Urganch davlat universiteti servis faoliyati asoslari
- unumdorlik – samaradorlikka erishishda resurslarni minimazasilanish darajasi. bu samaradorlikka iqtisodiy yondashish bilan yaqinlashish hisoblanadi
Download 0.51 Mb.
|
SFA Maruzalar matni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Xizmat ko‘rsatish samaradorligini baxolash uchun ma’lumotlarni keng qamrovli tahlil etish (DEA usuli)
- - raqobat jangi sharoitida yashovchanlik; - raqobatchilar bilan bo’ladigan jangda ilg’orlik; - yirik moliyaviy omadsizlik va bonrotlikka yo’l qo’ymaslik;
- - foydani yuqoriligi va xarajatlarini kamligi; - rentabellik va boshqalar.
- unumdorlik – samaradorlikka erishishda resurslarni minimazasilanish darajasi. bu samaradorlikka iqtisodiy yondashish bilan yaqinlashish hisoblanadi.
- effektivlik – iste’molchilar talablari va kutishlari qondirilgan xizmat ko’rsatish jarayonini darajasidir. boshqacha qilib aytganda, bu kerakli mahsulotni kerakli joyda, kerakli vaqtda, kerakli narxda ishlab chiqarishdir. bu mezon maqsadga muvofiqlik bilan (natijalarni va maqsadlarni bir-biriga mos kelishi) yaqinlashadi. - adaptivlik – xizmat ko’rsatish jarayonlarini kelajakka moslashtirish maqsadida egiluvchanligi, iste’molchilarni kutishlaridagi o’zgarishlari va korxonani ishiga turli innovasiyalarni kiritish yo’li bilan xizmatlarni rivojlantirishdir. 5.Xizmat ko‘rsatish samaradorligini baxolash uchun ma’lumotlarni keng qamrovli tahlil etish (DEA usuli) Servis korxonasini ish samaradorligi deyilganda, uni faoliyat natijalarini xarajatlarga nisbati tushuniladi. Samaradorlikni bunday tiushunilishiga xarajat – resursli yondashish akslangan. Samaradorlikka maqsadli mo’ljallanishli yondashuv ham maajud. U korxona oldiga qo’yilgan birlamchi maqsadlar naqadar bajarilganligini taqqoslash imkonini beradi. Bunga o’xshash maqsadlar quyidagilardan iborat bo’ladi: - raqobat jangi sharoitida yashovchanlik; - raqobatchilar bilan bo’ladigan jangda ilg’orlik; - yirik moliyaviy omadsizlik va bonrotlikka yo’l qo’ymaslik; - barqaror ahvol va ijobiy imidjga ega bo’lish; - iqtisodiy potensialini o’sishi; - ishlab chiqarish va sotuv hajmlarini oshishi; - foydani yuqoriligi va xarajatlarini kamligi; - rentabellik va boshqalar. Bu ikki yondashuv bir-birini to’ldirgan holda o’zaro juda yaqin bog’langan. Ko’p hollarda, ular boshqaruv jarayonlarini hamma tushunishlarini qamrab oladi. Servis korxonasini ish amaliyotida umumiy samaradorlikni tahlil qilish alohida bo’limlar ishi foydasi hisobga olinsada, boshqaruvni yuqori bo’g’ini darajasida amalga oshiriladi. Iqtisodiy samaradorlikni hisoblash xarajatlarni iqtisodiy samara bilan taqqoslash yo’li bilan amalga oshiriladi. Musbat natija iqtisod qilinganligidan, manfiy natijada zarardan dalolat beradi. Ammo, oxirgi yillarda iqtisodiy amaliyotda korxona ishi samaradorligini tushunishda boshqa mezonlar va jihatlar shakllanmoqda. Natijaviy (natijalar va maqsadlarni o’zaro taqqoslash bilan bog’liq) va iqtisodiy (resurs xarajatli) samaradorlikni farqlash yetarli emasligi oydinlashmoqda. Korxona faoliyati maqsadlarini, shuningdek samaradorlik mezonlarini o’zini tahlil etish zarur bo’ladiki, bu esa ushbu muammoni keng ko’rib chiqish darajasiga ko’taradi. Masalan, jamiyatni rivojlanishi va iqtisodiyotni rivojlanishi maqsadlari haqidagi tassavurlarni sekin bo’lsada, ammo doimiy transformasiyalanishi ma’lum. Bir vaqtni o’zida samaradorlik mezonlari haqidagi tassavurlar ham o’zgarmoqda. Oxirgi yillarda boshqaruvni jahon amaliyotida korxona ishi natijaviyligini baholashni yanada keng usullari paydo bo’lmoqdaki, ular uning faoliyatini turli, jumladan, odamlar (kadrlar tarkibi va iste’molchilar) bilan bog’liq bo’lgan omil va sharoitlarini hisobga olishga yo’naltirilgandir. Samaradorlikni tushinish yuzaga kelgan sharoitda natijalar qanday resurslar kombinasiyasi yordamida olinganligi, nimalar nazardan qochirilganligi, qanday imkoniyatlardan foydalanilmaganligi, amalga oshirilgan tahlilni hisobga olgan holda kelgusida effektivlikni qanday oshirish mumkinligini aniqlash bilan bog’lanmoqda. Servis faoliyatini o’ziga xosligiga to’liqroq javob beruvchi iqtisodiy samaradorlikni aniqlashdagi bunday keng yondashuv kompleksli iqtisodiy tahlil nazariyasida beriladi. Uning doirasida servis korxonasini samaradorlikgi istiqbolli, joriy va tezkor tahlil qilish bo’limlarida ko’rib chiqiladiki, uni asosida erishilgan natija baholanadi, shuningdek uni o’zgarishi omillari, foydalanilmagan imkoniyatlar, uni oshirish zahiralari aniqlashtiriladi. Servis korxonasini samaradorligi xarajatlarni shakllanishi, xizmat hajmini, foydani rejalashtirish, investision loyihalarni amalga oshirish va boshqalar nuqtai nazaridan tadqiqot etilishi mumkin. Shu bilan birga xarajatlarni, ularni taqsimlash usullarini, smetalarni tuzish va nazorat qilishni, birlik mahsulot tannarxini kalkulyasiyalashni va boshqalarni tahlil qilish zaruriy masalalar bo’lsada, ayni vaqtda ular servis korxonasi umumiy samaradorligini tahlil etishning boshlang’ich bosqichi hisoblanadi. Bir vaqtning o’zida natijaga ta’sir qiluvchi, ammo iqtisodiy samaradorlikni hisoblashda e’tiborga olinmaydigan tashqi va ichki omillarni ham hisobga olish zarur bo’ladi. Chunonchi, korxonani faoliyatiga aloqador bo’lgan va uni samaradorligi darajasiga ta’sir etuvchi ijtimoiy maqsadlar va turli guruh manfaatlaridan abstraksiyalanish hyech ham mumkin emas. Shunday qilib, boshqaruv samaradorligini ko’rib chiqish bizni ko’p darajali va ko’p jihatli munosabatlarni tushunishga undaydiki, ularni rostlashga menejment mas’uldir. Boshqaruv subyektlari o’z faoliyatlari bilan servis korxonasiga bevosita yoki bilvosita aloqador bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslarni bir-biriga qarama-qarshi, ko’p hollarda ziddiyatli munosabatlarini garmonizasiya qiladi. O’z ishlarida ular material-texnik va moliyaviy oqimlarni rostlay turib, faqat foydani maksimallashtirish muammosiga e’tibor qarata olishmaydi. Menejment bir vaqtni o’zida mijozlarni talablarini tahlil qiladi, personalni kerakli yo’nalishga motivasiya qiladi, yetkazib beruvchilar bilan kelishadi. Bu holda rahbariyat servis korxonasi ishiga ta’sir etuvchi, ishtirokchilar tarkibi va ularni manfaatlarida akslanadigan barcha komponentlarni o’zgarishi faktlarini hisobga olib borishiga to’g’ri keladi. Umumiy samaradorlikni bunday tushinilishi iqtisodiy ko’rsatkichlardan tashqari servis korxonasini keng faoliyatini akslantiruvchi qator qo’shimcha ko’rsatkichlardan (tashkiliy, ijtimoiy-guruhli, yakka-ruhiy va boshqalar) foydalanishni talab qiladi. Bu holda, korxona, ish samaradorligi haqida quyidagi ko’rsatkichlar dalolat beradi: Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling