Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
XULOSA VA TAKLIFLAR O‘zbekistonda demografik rivojlanishning xozirgi davrdagi tendensiyalarini tadqiq qilish natijalari quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini berdi: 1.
Umumjahon jarayonlariga muvofiq rivojlanayotgan hozirgi O‘zbekistonda, keyingi ikki o‘n yillikda demografik vaziyatda sezilarli miqdoriy va sifat o‘zgarishlari yuz berdi. Avvalombor, demografik o‘sish kamaydi, hozirgi kunda aholining o‘rtacha yillik o‘sishi 1,1 - 1,6% ni tashkil qilmoqda, vaholanki, bu ko‘rsatkich o‘tgan asrning 70 - yillarida 3,0-3,2% ni va 90 - yillar boshida 2,2 - 2,3% ni tashkil qilardi. Keyingi o‘n yilda respublikada tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti dunyoning o‘rtacha ko‘rsatkichidan past bo‘lib kelmoqda (muvofiq ravishda 2,3 va 2,5). O‘zbekiston aholisi kontratsepsiya vositalaridan foydalanish darajasi bo‘yicha dunyoning rivojlangan davlatlari darajasiga yaqinlashib qoldi. Xuddi shunday vaziyat O‘zbekistonda ham yuz bermoqda. Keyingi 20 yilda aholi o‘limi 6,2 promilledan 4,6 promillegacha pasaydi. Ayniqsa, aholining eng kam ta’minlangan ijtimoiy demografik guruhlarida ijobiy siljishlar yuz berdi. Hozirgi paytda O‘zbekistonda onalar o‘limi darajasi Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida eng past ko‘rsatkichga egadir. Aholi o‘limining kamayib borishi hozirgi kunda O‘zbekistonda eng muhim ijtimoiy - demografik ijobiy o‘zgarish hisoblanadi. Uning darajasi nafaqat demografik vaziyatni holatini, balki davlatning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishi va uning fuqarolarining sog‘lig‘i holatini belgilab beradi. Transformatsiya davrining murakkab sharoitlariga qaramasdan, respublikada o‘lim darajasining izchil kamayib borishi va aholi o‘rtacha umr ko‘rish darajasining oshib borishi kuzatilmoqda. Go‘daklar, bolalar va onalar o‘limining kamayib borayotganligi Harakat dasturida tanlangan milliy darajadagi faoliyatning ustivor yo‘nalishi hisoblanadi. O‘zbekistonda u ijtimoiy siyosatning asosiy ustivorligi hisoblanib, yuqoridagi ko‘rsatkichlar 2-3 barobar qisqargan. SHu bilan birgalikda Respublikada aholining o‘rtacha umr ko‘rish darajasi oshib bormoqda (keyingi 20 yilda u 3,6 yoshga ko‘paydi). 2. O‘zbekistonda oilalarning bolalar soniga ko‘ra tarkiblanishi shuni ko‘rsatadiki ko‘p bolalik deb hisoblanadigan 5-8 ta bolalik bo‘lgan oilalar ulushi kamayib bormoqda, ularning hissasi xozirgi kunda 23,3 foizni tashkil qiladi (2008 yil), 3-4 bolalik oilalar esa 38, 1 foizni, 1-2 bolalik oilalar 36,5 foizni tashkil qiladi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda oilalar tarkibida yuz bergan o‘zgarishlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, nikohga kirganlar soni yildan yilga oshib bormoqda. Nikohlarning mutloq soni oshib borayotganligiga qaramasdan, har yuz ming aholiga nikohga kirganlar koeffitsienti bilan hisoblaydigan bo‘lsak, nikoh koeffitsienti 1995 va 2000 yillarda kamayib,2005 yilga kelganda osha boshlagan, va 2014 yilga kelib yana kamaygan. Buni aholi o‘rtasida tug‘ilish darajasining o‘zgarib turishi, tug‘ilganlarning ma’lum yillardan keyin nikoh yoshiga kirib kelishi bilan izohlash mumkin. 20g‘25 yil oldin tug‘ilish darajasi yuqori bo‘lgan bo‘lsa, nikohga kiruvchilar soni ham oshib boradi va aksincha. Keyingi yillardagi aholining migratsiya xarakatlari mazmuni shuni ko‘rsatadiki (1.3.1-jadval), 2008 yildan boshlab ko‘chib yuruvchilar soni (ko‘chib keluvchilar soni ham, ko‘chib ketuvchilar soni ham) yildan yilga kamayib bordi. 2013 yilda 2012 yilga nisbatan ko‘chib ketuvchilar soni 21,0 ming kishiga, ko‘chib keluvchilar soni esa 14,7 ming kishiga kamaygan. Migratsiya saldosida ham o‘zgarishlar yuz berib, 2005 yildagi – 101,6 ming kishi saldodan, 2013 yilda - 33,8 ming kishi saldogacha qisqargan. O‘zbekiston Respublikasining tarkibiy qismi bo‘lgshan Xorazm viloyati aholisining migratsiya xarakatlarida ham shunday tendensiya namoyon bo‘lmoqda. Faqat, farq qiluvchi tomoni shundaki, ko‘chib keluvchilar soni 90-yillarga nisbatan kamaygan bo‘lsada, 2005 yildan keyingi davrda viloyatga ko‘chib keluvchilar soni 5,7 ming kishidan 7,3 ming kishigacha ko‘paygan. Migratsiyaning minus saldosi ham viloyat uchun kamayib bormoqda. Masalan, 2013 yilda 2012 yilga nisbatan minus saldo – 2319 dan – 322 gacha kamaygan. Bu holat shu bilan izohlanadik, xozirgi kunda ko‘chib yuruvchilarning ko‘pchiligi ishchi kuchi migrantlar hisoblanib, mamlakat va viloyat iqtisodiyotida ishchi o‘rinlari ko‘plab ochilayotganligi tufayli ilgari ish izlab MDH mamlakatlariga ko‘chib o‘tganlar, o‘z yurtlarida ishlash uchun qaytmoqdalar. 4. Aholining salomatligini yaxshilash demografik vaziyatni qulaylashtirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi. Tug‘ilish darajasi barqarorlashib, va hatto pasayib borayotgan bir sharoitda aholi o‘rtasida kasallanish va o‘lim hodisalarini kamaytirish demografik rivojlanishning oqilona yo‘nalishiga imkoniyat yaratadi. Mamlakatimizning demografik xususiyatlarini e’tiborga olgan holda «Sog‘lom ona – sog‘lom bola» dasturini izchil amalga oshirish bilan sog‘lom avlodni voyaga etkazish, onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmat sohasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sog‘lom bolalar tug‘ilishi va ularni tarbiyalash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan aholi o‘rtasida tushuntirish hamda maslahat ishlarini kuchaytirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish mustaqillik yillarida O‘zbekiston demografik siyosatining asosiy maqsad va yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Mustaqillik yillarida mintaqaning demografik rivojlanishi xususiyatlarini o‘rganib chiqish quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini beradi: - mamlakatimizda aholining mutloq soni o‘sib borayotganligiga qaramasdan, yillik o‘sish sur’atlari pasaymoqda. Aholi sonining yillik o‘sish sur’atlari pasayishi Quyi Amudaryo mintaqasi hududlarida ham namoyon bo‘lib bordi; - aholi soni o‘sib borish sur’atlarining nafaqat Quyi Amudaryo mintaqasida balki butun O‘zbekiston miqyosida kamayib borishi birinchi navbatda tug‘ilish ko‘rsatkichlarining pasayishi bilan bog‘liqdir. Tug‘ilish ko‘rsatkichlarining pasayishi 90-yillar avvalida boshlanib, hozirgi paytgacha davom etib kelmoqda; - tug‘ilish darajasining pasayib borishi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy o‘zgarishlar (bozor munosabatlariga o‘tilishi, shaharlashuv darajasining oshishi, aholi ma’lumotlilik darajasining oshib borishi, ayollarning ijtimoiy ishlab chiqarishda tobora faolroq qatnashuvi kabilar) bilan bog‘liqdir; - mamlakatimizda aholi sog‘ligini saqlash borasidagi sa’i-harakatlar natijasida aholi o‘rtasida o‘lim va ayniqsa, bolalar o‘limi ko‘rsatkichlarini pasaytirishda katta muvaffaqiyatlarga erishildi; - ekologiyaning yomonlashuvi tufayli o‘limga olib keluvchi sabablar tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuqumli va parazitar kasalliklar, nafas olish organlari kasalliklari va havfli o‘sma kasalliklari umumiy O‘zbekiston ko‘rsatkichlariga, shu jumladan Xorazm viloyati ko‘rsatkichlariga nisbatan ham ancha yuqoriligi bilan ajralib turadi; - mintaqada, xuddi butun O‘zbekistondagi kabi, mustaqillik yillarida go‘daklar o‘limi koeffitsienti 3 - 4 barobarga kamaygan. Go‘daklar o‘limiga olib keluvchi sabablar ichida perinatal holatlardan o‘lim yuqori darajada saqlanib qolmoqda. - onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish, profilaktikaga asoslangan sog‘liqni saqlash tizimini ustuvor rivojlantirish, tibbiy xizmat sohasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sog‘lom bolalar tug‘ilishi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish mustaqillik yillarida O‘zbekiston demografik siyosatining asosiy maqsad va yo‘nalishlari bo‘ldi.
Xorazm viloyatida yaqin 15 yil ichida, ya’ni 2030 yilgacha aholi soni qanday sur’atlarda ko‘payib borishi, unga ta’sir qiluvchi demografik jarayonlar: tug‘ilish, umumiy o‘lim va bolalar o‘limi ko‘rsatkichlari qanday o‘zgarib borishini aniqlashda men demografik bashoratning ekstrapolyasiya usulidan foydalandim. ekstrapolyasiya usuli bashorat davrida bevosita yaqin yillarda yuz bergan demografik jarayonlar tendensiyasi saqlanishi va rivojlanishini ehtimol tutadi. Bashorat ssenariysi ham, aynan mana shunga, ya’ni kuzatilayotgpn tendensiyalar yaqin kelajakda ham saqlanib qoladi degan gepotezaga asoslanadi. CHunki butun demografik tarix tomonidan shu narsa tasdiqlanganki, demografik jarayonlar yuqori inersiyaga ega hisoblanadi.Ushbu bitiruv malakaviy ishimda men Viloyat demografik rivojlanishi bashoratining umumiy natijalari to‘g‘risida gapirib o‘taman. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlar demografik rivojlanishidagi ijobiy tendensiyalarning saqlanib qolishi ehtimolligi yuqoriligini belgilab beradi. YAqin istiqbolda aholi sonining o‘sish sur’atlari pasayish tendensiyasi davom qiladi, ya’ni xozirgi 1,8 foizlik yillik o‘sish sur’atlari sekin asta pasayib bashorat davrining oxiriga borib 1,2-1,3 foizga tushadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning “Mamlakatimizni 2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari”ga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi 2.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi. 3.
yakunlari va 2013 yilda O‘zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “Bosh maqsadimizda keng ko‘lamli islohotlar va modernizatsiya yo‘lini qat’iyat bilan davom ettirish” mavzusidagi ma’ruzasini o‘rganish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma. – T.: “O‘qituvchi” NMIU. - 2013.
4.
Karimov I.A. O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. – T.: O‘zbekiston, 1995. - 264-b. 5.
I.Karimov. “O‘zbekiston XX asr bo‘sag‘asida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. Toshkent: “O‘zbekiston” 1997. 6.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning BMT sammiti Mingyillik rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan yalpi majlisidagi nutqi // Xalq so‘zi, 2010 yil 22 sentyabr, 1-2-b. 7.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi. – T.: “O‘zbekiston”, 2010. – 40 b. 8.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi // www.lex.uz 9.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 14 martdagi “Aholi sonining tanlama statistik kuzatuvini tayyorlash va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 71-sonli qarori // www.lex.uz. 10.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 15 maydagi “Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini hisobga olishni takomillashtirish to‘g‘risida” 97-sonli qarori // www.lex.uz . 11.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 19 iyuldagi “Haq to‘lanadigan jamoat ishlarini tashkil qilish to‘g‘risida”gi 353-son qarori // www.lex.uz. 12.
shaxslarni kasbga tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tashkil etish to‘g‘risida”gi nizomi // www.lex.uz 13.
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida ishbilarmonlik muhitining holati va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi indikatorlarini har chorakda baholash tizimini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 117-sonli qarori // www. lex.uz.
14.
Ata-Mirzaev O.B. Narodonaselenie Uzbekistana: istoriya i sovremennost. Tashkent: Ijtimoiy fikr, 2009. – 209 s. 15.
Djunaydullaev D.A. O‘zbekiston mintaqalarida aholi migrasiyasi va uni tartibga solishni takomillashtirish. Iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertasiya avtoreferati. Toshkent, 2012. 24 b. 16.
17.
Mambetullaeva S.M., Kamalova G.N., Atadjanova A.D. Analiz vliyaniya negativnyx ekologicheskix faktorov na uroven zabolevaemosti naseleniya v usloviyax Respubliki Karakalpakstan. Vestnik Karakalpakskogo otdeleniya Akademii nauk Respubliki Uzbekistan. Nukus – «Ilim»- 2011. № 1. s.41. 18.
Mo‘minov X.I. Buxoro viloyatida mehnat bozorini shakllantirish va uning faoliyatini rivojlantirish. – T.: O‘zR FA iqtisodiyot instituti, 2008. – b.89. 19. Sadullaev A. Quyi Amudaryo mintaqasining demografik rivojlanishi. Monografiya. Urganch-2014. 147 b 20.
Soliev S., Nazarov M. O‘zbekiston qishloqlari. (Qishloq joylar geografiyasi). Toshkent-“Fan va texnologiya”-2009. 21.
Statisticheskiy ejegodnik regionov Uzbekistana. Statisticheskiy sbornik. Tashkent 2013. 22.
Naselenie Uzbekistana. Statisticheskiy sbornik. Tashkent 2013. 23.
ABR, Toshkent, Sentyabr, 2004 y. 24.
Obzor rezultativnosti ekologicheskoy deyatelnosti. Uzbekistan. Vtoroy obzor. OON. Nyu-YOrk i Jeneva, 2010 god. 25.
Xorazm viloyati mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish boshqarmasi ma’lumotlari. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling