Direktor va uning o’rinbosarlarining vazifalari - Ishlarni rejali olib borish direktorga asosiy e’tiborni maktabga rahbarlik qilishda kuratish, kollektivning barcha xodimlarini o’quvchilar ta’lim-tarbiyasining aktual masalalarini hal qilishga maktabning barcha xodimlari mehnatni maqsadiga muvofiq tashkil etishga maktabning ish rejasini uyg’unlashtirishga yordam beradi. Ilmiylik prinsipi xalq maorifining barcha ishlarni jamoat taraqqiyotining obyektiv qonunlari asosida, fan, madaniyat, san’at muvaffaqiyatlarini pedagogika, psixologiya, gigiyena, o’quv predmetlarining o’qitish metodikalari va fan sohalaridagi hozirgi zamon Tadqiqotlarini hisobga olgan xolda tashkil etadi.
- Maktab rahbarlari va barcha o’qituvchilar oldida turgan eng muhim vazifalaridan biri umumiy majburiy ta’lim haqidagi qonuni bajarilishidir.
- Direktor maktabga bevosita rahbarlik qiladi. Uning faoliyati maktab jamoasi bilan belgilanadi. Maktab direktori ma’naviyatligiga pedagogik, psixologik yetukligi, madaniyatliligi, siyosiy, so’zamolligi, chaqqonligi, uddaburonligi va shu kabi umuminsoniy shaxsiy xislatlarga ega bo’lishi kerak. U maktab ishlarini tashkil etishning nazariy va amaliyotini, maktabning o’quv rejasi va o’quv predmetlarining dars turlarini juda yaxshi bilishi, o’qituvchilarga nisbatan nazokat va talabchan, didli va prinsipial tashabbuskor ijobiy tajribani kura biladigan kamchiliklarni mohirlik bilan oldini olish yosh o’qituvchilardan yordamini ayamaydigan kishi bo’lishi lozim.
- Maktab direktori kadrlarni to’g’ri tanlash va joy-joyiga kuyishni ta’minlaydi, xodimlarni malakasini oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratadi. O’quvchilar bilimini sifati sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni mazmuni va tashkil etishi ustidan nazorat qiladi:
- O’quvchilarning mehnat tarbiyasi va ularni kasbga yo’llash ishlarini tashkil etadi. O’quvchilar uz-o’zini boshqarish organlarining ishini yo’naltiradi, maktab tashkilotlari ishga yordam beradi. Maktabning ota-onalar va jamoatchilik bilan olib boradigan ishini tashkil etadi. Maktab xodimlari orasida vazifalarni taqsimlaydi, ularning bajarishini kuzatadi: Maktab ishi haqida hisobot beradi; eng yaxshi o’quvchilarni mukofotga tadbiq etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |