Urganch davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti
Download 0.66 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2.3-jadval. O‘zbekistonda va Quyi Amudaryo mintaqasida 1991-2010 yillarda go‘daklar o‘limi darajasining o‘zgarishi dinamikasi*
- 2.2.4-jadval. O‘zbekiston va Quyi Amudaryo mintaqasida ma’lum sabablarga ko‘ra go‘daklar o‘limi koeffitsienti (har 10 000 tug‘ilgan bolaga)*
- 2.3.1-rasm. O‘zbekistonda onalar va go‘daklar o‘limi
2.2.2-jadval. Respublika va mintaqa aholisi o‘lim sabablarida kasalliklarning o‘rni (har 100 ming aholiga nisbatan)
O‘lim sabablari O‘zbekiston Respublikasi SHu jumladan: Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xorazm viloyati 2000 y.
2011 y. 2000 y.
2011 y. 2000 y.
2011 y. 1. Jami vafot etganlar 548,0 509,7
559,6 530,0
520,0 463,6
2. YUqumli va parazitar kasalliklar 20,7 14,7
44,5 26,1
14,3 8,0
3. Havfli o‘sma kasalliklari 39,1 36,1
40,1 40,8
29,9 28,8
4. Qon aylanish tizimi kasalliklari 288,5 297,7
180,9 211,8
291,4 314,9
5. Nafas olish tizimi kasallaiklari 63,5 36,7
120,1 45,5
77,4 31,8
6. Ovqat hazm qilish a’zolari kasalliklari 30,6 32,2
26,9 39,8
19,3 13,5
7. SHikastlanish va zaharlanishlar 43,2 34,7
41,0 33,4
26,2 22,0
8. Boshqalar 62,4
57,4 106,1
132,6 61,5
44,5 *Jadval O‘zbekiston Respublikasi statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
21 Мамбетуллаева С.М., Камалова Г.Н., Атаджанова А.Д. Анализ влияния негативных экологических факторов на уровень заболеваемости населения в условиях Республики Каракалпакстан. Вестник Каракалпакского отделения Академии наук Республики Узбекистан. Нукус – «Илим»- 2011. № 1. с.41. Bu mamlakatlarda aholi o‘limi sabablarida birinchi o‘rinda yurak-qon tomir kasalliklari, keyingi o‘rinlarda o‘smalardan, baxtsiz hodisalar, zaharlanishlar va jarohatlardan o‘lim sabablari turadi. Umuman aytganda, har qanday biologik organizmning o‘limi ikki guruh omillar ta’siri natijasidir: endogen omillar – organizm o‘z ichki rivojlanishi tufayli yuzaga keladi, va ekzogen omillar – tashqi muhitning ta’sirida paydo bo‘ladi. Masalan, yurak-qon tomir kasalliklari endogen kelib chiqishga, yuqumli kasalliklar ekzogen esa kelib chiqishga ega. O‘sma kasalliklarini ba’zi olimlar ekzogen kelib chiqishga ega desa, ba’zilari endogen kelib chiqishga ega deydilar. Jamiyatning rivojlanib borishi bilan ekzogen kelib chiqishga ega kasalliklar kamaytirilib, aholi o‘limi asosan endogen kasalliklar tufayli yuz beradi. Aholi o‘limi darajasining qishloq tumanlari bo‘yicha tahlili shuni ko‘rsatadiki (2.1.3-jadval) mintaqada va Xorazm viloyati tumanlarida nisbatan yuqoriligi bilan ajralib turadi. Buning asosiy sababi albatta ekologik holatning ushbu hududlarda talabga javob bermasiligi bilan izohlanadi. O‘zbekistonda mustaqillik yillarida aholining turmush farovonligini oshirib borish, ularning sog‘lig‘ini saqlashga katta e’tibor berib kelinmoqda. Aholi sog‘lig‘ini saqlashga qaratilgan dasturlar qabul qilinib, ular asosida tibbiyot tizimini zamonaviy asbob uskunalar, bino-inshoatlar, sifatli dori-darmonlar va malakali kadrlar bilan ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Natijada aholining kasallanishi va o‘lim hodisalari tobora kamayib bormoqda. Bunda ayniqsa, bolalar va onalar o‘limini kamaytirishda katta muvafaqqiyatlarga erishildi. «Sog‘lom ona – sog‘lom bola» dasturini izchil amalga oshirish asosida sog‘lom avlodni voyaga etkazish, onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, profilaktikaga asoslangan sog‘liqni saqlash tizimini ustuvor rivojlantirish, tibbiy xizmat sohasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sog‘lom bolalar tug‘ilishi va ularni tarbiyalash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan aholi o‘rtasida tushuntirish hamda maslahat ishlarini kuchaytirish va yosh avlodning har tomonlama kamol topishi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ona va bola sog‘lig‘ini muhofaza qilishga O‘zbekistonda davlat darajasida katta e’tibor berib kelinmoqda. Mustaqillik yillarida «Ekologiya va ayol», «Ayollar mehnatini ijtimoiy himoyalash», «Sog‘lom avlod – sog‘lom jamiyat asosidir», «YAngi tug‘ilgan bolalarda va homilador ayollarda tug‘ma va boshqa kasalliklarni oldindan aniqlash bilan bolalikdan nogiron bo‘lib qoluvchilarning tug‘ilishini oldini olish davlat tizimini – «Ona va bola skriningni (o‘rganish)» tashkil qilish to‘g‘risida», «O‘sib borayotgan avlodni sog‘lomlashtirish muammolarini hal qilish to‘g‘risida»gi xukumat darajasida qabul qilingan dasturlar bunga misol bo‘ladi. Keyingi yillarning o‘zida ona va bola salomatligini muhofaza etish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 13 aprelda “Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni shakllantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi va 2009 yil 1 iyulida “2009-2013 yillarda aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sog‘lom bola tug‘ilishi, jismoniy va ma’naviy barkamol avlodni voyaga etkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida”gi qarorlari bu sohada amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishlarning yo‘nalishini belgilab berdi. Millatning salomatligi ko‘p jihat inson hayotining dastlabki davri bilan bog‘liqdir. O‘z navbatida, bolalar salomatligini asosiy qismi onalar sog‘lig‘iga, organizmning tug‘ilishgacha va tug‘ilishdan keyingi davrlardagi rivojlanishi, hamda bola hayotining birinchi yilida beriladigan tibbiy yordamning sifatiga ham bog‘liqdir. Go‘daklar o‘limi koeffitsienti hududning ijtimoiy-iqtisodiy darajasini va binobarin, butun aholining hayot darajasi qandayligini belgilab beruvchi ko‘rsatkichlardan hisoblanadi.
Har ming tug‘ilgan bolaga o‘lganlar soni
1991 1995
2000
2005
2010
2013
2013 yilda 1991 yilga nisbatan yil yil
yil yil
yil yil
o‘zgarish, % O‘zbekiston Respublikasi 35,5 26,0
18,9 14,9
11,0 9,8
3,6 barobarga kamaygan shu jumladan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi 51,2
30,5 20,5
17,4 11,8 11,0
4,7 barobarga kamaygan Xorazm viloyati 38,9 23,2
24,6 16,3
12,0 11,2
3,5 barobarga kamaygan *Jadval O‘zbekiston Respublikasi statistika qo‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzilgan.
Keyingi yillardagi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda mustaqillik yillarida go‘daklar o‘limi koeffitsienti (har 1000 ta tirik tug‘ilgan bolaga 1 yoshgacha bo‘lgan davrda o‘lganlar soni) 1991 yildagi 35,5 dan 11,0 gacha, ya’ni 3,2 barobarga kamaygan. Xorazm viloyatida ham umumrespublika ko‘rsatkichlariga mos ravishda go‘daklar o‘limi kamayishi yuz bergan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa bu ko‘rsatkichning ancha yuqori darajada kamayishiga erishildi. Bu erda 1991 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichdan (51,2) 2010 yilgacha (11,8) 4,3 barobargacha kamayish yuz bergan (2.2.3-jadvalga qarang). Onalar o‘limi ushbu davrda ikki barobarga kamaygan. Albatta, go‘daklarda o‘lim ko‘rsatkichlari pasayishi sur’atlari boshqa yosh guruhlariga nisbatan yuqori bo‘lishi, ilgari bolalar o‘limi asosan ekzogen mohiyatga ega bo‘lishi bilan, yoshi kattalashib borishi bilan esa, bartaraf qilinishi qiyin bo‘lgan endogen omillarning ahamiyati oshib borishi bilan bog‘liqdir. SHuni ham aytib o‘tish kerakki, bolalarning yoshida ta’sir ko‘rsatadigan ekzogen omillarni aniqlash va bartaraf qilish ancha oson ekan, yuqori yoshlarda ular endogen omillar ta’siri bilan birlashib ketgani uchun bartaraf qilish qiyin bo‘ladi. Quyi Amudaryo mintaqasida go‘daklar o‘limini sabablariga ko‘ra (butun O‘zbekiston ko‘rsatkichlari bilan taqqoslab) o‘rganganimizda, shu narsa ayon bo‘ldiki, go‘daklar o‘limiga sabab bo‘luvchi, ekzogen kelib chiqishga ega bo‘lgan yuqumli va parazitar kasalliklar hamda nafas olish a’zolari kasalliklaridan o‘lim koeffitsienti 12,5 barobardan (Qoraqalpog‘iston Respublikasida) to 90 barobargacha (Xorazm viloyatida) kamaygan. YAna bir shunday ekzogen kelib chiqishga ega bo‘lgan - nafas olish a’zolari kasalliklaridan go‘daklar o‘limi Qoraqalpog‘iston Respublikasida 28,3 foizga, Xorazm viloyatida 23,8 foizga kamaytirishga erishildi. 2.2.4-jadval. O‘zbekiston va Quyi Amudaryo mintaqasida ma’lum sabablarga ko‘ra go‘daklar o‘limi koeffitsienti (har 10 000 tug‘ilgan bolaga)* Uzbekiston Respublikasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xorazm viloyati 1996
2000 2005 1996 2000 2005 1996 2000 2005 YUqumli va parazitar kasalliklardan 28,0
11,6 6,7
25,1 10,2
2,0 27,3
9,6 0,3
Nafas olish organlari kasalliklaridan
128,1
88,6
69,1
148,7
112,0 106,6 124,6 123,0
94,9
Ovqat hazm qilish organlari kasalliklaridan 0,7 0,8
1,1 1,4
1,7 0,9
0,6 0,3
0,6 Tug‘ma nuqsonlardan 12,8 14,9
10,9 6,7
8,9 10,2
27,9 30,6
11,1 Perinatal davrda sodir bo‘lgan holatlardan 53,9
62,3 53,1
74,9 56,7
48,8 46,8
79,7 54,8
Baxtsiz xodisalar, zaharlanish va jarohatlardan 8,5
5,6 4,1
3,3 4,4
1,8 0,9
0,6 0,6
* A.Sadullaev. Quyi Amudaryo mintaqasining demografik rivojlanishi. Monografiya. Urganch 2014. 104 b.
perinatal holatlardan o‘lim yuqori darajada saqlanib qolmoqda. Buni ayniqsa, bizda oxirgi yillarning ma’lumotlari bo‘lgan butun O‘zbekiston bo‘yicha go‘daklar o‘limini sabablariga ko‘ra tahlil qilganimizda yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Hozirgi paytda (2010 yilda) go‘daklar o‘limiga olib keluvchi sabablar ichida perinatal davrda sodir bo‘lgan holatlardan o‘lim eng yuqori ko‘rsatkichga ega. Go‘daklar o‘limiga olib keluvchi sabablar ichida ilgari eng oldingi o‘rinda turgan nafas olish a’zolari kasalliklaridan (bu esa ekologik vaziyatning yaxshi emasligi, tibbiyot tizimining rivojlanishidagi kamchiliklar, aholi tibbiy madaniyatini pastligi tufayli yuz bergan) o‘limning 2,5 barobarga yaqin kamaytirilishi yuqoridagi jarayonlarni yaxshilashda erishilgan yutuqlar natijasi bo‘ldi. Rivojlangan mamlakatlarda yuqumli yoki oshqozon-ichak kasalliklariga sabab bo‘ladigan ekzogen omillardan bolalar o‘limi juda kam hisoblanadi. Ular yuqumli kasalliklardan o‘limni kamaytirishga asosan sog‘liqni saqlash sohasining maqsadli sa’i-harakatlari, yuqori sifatli dori-darmonlarni yaratish va boshqalar hisobiga erishgan bo‘lsalar, oshkozon-ichak kasalliklari yoki shamollash kasalliklariga qarshi kurash ancha murakkab kechgan, chunki bu hayotning barcha sharoitlarini o‘zgartirishni, aholi sanitar madaniyati yuqori bo‘lishini talab etardi. Perinatal davrda sodir bo‘lgan holatlardan o‘lim endogen kelib chiqishga ega bo‘lib, rivojlangan mamlakatlarda ham go‘daklar o‘limida eng oldingi o‘rinda turadi.
Onalar va bolalar o‘rtasida o‘lim ko‘rsatkichlarini pasaytirishda mamlakatda turmush darajasini oshirish, tibbiyot xizmatlari bilan ta’minlashni kengaytirish, oilani rejalashtirish bo‘yicha dasturni muvaffaqiyatli amalga oshirish, tug‘ruq davridagi sog‘liqni, hamda ona va bola sog‘lig‘ini yaxshilash chora-tadbirlari muhim o‘rin tutadi. Binobarin, go‘daklar o‘rtasida perinatal davrda sodir bo‘ladigan holatlardan o‘lim darajasini kamaytirishda, bizning fikrimizcha, homilador ayollarda anemiya kasalligini va vaqtidan oldin tug‘ilishlarning oldini olish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 2.2.5-jadval. Xorazm viloyatida o‘lganlarning yoshi va jinsi bo‘yicha taqsimlanishi koeffitsienti, 2011 y., shu yoshdagi har ming aholiga o‘lganlar soni* YOshlari Erkaklar ayollar
Jami aholi 0-4
4,1 3,1
3,6 5-9
0,4 0,4
0,4 10-14
0,3 0,4
0,4 15-19
0,5 0,4
0,4 20-24
0,8 0,7
0,8 25-29
1,3 0,8
1,1 30-34
1,8 0,9
1,3 35-39
2,2 1,3
1,8 40-44
4,0 2,0
2,9 45-49
5,0 3,0
4,0 50-54
8,1 5,0
6,5 55-59
14,4 9,1
11,6 60-69
29,1 20,9
24,9 70-79
68,8 57,8
62,8 80-84
143,1 114,2
125,9 85 va undan katta 141,8
127,4 131,4
Jami 4,7
4,2 4,5
SHu jumladan: mehnatga yaroqli yoshda 2,7 1,4
2,1 * A.Sadullaev. Quyi Amudaryo mintaqasining demografik rivojlanishi. Monografiya. Urganch 2014. 107 b.
YAna shuni ta’kidlab o‘tish zarurki, bolalar sog‘lig‘ining yaxshilanishiga va go‘daklar o‘limining qisqarishiga tug‘ruq yoshidagi ayollar va bolalarni sog‘lomlashtirish bo‘yicha majmuaviy tadbirlar, homilador va tug‘ayotgan ayollarga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatish, onalik va bolalikni muhofaza qilish xizmati bilan ta’minlash va uning sifatini yaxshilash, kontratseptiv vositalarning zamonaviy turlari bilan ta’minlashni yaxshilash, bolalarni tug‘ish sonlari o‘rtasidagi davrni uzaytirishni targ‘ibot qilish kabi jarayonlar ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Mustaqillik yillarida mintaqaning demografik rivojlanishi xususiyatlarini o‘rganib chiqish quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini beradi: - mamlakatimizda aholining mutloq soni o‘sib borayotganligiga qaramasdan, yillik o‘sish sur’atlari pasaymoqda. Aholi sonining yillik o‘sish sur’atlari pasayishi Quyi Amudaryo mintaqasi hududlarida ham namoyon bo‘lib bordi; - aholi soni o‘sib borish sur’atlarining nafaqat Quyi Amudaryo mintaqasida balki butun O‘zbekiston miqyosida kamayib borishi birinchi navbatda tug‘ilish ko‘rsatkichlarining pasayishi bilan bog‘liqdir. Tug‘ilish ko‘rsatkichlarining pasayishi 90-yillar avvalida boshlanib, hozirgi paytgacha davom etib kelmoqda; - tug‘ilish darajasining pasayib borishi iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy o‘zgarishlar (bozor munosabatlariga o‘tilishi, shaharlashuv darajasining oshishi, aholi ma’lumotlilik darajasining oshib borishi, ayollarning ijtimoiy ishlab chiqarishda tobora faolroq qatnashuvi kabilar) bilan bog‘liqdir; - mamlakatimizda aholi sog‘ligini saqlash borasidagi sa’i-harakatlar natijasida aholi o‘rtasida o‘lim va ayniqsa, bolalar o‘limi ko‘rsatkichlarini pasaytirishda katta muvaffaqiyatlarga erishildi; - ekologiyaning yomonlashuvi tufayli o‘limga olib keluvchi sabablar tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuqumli va parazitar kasalliklar, nafas olish organlari kasalliklari va havfli o‘sma kasalliklari umumiy O‘zbekiston ko‘rsatkichlariga, shu jumladan Xorazm viloyati ko‘rsatkichlariga nisbatan ham ancha yuqoriligi bilan ajralib turadi; - mintaqada, xuddi butun O‘zbekistondagi kabi, mustaqillik yillarida go‘daklar o‘limi koeffitsienti 3 - 4 barobarga kamaygan. Go‘daklar o‘limiga olib keluvchi sabablar ichida perinatal holatlardan o‘lim yuqori darajada saqlanib qolmoqda. - onalar va bolalarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish, profilaktikaga asoslangan sog‘liqni saqlash tizimini ustuvor rivojlantirish, tibbiy xizmat sohasi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, sog‘lom bolalar tug‘ilishi uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish mustaqillik yillarida O‘zbekiston demografik siyosatining asosiy maqsad va yo‘nalishlari bo‘ldi. 2.3 Viloyatda demografik rivojlanish istiqbollari
Demograflar va statistlarning hisob - kitobiga qaraganda, aholining tabiiy o‘sish ko‘rsatkichi hozirgi kattalikda saqlanib qolsa 2040 yilga kelib O‘zbekiston aholisi 50 mln. kishini tashkil qiladi. YUqori raqamli o‘sish ko‘rsatkichi, umumiy o‘lim ko‘rsatkichi, go‘daklar o‘limi ko‘rsatkichi past bo‘lganda ijobiy hisoblanadi. Aholi tabiiy o‘sishining pasayib ketishi barcha holatlarda ham jamiyat taraqqiyotining aniq noxushliklaridan dalolat beradi. YUqoridagilardan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston aholisining tabiiy o‘sish jarayonini ijobiy holat deb baholasa bo‘ladi, chunki bu jarayon umumiy o‘limning past ko‘rsatkichlari asosida
kechmoqda.
Onalar o‘limi ko‘rsatkichi mamlakatning ijtimoiy - iqtisodiy omillari bilan bir qatorda, jamiyatning an’analari va urf - odatlariga ham bog‘liqdir. Umuman olganda, O‘zbekiston Respublikasida 1991 yildan 2012 yilgacha bo‘lgan davrda onalar o‘limi ko‘rsatkichining darajasi 3,0 martadan ko‘proqqa kamaygan, ya’ni 65,3‰00 dan 21,2‰00 gacha. Go‘daklar o‘limi esa 34,6‰dan 9,1‰gacha yoki 3,5 barobarga kamaydi (2.3.1-rasm). (2.3.1-rasm). Onalar o‘limi (100 ming tirik tug‘ilganlarga) va go‘daklar o‘limi (1000 tirik tug‘ilganlarga) dinamikasi 2013 yilning 11 oyida amalga oshirilgan ishlar natijasida onalar o‘limi ko‘rsatkichi har 100 ming tirik tug‘ilgan chaqaloqlarga nisbatan 18,6 tashkil qildi, go‘daklar o‘limi 1000 nafar tirik tug‘ilgan chaqaloqlarga nisbatan 8,6 ga teng bo‘ldi.Onalar o‘limining oldini olish va kamaytirish sog‘liqni saqlash tizimining etakchi vazifasiga kiradi.SHu sababdan O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash Vazirligi tomonidan onalar kasalligi va o‘limining oldini olishga qaratilgan qator chora tadbirlar ishlab chiqilgan. Ular quyidagilardan iborat:
• reproduktiv salomatlikka oid barcha xizmat va ma’lumotlarni etkazish yo‘llarini oilalar va shunga ehtiyoj sezuvchilar uchun yaxshilash; • fertil yoshidagi barcha ayollarni tibbiy profilaktik ko‘riklarga jalb qilishni kengaytirish va samarali davolash xizmatini yaratish; • akusherlik - ginekologik xizmatni takomillashtirish; • tuman shifoxonalarining moddiy - texnik bazasini va shifokorlar malakasini yaxshilash choralarini amalga oshirish; • jamoat tashkilotlari, nashriyot, radio va televideniyani jalb qilish yo‘li bilan targ‘ibot va tashviqotni kuchaytirish, kontratsepsiyaning xavfsiz uslublari haqida aholiga ma’lumot berishni kuchaytirish. Oxirgi o‘n yilda onalar o‘limining sezilarli kamayishi, albatta mamlakat miqyosida joriy qilingan dasturlarning natijasidir.Onalar o‘limi bilan bir qatorda 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limi (go‘daklar o‘limi) davlatning ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishi va aholining tibbiy - biologik ravnaqini belgilovchi muhim indikatori hisoblanadi. Sog‘liqni saqlash tizimi faoliyati sifatini belgilashda go‘daklar o‘limi muhim o‘rin tutadi. Go‘daklar o‘limining kamayishiga bolalar
o‘limiga olib
keluvchi kasalliklarning kamayishi, respublikadagi tug‘ilish ko‘rsatkichining yaxshilanishi, tug‘ruqlar orasidagi davrni uzaytirish, fertil yoshidagi ayollarning kontratsepsiya vositalaridan foydalanishining ortishi va kasallikka chalingan, zaif bolalarning tug‘ilish hollarini pasayishi kabi omillar sabab bo‘ladi.Oxirgi yillarda go‘daklar o‘limining kamayishi yosh va yoshi katta bo‘lgan ayollar orasida tug‘ruqlar sonining kamayganligi sababli yuz berdi. Optimal yoshda bo‘lgan ayollarda, ya’ni 20-30 yosh oralig‘idagi tug‘ruqlar salmog‘i 82,0- 85,0 % ni tashkil etdi.O‘zbekistonda ayollarning kontratseptiv vositalar va usulari haqidagi tushunchasini, ularning yoshi, ma’lumoti va millatidan qat’iy nazar yuqori deb baholash mumkin.
Ko‘plab ayollar kontratsepsiya vositalarini davlat sektori orqali oladi: statsionarlar, ayollar maslahatxonalari, poliklinikalar va dorixonalar orqali. Fertil yoshidagi ayollarning kontratsepsiya vositalarini qo‘llashiga nisbatan bo‘lgan ijobiy munosabatini quyidagi omillar belgilaydi:
• Farzand tug‘ilishini bir qancha kechroq muddatga qoldirish istagi; • Ikkita yoki uchta farzand bilan cheklanish istagi; • Farzandlar soni bir necha bo‘lganda tug‘ish faoliyatini to‘xtatish istagi. Oila reproduktiv salomatligi bo‘yicha olib borilgan ishlarning asosiy natijasi onalar va bolalar o‘limi ko‘rsatkichining kamayishidir.
O‘zbekiston Respublikasida bolaning salomatligi haqida qayg‘urish uning tug‘ilishidan ancha oldin boshlanadi. Har bir oilada sog‘lom bola tug‘ilishini ta’minlash maqsadida bo‘lg‘usi ona - qizlar va o‘smir qizlar salomatligini mustahkamlashga katta e’tibor beriladi. Bunda erta nikohlarning oldini olish, oilada bola tug‘ilishini ongli nazorat qilish, reproduktiv salomatlik masalalariga erkaklarni jalb qilish oilaning barkamol ravishda demografik rivojlanishi va uning tibbiy - biologik holatini yaxshilashga qaratilgan chora - tadbirlarga alohida e’tibor beriladi. Aholi orasida jamoatchilikning keng doiralari va diniy tashkilotlar, hokimyatlar va Respublikaning mahalliy boshqaruv organlari bilan o‘tkazilgan tibbiy - tashkiliy va targ‘ibot ishlari natijasida erta yoshdagi va qarindosh - urug‘lar orasidagi nikohlarning qayd qilinishi, katta yoshdagi ayollar orasida tug‘ruqlar kamayib, har bir tug‘ruqlar orasidagi davr uzaydi. Bularning hammasi reproduktiv yoshdagi ayollar salomatligining yaxshilanishida aks etdi, umuman mamlakat bo‘yicha va uning mintaqalarida onalar va go‘daklar o‘limi ko‘rsatkichlarining kamayishiga olib keldi .SHunday qilib, biz uchun ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lgan onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab Prezidentimiz va davlatimiz tomonidan sog‘lom avlodni dunyoga keltirish hamda o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama etuk va barkamol etib tarbiyalash uchun barcha shart sharoitlar va imkoniyatlar yaratilmoqda. Bolalikdan nogironlikning oldini olish maqsadida Respublika skrining markazlarida nasliy va tug‘ma kasalliklarga chalinish xavfli guruxga kirayotgan 227 ming homiladorlar tibbiy-genetik tekshiruvdan o‘tkazildi. Tug‘ma gipotireoz va fenilketonuriyaga 553 ming chaqaloq tekshirildi. Nerv nayi nuqsoni va AFP/XG xromosomalarning sindromlari kasalliklariga chalinish xavfli guruhga kiradigan 45 mingdan ortiq homilador ayol biokimyoviy skrining tekshiruvidan o‘tkazilib, ulardan 3916 nafarida homila nerv nayi nuqsoni va xromosomalarning kasalliklari aniqlanganligi sababli xomiladorligi to‘xtatildi va nogiron bolalar tug‘ilishi oldi olindi.Istalmagan homiladorlikni oldini olish maqsadida ekstragenital kasalligi aniqlangan 1 mln. 760 mingdan ziyod tug‘ish yoshidagi ayollar zamonaviy kontratseptiv vositalar bilan qamrab olindi. Tug‘ma va tranzitor gipotireoz bilan xastalangan bolalar va xomilador ayollar uchun 3600 o‘ram “L-tiroksin-100”, fenilketonuriya bilan kasallangan bolalarga 6146 banka shifobaxsh ovqat maxsulotlari tarqatildi. “Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmasin” shiori ostida respublikaning olis hududlarida o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik davomida 193 ming aholi chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.Tibbiy xizmat sifatini yaxshilash va resurslardan samarali foydalanish maqsadida JSSTning zamonaviy klinik standartlari va texnologiyalarini joriy etish yo‘li bilan onalar va go‘daklar o‘limini kamaytirish, antenatal parvarishni takomillashtirish mavzusida 5864 nafar akusher- ginekolog, neonatolog va pediatrlar YUNFPA ko‘magida o‘qitildi. Tug‘ish yoshdagi ayollar, shuningdek, bolalar va o‘smirlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘liq ta’minlandi. 2011 - 2013 yillarda 535 ming nafar homilador ayol irsiy va tug‘ma kasalliklar bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazildi.
Bu 2013 yilda qariyb 2,7 ming bolaning tug‘ma xastaliklar va rivojlanishdagi nuqsonlar bilan tug‘ilishini oldini olish imkonini berdi. Muxtasar aytganda, “Ona va bola skriningi” dasturining hayotga tadbiq etilishi natijasida rivojlanishda nuqsoni bor bolalarning tug‘ilishi 2000 yilga nisbatan 1,8 marta kamaydi (I.Karimov).Respublikada 12 marotaba «Fertil yoshdagi ayollar, bolalar va o‘smir-qizlarni sog‘lomlashtirish haftaligi» o‘tkazilib, 793 nafar yuqori malakali mutaxassislar tomonidan hududlarda 143 ming tug‘ish yoshidagi ayollar va 100 ming o‘smir yoshdagi qizlar va bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 2013 yil davomida jami 7 mln. 190 ming tug‘ish yoshidagi ayollar va 7 mln. 290 ming bolalar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi, ayollarning 40,9% foizida va bolalarning 38,1% foizida sog‘lomlashtirish ishlari olib borildi.
Vitamin A tanqisligini profilaktika qilish maqsadida joriy yilda o‘tkaziladigan “Sog‘lom bola xaftasi”da respublikaning barcha xududlarida 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida vitamin A saplementatsiyasining 20 va 21-turlarini o‘tkazish uchun YUNISEF tomonidan 11 ming 286 flakon vitamin A preparati muruvvat yo‘li bilan olib kelindi va joylarga etkazilmoqda. Mamlakatimizdagi har bir ota ona, butun halqimizning ezgu orzusi bo‘lmish har tomonlama sog‘lom naslni voyaga etkazishda “Sog‘lom ona sog‘lom bola” dasturi doirasida barcha xududlarimizda biz uchun mutlaqo yangi bo‘lgan perinatal va skrining hamda reproduktiv salomatlik markazlarining zamonaviy tizimi yaratilganligi soha rivojida alohida yorqin sahifa bo‘ldi. SHu o‘rinda mamlakatimizda tibbiyot sohasida izchil o‘tkazilayotgan islohotlarning miqyosi va ko‘lami, darajasi hamda mohiyatini tasavvur qilish uchun quyidagi raqamlarga e’tibor qarataylik. 2013 yilda yurtimizda mutlaqo sog‘lom bolalar tug‘ilishi 63 foizdan oshdi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida kuchli ijtimoiy siyosatga asoslangan islohotlarning amalga oshirilishi natijasida aholining turmush farovonligi ko‘tarilib bormoqda. Turmush farovonligining eng asosiy ko‘rstakichlaridan hisoblangan aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar natijasida mamlakatimiz demografik rivojlanishida ijobiy tendensiyalar namoyon bo‘lmoqda. Binobarin, tug‘ilish jarayonining sifatiy ko‘rsatkichlari tubdan yaxshilandi, onalar va bolalar sog‘lig‘i mustahkamlandi, aholining umumiy o‘lim ko‘rsatkichlari past darajada saqlanib kelmoqda, go‘daklar o‘limi 3,5 barobarga qisqardi. Mamlakatimizning keyingi rivojlanish davrida ham aholi salomatligiga bo‘lgan e’tibor saqlanib qoladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2014-2018 yillarda O‘zbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va o‘smirlar sog‘lig‘ini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi to‘g‘risida” qabul qilingan qarori yaqin istiqbolda demografik jarayonlar kechishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Istiqlol yillarida mamlakatimizdagi iqtisodiy va ijtimoiy sohada yuz berayotgan ijobiy o‘zgarishlar aholi soni va tarkibining holatiga ham ta’sir ko‘rsatmasdan qolmadi. Ushbu yillarda mamlakat aholisi 20,6 mln kishidan 30,5 mln kishigacha ya’ni, 148,1 foizga ko‘paydi. Xorazm viloyati aholisi esa 1066,0 ming kishidan 1684,1 ming kishigacha (158,0 foizga) ko‘paydi. Mamlakatimizda aholining mutloq soni o‘sib borayotganligiga qaramasdan, yillik o‘sish sur’atlari pasaymoqda. Agar, 1991 yilda yillik o‘sish 2,4 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2013 yilda faqat 1,6 foizga teng bo‘ldi. Aholi sonining yillik o‘sish sur’atlari pasayishi Xorazm viloyatida ham namoyon bo‘lib, u 3,1 dan 1,8 foizgacha pasaydi. Aholining yillik o‘sish sur’atlari Xorazm viloyatida ushbu davrda 41,9 foizga kamaygan. Viloyat demografik rivojlanishining istiqbollarini taxlil qilishni biz demografik bashorat yordamida amalga oshirishga harakat qildik. Demografik bashoratning asosiy maqsadi mamlakatning, ayrim mintaqalarning va aholi punktlarining (shaharlar va qishloqlar) aholisini kelajakdagi sonini va yosh-jins tarkibini baholab berish hisoblanadi. Bunday ma’lumotlarni hisobga olmasdan butun jamiyatning yoki iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari rivojlanishini ijtimoiy – iqtisodiy jihatdan belgilab olish yoki bashorat qilish mumkin emas. Xorazm viloyatida yaqin 15 yil ichida, ya’ni 2030 yilgacha aholi soni qanday sur’atlarda ko‘payib borishi, unga ta’sir qiluvchi demografik jarayonlar: tug‘ilish, umumiy o‘lim va bolalar o‘limi ko‘rsatkichlari qanday o‘zgarib borishini aniqlashda men demografik bashoratning ekstrapolyasiya usulidan foydalandim. ekstrapolyasiya usuli bashorat davrida bevosita yaqin yillarda yuz bergan demografik jarayonlar tendensiyasi saqlanishi va rivojlanishini ehtimol tutadi. Bashorat ssenariysi ham, aynan mana shunga, ya’ni kuzatilayotgpn tendensiyalar yaqin kelajakda ham saqlanib qoladi degan gepotezaga asoslanadi. CHunki butun demografik tarix tomonidan shu narsa tasdiqlanganki, demografik jarayonlar yuqori inersiyaga ega hisoblanadi.Ushbu bitiruv malakaviy ishimda men Viloyat demografik rivojlanishi bashoratining umumiy natijalari to‘g‘risida gapirib o‘taman. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlar demografik rivojlanishidagi ijobiy tendensiyalarning saqlanib qolishi ehtimolligi yuqoriligini belgilab beradi. YAqin istiqbolda aholi sonining o‘sish sur’atlari pasayish tendensiyasi davom qiladi, ya’ni xozirgi 1,8 foizlik yillik o‘sish sur’atlari sekin asta pasayib bashorat davrining oxiriga borib 1,2-1,3 foizga tushadi. Mintaqada aholi soni o‘sib borish sur’atlarining pasayib borishi birinchi navbatda tug‘ilish ko‘rsatkichlarining qisqarishi bilan bog‘liqdir. Tug‘ilish ko‘rsatkichlarining qisqarishi 90-yillar avvalida boshlanib, hozirgi paytgacha davom etib kelmoqda. Masalan, 1991 yilda butun O‘zbekiston bo‘yicha har ming aholiga 34,68 ta tug‘ilish qayd qilingan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich xozirgi kunga kelib (2013 yil) 25,47 tagacha pasaydi, pasayish darajasi ushbu davrda -26,6 foizni tashkil qildi. Tug‘ilishning pasayish tendensiyasi Xorazm viloyatida ancha yaqqolroq namoyon bo‘lib, u ushbu davrda – 37,0 foizga (36,05 dan 22,71 promillegacha) kamayganini ko‘rishimiz mumkin buldi. Viloyatda tug‘ilish darajasining pasayib borishi tendensiyasini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, istiqbolda ham bu tendensiyaning davom etishi ehtimolligi juda yuqoridir. Tug‘ilishning umumiy darajasi, ya’ni har ming aholiga tug‘ilganlar soni 2013 yildagi 22,3 promilledan 2030 yilga borib 16,0 promillegacha pasayadi. Tug‘ilish darajasining pasayib borishi, birinchi navbatda aholi o‘rtasida oilada bolalar sonini rejalashtirish tendensiyasining keng tarqalib borayotganligi bilan bog‘liqdir. Xozirgi kunda viloyat aholisi, xuddi respublikamizda bo‘lganidek kam bolalik oilalarni ma’kul ko‘radigan davrga etib keldi. Ushbu jarayonning yuz berayotganligini bizning viloyatda o‘tkazgan sotsiologik tadqiqotlarimiz (2007-2008 y.) xam yaqqol tasdiqlab bergandi. Ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma shuni ko‘rsatdiki, aholi o‘rtasida oilada bolalar sonini rejalashtirish fikri to‘liq shakllangan. Buning uchun ular xohlamagan homiladorlikdan saqlanish vositalarini ham bilishadi va keng qo‘llaydilar. Ayollar ko‘p bola tug‘ilishining va ular o‘rtasidagi oraliqlar qisqa bo‘lishi, o‘zlarining va tug‘iladigan farzandlarining sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ham biladilar. Ular xatto, farzandlariga o‘zlariga nisbatan kam farzandlar ko‘rishni maslahat bergan bo‘larkanlar. Viloyatda tug‘ilishning yig‘indi koeffitsienti (15- 49 yoshdagi har bir ayolga to‘g‘ri keladigan tug‘ilishlar soni) ham yildan-yilga pasayib bormoqda. Tug‘ilganlarning navbati bo‘yicha taqsimlanishini tahlil qilish shunday xulosaga kelish imkonini beradiki, yuqori navbatda tug‘ilgan farzandlarning soni tobora kamayib bormoqda. Xorazm viloyatida 2011 yil ma’lumotlari bo‘yicha oilada to‘rtinchi farzandlarning tug‘ilishi – 57,5 foizga, beshinchi va undan yuqori navbatdagi farzandlarniki – 90,0 foizga kamayib ketgan. Beshinchi va undan yuqori navbatdagi farzandlarning tug‘ilishi ancha kam uchraydigan hodisa bo‘lib qoldi. Viloyatda xozirgi kunda tug‘ilishlarning asosiy qismi (70,8 foizi) ayollarning 20-30 yoshlariga to‘g‘ri kelmoqda. eng asosiysi 20 yoshgacha bo‘lgan davrda, ya’ni ayollarning organizmi tug‘ish uchun hali to‘liq shakllanmagan davrda tug‘ishlar soni kamayib ketgan. Tug‘ilish ko‘rsatkichlari 35-39, 40-44 va 45-49 yoshlarda ham ancha katta hajmda kamaygan. Bu oilada bolalar sonini cheklash tendensiyasining keng tarqalib borayotganligi tasdiqlaydi.Ayollarning jamiyatda tutgan o‘rni yildan-yilga oshib borayotganligi tug‘ilishga ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy omillardan biri hisoblanadi. Tug‘ilish darajasining pasayishiga ta’sir ko‘rsatadigan yana bir omillardan biri bu hududning shaharlashish darajasi, ya’ni urbanizatsiya ko‘rsatkichining oshib borishi hisoblanadi. Qishloq joylarida qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lmagan sohalarning hissasi va ularda band bo‘ladiganlarning hissasi oshib borishi shaharlashish jarayonini yanada tezlashtiradi. SHahar va qishloq aholisining tug‘ilish darajasidagi farqlar hozirgi paytda ham ancha katta bo‘lib, Xorazm viloyatida shaharlarda tug‘ilish darajasi (har ming kishiga) qishloqlar darajasining 72,3 foizini tashkil qilgan. SHaharlarda tug‘ilish darajasining qishloqlarga nisbatan past bo‘lishi shahar turmush tarzining o‘ziga xosligi, ayollarning bandlik darajasi yuqoriligi bilan izohlanadi. Tug‘ilish darajasiga ma’lum ma’noda ta’sir ko‘rsatadigan yana bir sabab, nikohga kirish yoshi hisoblanadi. Bola tug‘ish davrining davomiyligi taxminan 30 yilga teng bo‘ladi. Bundan tashqari, ayollarning yoshi oshib borishi bilan homilador bo‘lish ehtimolligi kamayib boradi. SHuning uchun ham nikohga kirish yoshining har qancha ko‘tarilishi ayollar tomonidan tug‘adigan bolalar soni kamayishiga olib keladi. Mamlakatimizda oila qurish davrigacha o‘quv yurtini bitirib olish, binobarin iqtisodiy mustaqilligini oshirishga intilishi natijasida nikohga kirish yoshi ancha ko‘tarildi. Agar, ilgari 20 yoshgacha davrda qizlarning yarmi turmushga chiqqan bo‘lsa, xozirgi paytda bunday yoshda faqat 18 % qizlar nikohga kiradilar. Aholi sonining o‘sishiga ta’sir ko‘satadigan asosiy omillardan biri, bu aholi o‘rtasida o‘lim ko‘rsatkichlarining darajasidir. Bu jarayon aholining yosh tarkibi, mamlakatda tibbiyotning rivojlanish darajasi, aholining tibbiy va sanitariya-gigiena bilimlarining darajasi bilan bevosita bog‘liqdir. Mamlakatimizda istiqlol yillarida aholi turmush farovonligini oshirib borish bilan birgalikda uning salomatligini yaxshilashga katta ahamiyat berildi. Sog‘liqni saqlashning zamonaviy tarkibiy tizimini shakllantirish, ayollar va bolalar salomatligini muxofaza qilish tizimining sifatini tubdan oshirish, pediatriya va tug‘ruq
muassasalari moddiy-texnik bazasini yanada
rivojlantirish va
mustahkamlash, qishloq aholisiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatishni takomillashtirish, tibbiyot xodimlarining malakasi va kasb mahoratini muttasil oshirib borish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash kabi chora tadbirlarning amalga oshirilishi aholi salomatligini yaxshilashda katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Mana shunday sa’i-harakatlar natijasida, aholi o‘rtasida o‘lim va ayniqsa, bolalar o‘limi ko‘rsatkichlarini pasaytirishda katta muvaffaqiyatlarga erishildi. Aholi o‘lim ko‘rsatkichlari o‘zgarib borishini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, 1991-2010 yillar ichida umumiy o‘lim koeffitsienti (har ming kishiga o‘lganlar soni) Xorazm viloyatida 5,92 dan 4,43 gacha (-25,2 foizga) kamaydi. Istiqbolda viloyatning demografik rivojlanishida aholi o‘rtasida o‘lim ko‘rsatkichlarining barqaror past darajada saqlanib turishi davom etadi. Bu ko‘rsatkich darajasi 2013 yilgi 4,4 promiledan (har ming kishiga o‘lganlar soni) 2030 yilga borib, deyarli shu darajada saqlanib qoladi, va 4,3 promilleni tashkil qiladi. Umumiy o‘lim ko‘rsatkichlarini pasaytirishda mintaqa sharoitida ekologik ahvolning tangligidan kelib chiqadigan kasalliklardan, ya’ni turli o‘smalar, ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari, buyrak kasalliklaridan o‘lim hodisalarini kamaytirish muhim hisoblanadi. Tibbiyot tizimining zamonaviy diagnostika va davolash uskunalar bilan qurollantirilishi, malakali tibbiyot xodimlarini bilan ta’minlash, va ayniqsa aholining tibbiy madaniyati oshib borayotganligi ushbu kasalliklarga qarshi kurashda ijobiy natijalarni berishi darkor. Millatning salomatligi ko‘p jihat inson hayotining dastlabki davri bilan bog‘liqdir. O‘z navbatida, bolalar salomatligini asosiy qismi onalar sog‘lig‘iga, organizmning tug‘ilishgacha va tug‘ilishdan keyingi davrlardagi rivojlanishi, hamda bola hayotining birinchi yilida beriladigan tibbiy yordamning sifatiga ham bog‘liqdir.
Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling