Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti
O‘zbekistonda va Quyi Amudaryo mintaqasida 1991-2013 yillarda
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.1.3-jadval
- 2.1.4-jadval. Xorazm viloyati qishloq tumanlarida demografik jarayonlar ko‘rsatkichlarining farqlari, 2011 yil (promilleda)
- Turmush darajasi
- Atrof-muhitning holati
- Sog‘liqni saqlash tizimi rivojlanganligi
- Aholining sanitar-gigienik madaniyati
- 2.2.1-jadval. O‘zbekistonda va Xorazm viloyatida 1991-2013 yillarda aholi o‘limi darajasining o‘zgarishi dinamikasi*
O‘zbekistonda va Quyi Amudaryo mintaqasida 1991-2013 yillarda tug‘ilish darajasining o‘zgarishi dinamikasi*
Har ming aholiga tug‘ilganlar soni
1991 yil
1995 yil
2000 yil
2005 yil
2010 yil
2013 yil 2013
yilda 1991
yilga nisbatan o‘zgarish, % O‘zbekiston Respublikasi 34,68
29,89 21,40
20,39 21,39
22,51 - 35,1
shu jumladan:
Xorazm viloyati 36,05 29,26
24,03 21,69
21,73 22,84
- 36,6 *Jadval O‘zbekiston Respublikasi statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
Tug‘ilish darajasining pasayib borishi nafaqat aholi yosh tarkibining o‘zgarishi bilan, balki aholining ko‘pchilik qismida kam bolalik oilalarning keng tarqalishi bilan bog‘liqdir. Keyingi yillarda tug‘ilish koeffitsienti respublikaning deyarli hamma viloyatlarida pasayib bordi.
Ayollarning yoshlari bo‘yicha tug‘ilish ko‘rsatkichlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, tug‘ilish kattaroq yoshdagi ayollar guruhida barqaror pasayish tendensiyasiga ega bo‘lmoqda. Tibbiyot sohasidagi olimlarning xulosasiga ko‘ra ayollar uchun sog‘lig‘iga zarar qilmagan holda tug‘ish uchun eng qulay davr 20-35 yoshlar orasi hisoblanadi. 2011 yildagi ko‘rsatkichlarga ko‘ra Xorazm viloyatida tug‘ilishlarning asosiy qismi (70,8 foizi) ayollarning 20-30 yoshlariga to‘g‘ri kelmoqda. Eng asosiysi 20 yoshgacha bo‘lgan davrda, ya’ni ayollarning organizmi tug‘ish uchun hali to‘liq shakllanmagan davrda tug‘ilishlar soni kamayib ketgan. Tug‘ilish ko‘rsatkichlari 35-39, 40-44 va 45-49 yoshlarda ham ancha katta hajmda kamaygan. Bu oilada bolalar sonini cheklash tendensiyasining keng tarqalib borayotganligi tasdiqlaydi. Umuman, demografiyada demografik o‘tish davri degan tushuncha bor. Aholi takror barpo bo‘lishining bir turdagi sifat va miqdoriy mazmun-mohiyatidan ikkinchi turiga o‘tishi demografik o‘tish davri deyiladi. Unga ba’zi tadqiqotchilar demografik inqilob deb ham nom berganlar. Dunyodagi turli xalqlar demografik o‘tish davrini turli davrlarda boshidan kechirganlar. Demografik o‘tish davrini turli tadqiqotchilar turlicha bosqichlarga bo‘ladilar. Eng ko‘p uchraydigani BMT mutaxassislari tomonidan uzoq muddatli bashoratni tuzishda qo‘llanilgan to‘rt bosqichli davr hisoblanadi. Unga ko‘ra demografik o‘tish davri 4 bosqichni bosib o‘tadi. - birinchi bosqichda o‘lim koeffitsienti tug‘ilish koeffitsientiga qaraganda tezroq pasayib boradi, binobarin tabiiy o‘sish yuqori sur’atlarda o‘sib borib, eng yuqori nuqtasiga etadi; - ikkinchi bosqichda tug‘ilish koeffitsienti o‘lim koeffitsientiga qaraganda tezroq pasayadi, va bu o‘lim koeffitsienti eng minimal nuqtaga pasayguncha davom etadi; - uchinchi bosqichda tug‘ilish koeffitsientining pasayishi juda past sur’atlarga tushadi, o‘lim koeffitsienti esa shu vaqtning o‘zida osha boshlaydi; - va nihoyat, to‘rtinchi bosqichda tug‘ilish koeffitsienti oddiy takror barpo bo‘lishi darajasigacha pasayadi, o‘lim koeffitsienti esa oshib boradi va aholi soni kamaya boshlaydi 16 .
modernizatsiya tufayli yuzaga keladigan turmush darajasining oshishi, tibbiyotning rivojlanishi, jamiyatning sanitar holati yaxshilanishi bilan yuz beradi. Turmush sharoitlarining yaxshilanishi bilan o‘lim darajasi tezda pasayib boradi. Tug‘ilishning pasayishi uchun esa, jamiyatni tartibga soladigan qoidalar tizimining tubdan o‘zgarishi zarur bo‘ladi. CHunki, diniy qoidalar, oila an’analari va h.k.
16
o‘zgarishi ancha qiyin bo‘lgani sababli tug‘ilishning pasayishi o‘limning qisqarishiga qaraganda ancha kech yuz beradi. 17
bo‘lgan demografik rivojlanishning yagona yo‘lidir. Ijtimoiy xayotning o‘sib borayotgan baynalminallashuvi, iqtisodiy aloqalarning kundan-kunga kuchayib borishi, axborotlar almashinuvi, madaniyatlarning bir-biriga o‘zaro ta’siri va boshqa shu kabi jarayonlar dunyoning deyarli barcha aholisini, shu jumladan, eng qoloq mamlakatlarni ham o‘z ta’siriga tortib olmoqda. Demografik o‘tish davriga birinchi bo‘lib Evropa xalqlari o‘tgan asrning o‘rtalarida kirib kelganlar. Ular asta-sekin birinchi va ikkinchi bosqichlarni bosib o‘ta boshladilar. Masalan, 1960 yilda, tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti (15-49 yoshdagi har bir ayolga to‘g‘ri keladigan tug‘ilishlar soni) Germaniyada 2,37 ni, Buyuk Britaniyada 2,72 ni, Fransiyada 2,73 ni tashkil qilgan 18 . Lekin 1980- yillarga kelib ular uchinchi bosqichni bosib o‘tib, to‘rtinchi bosqichga – ya’ni, tug‘ilish koeffitsientining oddiy takror barpo bo‘lishi darajasigacha pasayishi, o‘lim koeffitsienti esa oshib borishi va aholi soni kamayib borishi holatigacha etib keldilar. O‘tgan asrning 90-yillaridan boshlab O‘zbekistonda tug‘ilish darajasining pasayib borishi davom etayotganligi shundan dalolat beradiki, mamlakatimiz aholisi rivojlanishida xozirgi vaqtda demografik o‘tish davrining ikkinchi bosqichiga xos xususiyatlar namoyon bo‘layotganligini ko‘rsatadi.
O‘zbekistonda va Quyi Amudaryo mintaqasida tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti o‘zgarishi dinamikasi*
15- 49 yoshdagi har bir ayolga to‘g‘ri keladigan tug‘ilishlar soni
17 Tompson W.S. Population // American Journal of Sociology. 1929. Vol. 34, № 6. Pp. 959-975. 18 Клупт М..А. Демография регионов Земли. – СПб.: Питер, 2008. с.18.
1996 yil
2000 yil
2005 yil
2011 yil
2013 yil 2013 yilda 1996 yilga nisbatan o‘zgarish, % O‘zbekiston Respublikasi 3,31
2,59 2,21
2,24 2,30
- 30,5 SHu jumladan:
Xorazm viloyati 3,06
2,66 2,09
2,01 2,08
- 31,9 *Jadval O‘zbekiston Respublikasi statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
O‘zbekistonda tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti (15- 49 yoshdagi har bir ayolga to‘g‘ri keladigan tug‘ilishlar soni) ham yildan-yilga pasayib bormoqda (1.1.3-jadvalga qarang). Butun O‘zbekiston aholisida tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti ko‘rsatkichlarining pasayish sur’atlari Quyi Amudaryo mintaqasinikiga nisbatan yuqoridir.
O‘zbekiston va uning mintaqalarida tug‘ilganlarning navbati bo‘yicha taqsimlanishini tahlil qilganimizda shunday xulosaga kelish imkonini beradiki, yuqori navbatda tug‘ilgan farzandlarning soni tobora kamayib bormoqda. Xorazm viloyati bo‘yicha 2011 yil ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki oilada to‘rtinchi farzandlarning tug‘ilishi – 57,5 foizga, beshinchi va undan yuqori navbatdagi farzandlarniki – 90,0 foizga kamayib ketgan. Beshinchi va undan yuqori navbatdagi farzandlarning tug‘ilishi ancha kam uchraydigan hodisa bo‘lib qoldi. Kuzatilayotgan yirik miqyosli demografik o‘zgarishlarni turli ko‘rinishdagi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy o‘zgarishlar (bozor munosabatlariga o‘tilishi, shaharlashuv darajasining oshishi, aholi ma’lumotlilik darajasining oshib borishi, ayollarning ijtimoiy ishlab chiqarishda tobora faolroq qatnashuvi kabilar) bilan bog‘lash zarur. Ko‘pgina tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, demografik o‘zgarishlarning barcha boshqa ijtimoiy o‘zgarishlar bilan o‘zaro bog‘liqligi nafaqat kishilar demografik ongining va demografik hulq-atvorining yangi sharoitlarga moslashuvi bilan yuz beradi, balki sifat jihatdan yangi ijtimoiy munosabatlarga, yangi turmush tarziga moslashuv amalga oshib boradi. Tug‘ilishga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy omillar ichida avvalambor, ayollarning jamiyatda tutgan o‘rnini aytib o‘tish kerak. Masalan, xozirgi kunda Xorazm viloyati iqtisodiyotining korxona va tashkilotlarida band bo‘lgan ayollarning hissasi 1997 yildagi 47,0 foizdan 2010 yilda 57,7 foizgacha oshgan. 19
kamayish tomon o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatadi. Ayollarning jamiyatda tutgan o‘rnining tug‘ilish darajasiga ta’sirini band bo‘lgan va band bo‘lmagan ayollar o‘rtasida tug‘ilish darajasini taqqoslash orqali ham bilib olish mumkin. Fakat eng yosh paytlarda (20 yoshgacha) band bo‘lmagan ayollarda tug‘ilish koeffitsienti bandlarnikiga nisbatan pastdir. Boshqa hamma yoshlarda ulardagi tug‘ilish darajasi yuqori ko‘rsatkichga ega. Aholi moddiy va madaniy ehtiyojlarining qondirilish darajasi yana bir asosiy ijtimoiy omillardan hisoblanadi. Ushbu ehtiyojlar qondirilishining oshishi ma’lum bir sharoitlarda tug‘ilish darajasining pasayishiga ta’sir ko‘rsatadi. Kam bolalik oilalar o‘z ehtiyojlarini qondirishi nuqtai nazaridan ko‘p bolalik oilalarga nisbatan ko‘proq imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. Ayollarning bandlik darajasi yuqoriligi natijasida ularning ijtimoiy hayotda faolroq qatnashish hohishi bilan reproduktiv hohishi o‘rtasida bittasini tanlash munosabati yuzaga chiqadi. Bunda ayollarning ma’lumotlilik darajasi ham muhim o‘rin tutib, ijtimoiy hayotda faolroq qatnashish hohishi ustun chiqadi. Tug‘ilishlar jadalligining pasayib borishi ommaviy ravishda kam bolalik oilalarga o‘tish sababli yuz beradi. Oilada bolalar sonini ongli ravishda cheklash qator ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar va omillar tufayli paydo bo‘ladi. Ularning oilalar reproduktiv hohishlariga ta’siri tug‘ilishning ijtimoiy-iqtisodiy omillaridan tashqari madaniy-turmush omillaridan kelib chiqadigan hududiy xususiyatlarga ham egadir. Tug‘ilish omillariga nisbatan shart-sharoitlarni, ya’ni qator omillarning ta’sir ko‘rsatishiga olib keladigan muayyan ijtimoiy vaziyatlarni farq qilish kerak
19
Хоразм вилояти меҳнат ва аҳолини ижтимоий муҳофаза қилиш бошқармаси маълумотлари.
bo‘ladi. Ularning ichida birinchi navbatda, shahar aholisining o‘sib borishini aytib o‘tish kerak, u tug‘ilishning pasayishiga ta’sir ko‘rsatadi. SHahar aholisining o‘sib borishi tug‘ilish darajasiga o‘z-o‘zidan ta’sir ko‘rsatmaydi, balki shaharga ko‘chib o‘tish ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashishga, umumiy madaniyat darajasining va sanitar-madaniy bilimlarining oshib borishiga olib keladi. Boshqacha aytganda, shahar hayoti tarzi yuqorida tilga olgan omillarning ta’sir ko‘rsatishiga olib keladi.
SHahar va qishloq aholisining tug‘ilish darajasidagi farqlar hozirgi paytda ancha katta bo‘lib, Xorazm viloyatida shaharlarda tug‘ilish darajasi (har ming kishiga) qishloqlar darajasining 72,3 foizini tashkil qilgan. Butun O‘zbekiston bo‘yicha bu ko‘rsatkich ushbu yilda 76,0 foizni tashkil qildi. SHaharlarda tug‘ilish darajasining qishloqlarga nisbatan past bo‘lishi shahar turmush tarzining o‘ziga xosligi, ayollarning bandlik darajasi yuqoriligi bilan izohlanadi. Tug‘ilishning kamayishiga urbanizatsiya jarayonida individualizmning kuchayishi, moddiy va madaniy ehtiyojlarning oshishi, an’anaviy jamiyat tomonidan belgilangan, endilikda eskirgan ta’qiqlardan voz kechishni engillashtiradigan shahar xayotning biqiqligi (anonimligi) imkoniyat yaratadi. SHahar aholisining o‘sishi tug‘ilishning pasayishiga olib kelishi ayollar o‘rtasida ongli onalikning keng tarqalishi bilan ham namoyon bo‘ladi. Binobarin, bu erda tug‘ilishlar soniga ta’sir ko‘rsatadigan bevosita sabab tug‘ilishning oldini olish vositalarini qo‘llashning keng tarqalganligi hisoblanadi. Oilada bolalar sonini rejalashtirish hozirgi paytda nafaqat shaharlarda balki qishloqlarda ham amalga oshirilmokda. Buni bizning 2007 yilda o‘tkazgan sotsiologik tadqiqotlarimiz ham tasdiqladi (quyida ushbu tadqiqot natijalari batafsil tahlil qilinadi). Mintaqaning qishloq tumanlarida tug‘ilish ko‘rsatkichlarining xozirgi davrdagi holatini 1.1.4-jadval ma’lumotlari tasdiqlaydi. Tug‘ilish darajasi eng past bo‘lgan tumanlarga (Bog‘ot) nisbatan eng yuqori bo‘lgan tumanda (Xonqa) ko‘rsatkich 18,6 foizga yuqoridir. Qishloq tumanlari o‘rtasida tug‘ilish ko‘rsatkichlarining farqlanishi birinchi navbatda aholi yosh tarkiblarining turlichaligi sabablidir. Migratsiya saldosining turlicha bo‘lishi aholi yosh tarkiblaridagi farqlarga olib kelgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasi shimoliy
va markaziy tumanlarining salbiy migratsiya saldosiga ega bo‘lishi va ko‘chib yuruvchilarning asosiy qismi yoshlardan iborat bo‘lganligi sababli qishloq tumanlari o‘rtasida tug‘ilish darajasidagi farqlarga olib kelgan. Tug‘ilish darajasiga ma’lum ma’noda ta’sir ko‘rsatadigan yana bir sabab, nikohga kirish yoshi hisoblanadi. Bola tug‘ish davrining davomiyligi taxminan 30 yilga teng bo‘ladi. Bundan tashqari, ayollarning yoshi oshib borishi bilan homilador bo‘lish ehtimolligi kamayib boradi. SHuning uchun ham nikohga kirish yoshining har qancha ko‘tarilishi ayollar tomonidan tug‘adigan bolalar soni kamayishiga olib keladi. Mamlakatimizda oila qurish davrigacha o‘quv yurtini bitirib olish, binobarin iqtisodiy mustaqilligini oshirishga intilishi natijasida nikohga kirish yoshi ancha ko‘tarildi. Agar, o‘tgan asrning 80-yillarida 20 yoshgacha davrda qizlarning yarmi turmushga chiqqan bo‘lsa, xozirgi paytda bunday yoshda faqat 18 % qizlar nikohga kiradilar.
Tug‘ilish darajasi Past YUqori bo‘lmagan YUqori Juda yuqori 22,0 gacha 22,1-24,0 24,1-26,0 26,1dan yuqori Bog‘ot; Urganch, SHovot, YAngiariq, YAngibozor, Qo‘shko‘pir; Gurlan, Xiva, Xonqa; Xazarasp; O‘lim darajasi 4,0 gacha 4,0-5,0
5,0-6,0 6,0 dan yuqori Bog‘ot; Urganch, Xiva, Xonqa,
SHovot; YAngiariq, Xazorasp, Qo‘shko‘pir; Gurlan.
YAngibozor Jadval O‘zR Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
Ma’lumki onalar va bolalar sog‘lig‘ini saqlashda bolalar tug‘ilishi o‘rtasida oraliqlar uzoqroq (3 va undan ko‘p yil) davr bo‘lishi tibbiyot nuqtai nazaridan maqsadga muvofiqdir. Butun dunyo sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga qaraganda tug‘ish davrida oraliq bir yildan kam bo‘lgan davrda dunyoga kelgan bolalar ikki yil va undan ortiq oraliq bilan dunyoga kelgan bolalarga nisbatan nimjon bo‘lib, ular o‘rtasida o‘lim ko‘rsatkichlari ikki barobar ko‘p bo‘ladi. 20
O‘zbekistonda tug‘ilish tendensiyalaridagi o‘zgarishlar tufayli tug‘ishlar soni o‘rtasidagi oraliqlar yildan yilga oshib bormoqda. Masalan, 1990 yilda barcha tug‘ishlarning 74,6 foizi ikki va undan ziyod yil oraliq bilan yuzaga kelgan bo‘lsa, 2010 yilga kelib bu ko‘rsatkich 95, 5 foizga etdi. Demak, ikki yildan kam oraliq bilan tug‘ishlar juda kam uchraydigan holga aylandi.
Aholi ko‘payishiga ta’sir qiluvchi omillar ichida tug‘ilish omillaridan tashqari aholi o‘limi ko‘rsatkichlari ham muhim o‘rin tutadi. Tug‘ilish darajasi yildan-yilga pasayib borayotgan bir sharoitda aholi o‘rtasida o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishda ijobiy natijalarga erishish muhim o‘rin tutadi. Aholining turli guruhlarida, shu jumladan, mintaqaviy jihatdan ham, kasallanish va o‘lim ko‘rsatkichlaridagi farqlar nafaqat kishi organizmining xususiyatlariga, balki ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik omillarga ham bog‘liqdir. O‘lim darajasiga asosan to‘rt guruh omillar asosida ta’sir ko‘rsatadi: 1.
Turmush darajasi, unga odamlarning mehnat sharoitlari va turmush tarzi, daromadlar darajasi va uy-joy bilan ta’minlanganlik, yashash sharoitlari sifati, xizmat ko‘rsatish tizimining rivojlanganligi, sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlanish, aholi ehtiyojlarining qondirilishi darajasi kabilar kiritiladi. 2.
20 И.А.Мануилова «Планирование семьи и здоровье женщины» М:. 1988 darajasi, shovqinlar darajasi va h.k. 3.
Sog‘liqni saqlash tizimi rivojlanganligi, ya’ni sifatli tibbiy xizmat olish imkoniyati, aholining sifatli dori-darmonlar bilan ta’minlanganligi, davolashning eng zamonaviy turlari keng tarqalganligi, tibbiyot xodimlarining xizmat ko‘rsatish sifati va h.k. 4.
bo‘lgan munosabati, mehnat qilish va turmush tarzida gigienaga amal qilish, turli zararli odatlarning uchrashi darajasi va h.k. Mamlakatimizda istiqlol yillarida aholi turmush farovonligini oshirib borish bilan birgalikda uning salomatligini yaxshilashga katta ahamiyat berildi. Jumladan, 1998 yil 10 noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Sog‘liqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturi» to‘g‘risidagi farmoni sog‘liqni saqlashning zamonaviy tarkibiy tizimini shakllantirish, ayollar va bolalar salomatligini muxofaza qilish tizimining sifatini tubdan oshirish, pediatriya va tug‘ruq muassasalari moddiy-texnik bazasini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, qishloq aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishni takomillashtirish, kadrlarni tayyorlash va
qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish, tibbiy xodimlarning malakasi va kasb mahoratini muttasil oshirib borish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash, kabi chora tadbirlarni o‘z ichiga olgan edi. Hozirgi kunda mamlakatimizda sifat jiqatidan yangi, eng yuksak talablarga javob beradigan va respublika hamda viloyatlar shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish markazlarini o‘z ichiga olgan tibbiyot muassasalari tarmog‘i shakllandi. Barcha viloyatlar markazlarida kattalar va bolalar uchun ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari, har bir tumanda eng zamonaviy meditsina asbob-uskunalari bilan jixozlangan qishloq vrachlik punktlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Qishloq vrachlik punktlarining soni 2000 yilga nisbatan 2 barobar ko‘payib, 3 ming 200 tadan oshdi. Mana shunday sa’i-harakatlar natijasida, aholi o‘rtasida o‘lim va ayniqsa, bolalar o‘limi ko‘rsatkichlarini pasaytirishda katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Aholi o‘lim ko‘rsatkichlari o‘zgarib borishini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, 1991- 2013 yillar ichida umumiy o‘lim koeffitsienti (har ming kishiga o‘lganlar soni) Qoraqalpog‘iston Respublikasida 6,83 dan 4,93 gacha, ya’ni 27,1 foizga, Xorazm viloyatida 5,92 dan 4,42 gacha (-25,2 foizga) kamaydi. Ushbu davrda butun O‘zbekiston bo‘yicha mazkur ko‘rsatkichlar, mos ravishda, 6,25, 4,85 va – 22,6 foizni tashkil
qildi (2.2.1-jadval). Qoraqalpog‘istonda umumiy
o‘lim ko‘rsatkichlarining pasayish sur’atlari nisbatan yuqoriligi davr boshida (1991 yil) uning ancha yuqoriligi va xozirgi kunga kelib, ekologik vaziyatning biroz yaxshilanganligi bilan umumiy O‘zbekiston ko‘rsatkichlariga yaqinlashib qolganligi bilan izohlanadi.
Har ming aholiga o‘lganlar soni
1991 yil
2000 yil
2010 yil
2012 yil
2013 yil 2013
yilda 1991
yilga nisbatan o‘zgarish, % O‘zbekiston Respublikasi 6,25
5,50 4,84
4,93 4,85
- 22,6 SHu jumladan:
Xorazm viloyati 5,92
5,24 4,43
4,71 4,42
- 25,2
*Jadval O‘zbekiston Respublikasi statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
O‘lim ko‘rsatkichlarini sabablariga ko‘ra tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekistonda xozirgi paytda o‘lim sabablarining tarkibida yurak-qon tomir kasalliklari, o‘simtalar, baxtsiz hodisalar, zaharlanishlar va jarohatlar eng oldingi o‘rinda bo‘lib kelmoqda. Bu sabablar, yuqumli va oshqozon-ichak kasalliklariga nisbatan ham kishilarning turmush tarzi, xulq-atvori va ruhiy holatiga bog‘liq bo‘ladi.
Lekin o‘limga olib keluvchi sabablar tarkibida Quyi Amudaryo mintaqasida yuqumli va parazitar kasalliklar, nafas olish organlari kasalliklari va havfli o‘sma kasalliklari umumiy O‘zbekiston ko‘rsatkichlariga nisbatan ham ancha yuqoriligi bilan ajralib turadi (2.2.2-jadval). Masalan, Qoraqalpog‘istonda aholining bronxial astma bilan kasallanishi intensivligi ko‘rsatkichi 66,7 ni tashkil qilib, bu butun O‘zbekiston darajasidan ikki barobar yuqoridir. 21 Bu albatta, ekologik vaziyatning og‘irligiga, va shu bilan birgalikda, aholining tibbiy-sanitar madaniyatiga ham bog‘liqdir. Lekin, shuni alohida qayd etish kerakki, bu kasalliklardan o‘lim ko‘rsatkichlari yildan-yilga kamayib bormoqda. Binobarin, butun O‘zbekiston aholisining ham, Quyi Amudaryo mintaqasi aholisining ham sabablariga ko‘ra o‘lim ko‘rsatkichlari rivojlangan mamlakatlar aholisining o‘lim ko‘rsatkichlari tarkibiga o‘xshab bormoqda.
Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling