqi omillarning salbiy ta’siri kuchlidir. 

         Aholining  mehnat  migratsiyasi  sohasida  ham    bir  qancha  muammolar 

mavjuddir.  Bu  jarayonlarda  asosan  aholining  yoshi  va  o‘rta  yoshdagi  qatlamlari 

qatnashadilar. Ko‘pchilik migrantlar oilali hisoblanadi. Oilalarda bir yoki bir necha 

a’zolarining uzoq vaqt uyida bo‘lmasligi oila munosabatlari buzilishiga olib keladi. 

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, ularning 35 - 40% o‘z oilalari bilan kam muloqatda 

bo‘ladilar,  10  -  15%  umuman  muloqat  qilmaydilar,  25%  esa  uzoq  vaqt  uyda 

bo‘lmaslik  -  oilaviy  muammolar  keltirib  chiqaradi  deb  hisoblaydilar.  Ommaviy 

mehnat  migratsiyasi aholining  oilaviy  tarkibiga,  ma’lum  ma’noda esa aholi takror 

barpo  bo‘lishiga,  hamda  migrantlarning  salomatligiga  ta’sir  ko‘rsatadi,  bular 

barchasi davlat idoralari tomonidan ushbu muhim ijtimoiy-demografik muammoga 

etiborni kuchaytirishni talab qiladi. 

 

Ushbu  barcha  muammolar  davlat  va  mahalliy  idoralar  tomonidan  e’tiborni 



kuchaytirishni  va  inson  kapitali  rivojlanishiga  mablag‘larni  ko‘paytirishni  talab 

qiladi.  Respublika  uchun  ustivor  bo‘lgan  ushbu  muammolarga  O‘zbekiston 

Prezidenti I.A.Karimov ham “Sog‘lom bola yili” davlat dasturida e’tiborni qaratib 

o‘tgandilar.  SHundan  kelib  chiqqan  holda,  davlat  va  mahalliy  darajalarda  aholi 

sifat  rivojlanishiga  yordam  beruvchi  faoliyat  yo‘nalishlarini  kuchaytirish  zarur 

bo‘ladi.  Etakchi  demograflar  fikriga  ko‘ra  demografik  siyosat  nafligi  nuqtai 

nazardan  samarali  bo‘lishi  uchun,  davlat  bu  siyosatni  o‘tkazganida,  hamda  unga 


ketgan  harakatlar  o‘zini  oqlashi  uchun,  bu  siyosat  global  optimumga  ya’ni 

maksimum  umumiy  ijtimoiy  natijani  berishi  kerak.  Bunday  optimum  demografik 

maqsadni  jamiyat  oldida  turgan  ko‘pgina  maqsadlardan  biri  sifatida  qarashi,  va 

nafaqat maqsadlarga erishishga qaratilishi, balki mavjud mablag‘larni ham hisobga 

olishi zarur.

5

 



 

Xalqaro  Qoxira  Anjumani  tomonidan  qabul  qilingan  yigirma  yillik  harakat 

dasturining 2014-yilga kelib muddati tugadi. Hozirgi kunda dunyo mamlakatlarida 

uning  natijalarini  baholash  yuzasidan  anjuman  yakunlari  muhokama  qilinmoqda. 

Xalqaro  darajada  yangi  demografik  tendensiyalarning  global  mohiyatga  ega 

ekanligi  borasida,  tug‘ilish,  o‘lim,  migratsiya  urbanizatsya  va  aholi  qarib  borishi 

sohasidagi 

o‘zgarishlar 

bo‘yicha 

xulosalar 

chiqarilib, 

demografiyadagi 

o‘zgarishlarning  ijtimoiy-iqtisodiy,  ekologik  va  siyosiy  sohalardagi  o‘zgarishlar 

bilan  bog‘liqligiga  e’tibor  qaratish  zarurligi  gapirilmoqda.  Evropa  Iqtisodiy 

Komissiyasi,  BMT  va  YUNFPA  tomonidan  Jenevada  (2013  yil  1  –  2  iyul)  katta 

xalqaro Anjuman o‘tkazilib, unda Evropa Iqtisodiy Komissiyasi tomonidan Qoxira 

anjumanining  qarorlarining  bajarilishi  bo‘yicha  45  ta  mamlakatda  o‘tkazilgan 

so‘rovnomaning natijalari muhokama qilindi. 

 

Jahon  aholisi  rivojlanishida  yuz  berayotgan  ijobiy  o‘zgarishlarga  e’tibor 



qaratildi,  va  shu  bilan  birgalikda  dastur  tomonidan  belgilangan  hamma  vazifalar 

ham bajarilmaganligi qayd qilindi. 

 

Dunyo  aholisi  tez  qarib  bormoqda,  BMT  ekspertlarining  hisob  kitobiga 



ko‘ra 65 yoshdan katta bo‘lgan aholi ulushi 2004 yilda 7% ni tashkil qilgan bo‘lsa, 

2008  yilda  u  8%  gacha  ko‘tarildi,  keyinchalik  u,  shu  darajada    saqlanib  turibdi, 

lekin  kata  yoshli  aholining  mutloq  soni  oshib  bormoqda,  ularning  soni  har  yili 

2,6%  ga  oshmoqda,  bu  esa  dunyo  aholisining  o‘sish  sur’atlaridan  2,2  barobar 

yuqoridir. Ayniqsa, YAponiyada va Evropa mamlakatlarida demografik qarishning 

yuqori ko‘rsatkichlari namoyon bo‘lmoqda (jadval 1.1.6). 



Jadval – 1.1.6 

                                                

5

 Вишневский А. Г. Избранные демографические труды. Том.1. М., Наука, 2005



 

Dunyo mamlakatlari aholisining yosh tarkibida bolalar va qariyalarning 

ulushi  (2013 yil),%da 

Mamlakatlar 

0-14 yosh 

65 yosh va undan 

kattalar 

Dunyo bo‘yicha 

26 



Rivojlangan mamlakatlar 



16 

17 


Kam rivojlangan mamlakatlar 

29 


Eng qoloq mamlakatlar 

41 



G‘arbiy Evropa 



16 

18 


AQSH 

19 


14 

Qanada 


16 

15 


Afrika 

41 


Osiyo (Xitoydan tashqari) 

29 



YAponiya 



13 

25 


Xitoy 

16 


Rassiya 


16 

13 


Qozog‘iston 

25 


Qirg‘iziston 

31 



O‘zbekiston 



29 

Manba: World Population, Data SHeet.Population Reference Bureau, 2013 



 

Aholining  qarib  borishi  uning  rivojlanishida  salbiy  tendensiyadir,  chunki 

mehnatga yaroqli aholiga iqtisodiy yuklamani ko‘paytiradi va ijtimoiy-iqtisodiy va 

demografik  jihatdan  ko‘pgina  muammolarni  keltirib  chiqaradi.  Hozirgi  paytda 

demografik  qarib  borish  ma’lum  ma’noda  O‘zbekiston  aholisiga  ham  taalluqli 

bo‘lmoqda, lekin bu jarayon unchalik sezilarli bo‘lmayapti, ya’ni jarayon tarkibida 

yosh  bolalar  va  o‘smirlarning  kamayishi  (“pastdan  qarish”)  bilan  yuz  bermoqda. 

Respublika  aholisining  o‘rtacha  yoshi  2013  yilda  27,8  yoshni  tashkil  qilganligi 

Xalqaro  klassifikatsiyaga  ko‘ra  mamlakat  axolisi  yosh  avlod  deb  xisolanadi.

6

 



Ammo,  tug‘ilish  kamayishi  tendensiyasining  yanada  davom  etishi,  albatta,  aholi 

qarib  borishi  jarayonini  kuchaytiradi.    SHu  munosabat  bilan  respublikada 

jamiyatning  mehnatga  yaroqligini,  mehnat  yoshidagi  aholining  mehnat  faoliyati 

davomiyligini  va  sog‘lig‘ini  saqlab  turish  maqsadida  demografik    siyosatni 

kuchaytirish zarur bo‘ladi.  

                                                

6

 Население Узбекистана 2013. Статистический сборник. Госкомитета Республики Узбекистан по статистике. 



Ташкент,2013. 

 

Jahon  hamjamiyatining  aholini  rivojlantirish  sohasidagi  keyingi  faoliyati 

yo‘nalishini aniqlash uchun 2014 yil 22-sentyabrda BMT Bosh Assombleyasining 

maxsus sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda aholishunoslik bo‘yicha Xalqaro Anjumanning 

harakat  Dasturini  2014  yildan  keyin  amalga  oshirish    borasida  muzokara  bo‘ldi. 

Sessiyaning  65/234  rezolyusiyasi  bilan  yigirma  yillik  harakat  Dasturini  2014 

yildan keyin ham davom qildirishga qaror qilindi. 

 

1.2. O‘zbekistonda oila, nikohlar va ajralishlar 

Aholining nikoh va oila tarkibi. Aholining nikohda turish tarkibi-aholining 

jinsiy va yosh guruhlarining nikohda turish holati bo‘yicha taqsimlanishi. Nikoxda 

turishi  asosan  yosh  guruhlari  bo‘yicha  o‘rganilganligi  uchun  ham  ko‘p 

adabiyotlarda aholining «nikoh-yosh tarkibi» ham deyiladi. Aholining nikoh holati 

bo‘yicha  asosiy  manba  aholi  ro‘yhati  ma’lumotlari  hisoblanadi.  Aholi  ro‘yhati 

o‘tkazilayotganda  aholi  nikohda  turuvchilar  va  nikohda  turmaydiganlar  guruhiga 

ajratib ro‘yhatga olinadi. Nikohda turmaydiganlar guruhiga bo‘ydoqlar, bevalar va 

ajralganlar kiradi. 

Aholining  nikohda  turishi  aholi  takror  barpo  bo‘lishi  va  oilalar 

shakllanishida asosiy demografik omil sifatida ahamiyatlidir. 

Aholi  tabiiy  o‘sishining  yuqori  ko‘rsatkichlarga  ega  bo‘lishi  aholi  o‘rtasida 

nikohga  kirish  darajasining  yuqoriligi,  nikohlarning  mustahkamligi,  katta 

oilalarning keng tarqalganligi sababli kelib chiqadi. 

O‘zbekistonda  nikohlar  va  oilalarning  rivojlanish  xususiyatlarini  respublika 

va uning Quyi Amudaryo mintaqasi misolida tahlil qilish natijalarida quyidagilarni 

qayd qilish mumkin bo‘ldi. 

Nikohdagi  aholining  soni  ular  amal  qiladigan  an’analarga  (nikohga  kichik 

yoshda  yoki  kattarok  yoshlarda  kirishish)  va  aholining  jins-yosh  tarkibiga 

bog‘liqdir.  1960-1990  yillar  davomida  olib  borilgan  maxsus  tadqiqotlar  nikohga 

kiruvchilarning 

yasharib 

borayotganligini 

ko‘rsatgan 

edi. 


O‘rta 

Osiyo 


respublikalarida 

ilgari 


nikohga 

kiruvchilar 

ittifoqning 

Evropa 


qismida 

yashaydiganlarga  nisbatan  kichikroq  yoshda  bo‘lgan  bo‘lsalar,  80  yillarga  kelib 



qizlar  kechroq  turmushga  chiqadigan  bo‘ldilar.  Bu,  nikohga  yoshroq  kirish 

an’analarining  tugab  borayotganligini  va  ayollar  ma’lumotlilik  darajasi  oshib 

borayotganligi bilan izohlanar edi. 

Bu aytib o‘tilgan jarayon 80-yillar oxirlarida Quyi Amudaryo hududida ham 

kuzatildi.  Agar,  qizlar  ilgari  ko‘proq  20  yoshgacha  bo‘lgan  davrda  turmushga 

chiqqan  bo‘lsalar,  bu  davrga  kelib  20  yoshdan  29  yoshgacha  bo‘lgan  davrda 

turmushga  chiqadigan buldilar.

7

  



SHuni  aytib  o‘tish  kerakki,  nikohdagi  erkaklar  hissasi  nikohdagi  ayollar 

hissasiga nisbatan ko‘pdir, chunki ajrashgan erkak odatda ikkinchi marta uylanadi, 

turmushi  buzilgan  ayollar  esa  ko‘pchilik  hollarda  ikkinchi  marta  turmushga 

chiqmaslikni ma’qul ko‘rganlar. 

Quyi 

Amudaryo 



mintaqasida 

nikohdagilarning 

hissasi 

butun 


O‘zbekistondagi  shunday  ko‘rsatkichga  nisbatan  yuqori  bo‘lishi  ayollarning  yosh 

tarkibi bilan bog‘liqdir,  vaholanki aholi  tabiiy o‘sishining  yuqori bo‘lishi  yoshroq 

va o‘rta yoshdagilar hissasi ko‘proq bo‘lishiga olib keladi. 

Biz  tahlil  qilayotgan  davrda  aholining  yosh-jins  tarkibidan  kelib  chiqqan 

holda  O‘zbekistonda  ham,  Quyi  Amudaryo  mintaqasida  ham  aholining  nikoh 

holati  o‘zgarib  turgan.  60  yillar  o‘rtalarida  va  70  yillar  boshlarida  nikoh  yoshiga 

urush  yillarida  va  urushdan  keyingi  dastlabki  yillarda  tug‘ilgan  kam  sonli  aholi 

qatlami  kirib  keldi.  SHuning  uchun  ham  nikohga  kirish  koeffitsienti

8

  past  bo‘ldi. 



70  yillar  oxiri  –  80  yillar  boshlarida  nikohga  kirish  koeffitsientining  oshishi 

tug‘ilish darajasi yuqori bo‘lgan 50 - yillar oxiri va 60 - yillar boshida tug‘ilganlar 

nikoh yoshiga kirib kelishi bilan bog‘liqdir. 

Quyi  Amudaryo  mintaqasida  nikohlar  va  oilalarning  o‘ziga  xos 

xususiyatlaridan  biri  aralash  nikohlarning  ko‘payishi  bo‘ldi.  Aralash  nikohlarning 

ko‘pchilik  qismi  maxalliy  aholi  (o‘zbeklar,  qoraqalpoqlar,  qozoqlar,  turkmanlar) 

o‘rtasida  qayd  kilingan.  Bunga  birgalikda  ishlash,  o‘qish  va  boshka  munosabat 

                                                

7

 Садуллаев А. Қуйи Амударё минтақасининг демографик ривожланиши. Монография. Урганч 2014. 37 б.  



8

  Никоҳга  кириш  коэффициенти,  ҳар  1000  киши  аҳолига  нисбатан  никоҳга  кирганларнинг  сони  билан 

аниқланади.

 


jarayonlari  sabab  bo‘ladi.  Aralash  nikohlar  ayniqsa,  milliy  tarkibi  juda  xilma-xil 

bo‘lgan Qoraqalpog‘istonda juda ko‘p bo‘lgan. 

Nikoh  oila  munosabatlarining  aholi  tabiiy  o‘sishiga  ijobiy  ta’siri  ularning 

mustahkamligi  bilan  izohlanadi.  Oilalarning  ajrashishi  Quyi  Amudaryo 

mintaqasida shahar aholisi uchun ham, qishloq aholisi uchun ham juda kamsonligi 

bilan  ajralib  turadi.  Bunga  mahalliy  millatlarda  saqlanib  kelayotgan  an’analar  va 

urf-odatlar  sabab  bo‘lib,  nikohdan  ajrashish  odatda  do‘stlar,  birga  ishlaydiganlar, 

qarindoshlar  tomonidan  qo‘llab-quvvatlanmaydi.  Mintaqa  aholisida  oilalarning 

ajrashishi darajasi O‘zbekistonda eng past ko‘rsatkichlardan hisoblangan. 

Ammo, bu erda ham 70-yillarda oilalarda ajrashish ko‘rsatkichlarining oshib 

borishi  kuzatildi.  SHunga  qaramasdan,  ajrashish  koeffitsienti  butun  Ittifoq 

ko‘rsatkichlariga  nisbatan  (3,4  promille)  O‘zbekistonda  2,5  marta  past  bo‘lsa, 

Xorazmda 6 marta, Qoraqalpog‘istonda esa 7 barobar past bo‘lgan.

9

 



SHaharlarda qishloq joylariga nisbatan ajrashishlar ko‘p kuzatiladi. Masalan, 

shahar  aholisi  oilalarida  ajrashish  koeffitsienti  Qoraqalpog‘istonda  1985  yilda 

qishloq aholisi ko‘rsatkichlaridan 2,5 barobar, Xorazm viloyatida 4 barobar, butun 

O‘zbekistonda esa 3,5 barobar yuqori edi. 

Ajrashishlarni  ajraluvchilarning  yoshlari  bo‘yicha  va  nikohlarining 

qanchalik  davom  etganligi  (muddati)  bo‘yicha  tahlil  qilish  qiziq  xulosalarga  olib 

keladi.  O‘zbekiston  aholisida  ajrashgan  oilalar  uchun  quyidagi  xususiyatlar  xos 

edi: a) erkaklar ko‘pincha (hamma ajrashgan erkaklarning 54 foiz) 25-34 yoshlarda 

ajrashadilar; b) ayollarning eng ko‘p ajrashishi 20-29  yoshlarga (57,1  foiz) to‘g‘ri 

keladi;  v)  ajrashgan  oilalar  ko‘pchiligining  nikoh  muddati  2-4  yilgacha  bo‘lgan 

(hamma ajrashganlarning 35,3 foiz). 

Biz  tahlil  qilayotgan  mintaqada  oilalarning  ajrashish  ko‘rsatkichlari  ham 

xuddi  shunday  tarzda  bo‘lgan.  Masalan,  Qoraqalpog‘istonda  ajrashgan 

erkaklarning  57,4  foizi  25-34  yoshlarda,  ayollarning  59,6  foizi    20-29  yoshlarda 

bo‘lgan.  Ko‘pgina  ajrashishlarda  nikoh  muddati  2-4  yil  (33,0  foiz)  davom  etgan. 

                                                

9

 Садуллаев А. Қуйи Амударё минтақасининг демографик ривожланиши. Монография. Урганч 2014. 39 б. 



Xorazm  viloyatida  ham  ko‘pincha  shu  yoshlarda  va  shunday  muddatli  nikohlar 

ajrashadilar (mos ravishda, 53,1 foiz, 56,0 foiz va 31,4 foiz)

10



SHahar  va  qishloq  joylarida  ajrashishlar  yoshlari  bo‘yicha  ham,  nikoh 



muddati bo‘yicha ham bir-biridan farq qilmaydi. 

Erkaklar  va  ayollar  ajrashishlarida  ko‘prok  to‘g‘ri  keladigan  yoshlarning 

farq  qilishi  nikohga  kirish  yoshlari  turlicha  bo‘lishidan  kelib  chiqadi.  Xususan, 

erkaklar ayollarga nisbatan 4-5 yosh kattaroq yoshda nikoh quradilar. 

Endi  Quyi  Amudaryo  mintaqasi  sharoitida  ajrashishlarning  sabablarini  va 

omillarini  tahlil  qilish  natijalarini  keltiramiz

11

.    Quyi  Amudaryo  mintaqasi 



aholisining  ajrashish  jarayonlariga  ta’sir  ko‘rsatadigan  omillar  o‘ziga  xos 

xususiyatlarga  ega,  chunki  bu  jarayon  etnografik  xususiyatlar,  mahalliy  aholi 

tomonidan  rioya  kilinadigan  urf-odatlar,  an’analar  bilan  chambarchas  bog‘liqdir. 

Ajrashishlarning  asosiy  sababi    kelin  va  qaynona  o‘rtasidagi  kelishmovchilik 

hisoblanadi, chunki ko‘pchilik oilalar aralash tarkibdagi oilalar bo‘lib,  yosh kelin-

kuyovlar kuyovning ota-onalari bilan birga yashaydilar. 

Ajrashishlarga  sabab  bo‘ladigan,  ahamiyati  bo‘yicha  ikkinchi  omil  er-xotin 

o‘rtasidagi  f’el-atvorlari  to‘g‘ri  kelmasligidan  kelib  chiqadigan  janjallar 

hisoblangan,  chunki  ko‘pchilik  oilalar  sevgi-muxabbat  asosida  emas,  balki  ota-

onalarining  istagi  bilan  qurilgan.  Erlarining  aroqxo‘r  bo‘lishi  va  oilada 

farzandlarning bo‘lmasligi ajrashishlar uchun keyingi sabablar hisoblangan. 

Quyi  Amudaryo  mintaqasida  80-  yillarda  aholi  o‘rtasida  ajrashishlar 

koeffitsientining  biroz  oshishi  ayollarning  bandligi  oshib  borayotganligi  bilan 

izohlangan.  Binobarin,  bu  yuqori  ma’lumot  olish,  kasbga  ega  bo‘lish,  iqtisodiy 

mustaqil  bo‘lish,  dunyoqarashi,  muomala  va  qiziqishlar  doirasi  kengayishi,  eriga 

nisbatan  talabchanligi  oshishi  bilan  bog‘liq  bo‘lib,      ajrashishda  asosiy  tashabbus 

ayollardan chikishiga olib keladi. 

Quyi  Amudaryo  mintaqasida  oilalar  tarkibi  ham  o‘ziga  xos  xususiyatlarga 

ega.  Oila  jamiyatning  eng  muxim  bo‘g‘ini  sifatida    qator  murakkab  biologik, 

                                                

10

 Ўша жойда, 41 б. 



11

  Садуллаев А. Қуйи Амударё минтақасининг демографик ривожланиши. Монография. Урганч 2014. 39 б. 



demografik va iqtisodiy vazifalarni bajaradi. Ammo, oilaning asosiy vazifasi yangi 

avlodni  bunyod  qilishdir.  Quyi  Amudaryo  mintaqasida  ko‘p  bolalik  an’analari 

mavjudligi tufayli oilalar ko‘p sonli bo‘lib, kattaligi bo‘yicha ittifoqda eng oldinda 

hisoblangan.  Agar,  ittifoq  bo‘yicha  oilalar  kattaligi  o‘rtacha  3,5  kishi  bo‘lsa,

12

  

O‘zbekistonda  u  ancha  kattarok  –  5,5  kishi,  Qoraqalpog‘iston  va  Xorazm 



viloyatida  esa  umumrespublika  ko‘rsatkichlaridan  ham  yuqori  edi  (mos  ravishda, 

6,6 va 6,9 kishi). Qishloq joylarida oilalar kattaligi shaharga nisbatan yuqoridir. Bu 

aralash  tarkibdagi  oilalarning  (er-xotin,  bolalari,  kelinlari,  nevaralari  birga 

yashaydigan) ko‘pligi bilan izohlanadi. 

Xorazm 

viloyatida 



qishloq 

oilasining 

kattaligi 

–  7,4  kishiga,  

Qoraqalpog‘istonda  –  7,1  kishiga  teng  bo‘lgan.  Bu  ko‘rsatkichlar  o‘rtacha 

respublika  ko‘rsatkichidan  (6,2  kishi)    biroz  yuqorirok  bo‘lsada,  o‘rtacha  ittifoq 

ko‘rsatkichidan (3,7) ikki barobar katta bo‘lgan.

13

 



SHahar  va  qishloq  joylarida  oilalarning  kattaligida  farqlarning  mavjudligi 

Xorazm  viloyatida  ayniqsa,  yaqqol  ko‘rinardi.  Bu  erda  shahar  oilalari  qishloq 

joylaridagi oilalarga nisbatan 1,5 barobarga kichik bo‘lgan. Qoraqalpog‘istonda bu 

farq  0,9  ni  tashkil  kilgan.  Binobarin,  avtonom  respublika  shahar  oilalarining 

kattaligi ittifoqda eng kattalardan hisoblangan.  

Katta  oilalarning  ko‘pligi  ularning  tarkibiga  bog‘liqdir.  Masalan,  butun 

ittifok  bo‘yicha  2-3  kishidan  iborat  oilalar  katta  hissaga  ega  bulgan.  Quyi 

Amudaryo  mintaqasida  esa,  xuddi  butun  O‘zbekistondagidek  bunday  kichik 

oilalarning  hissasi juda kam edi, bu erlarda katta oilalar –  7  va  undan ortiq a’zosi 

bo‘lgan 


oilalar 

ko‘pchilikni 

tashkil 

kilgan


Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling