Urganch davlat universiteti servis faoliyati asoslari


- iste’molchiga uni oldida qanday tovar turganligi haqida to’liq ma’lumot berishi


Download 0.51 Mb.
bet28/130
Sana22.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1647425
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   130
Bog'liq
SFA Maruzalar matni

- iste’molchiga uni oldida qanday tovar turganligi haqida to’liq ma’lumot berishi;
- tez, to’g’ri bank kreditini rasmiylashtirishi va berishi;
- yangi narsani tikishi yoki yaroqsizini ta’mirlashi;
- kasal tishni davolashi.
Iste’molchi sotuvchi, bank ishchisi, tikuvchi, tish doktori bilan uchrashgach, ko’rsatilgan xizmat mulkdoriga aylanmaydi, faqat narsalar, pullar yoki tiklangan sog’liq egasi bo’ladi. Nomoddiy bo’lgan holda xizmatlar katta miqdor va hajmlarda iste’mol qilinishi mumkin, ammo ularni taxlash, jo’natish, oldindan kelgusiga tayyorlab qo’yish mumkin emas. Bularni hammasi yana bir marta xizmat ishlab chiqaruvchilarni va ular iste’molchilari o’rtasidagi bevosita kontaktlarni xizmat ko’rsatish sohasidagi ahamiyati haqida guvohlik beradi.
Xizmat ko’rsatsh davomida ishlab chiqaruvchi va iste’molchini o’zi ma’lum kontakt zonasi doirasida o’zaro ta’sir etishadi, bu zona esa turli servis turlarida va turli korxonalarda turlicha tashkil etilgan, turli ko’lamga ega turli sharoitlarda amal qiladi. Ko’pgina hollarda kontakt zonasi ishchisi va iste’molchi firma ofisidagi xizmat stolini turli tomonlarida o’tirishadi. Bu holda ishchi o’z xizmatini taklif eta turib, iste’molchi ro’parasida turadi yoki ular o’rtasida harakat qiladi (masalan, auditoriyadagi o’qituvchi, avialayner salonidagi styuardessa va boshqalar). Hamma bu hollarda ishlab chiqaruvi va xizmat iste’molchisi o’rtasidagi masofa o’rtacha 1 m. dan 70 sm. diapozonda o’zgarishi kerak.
Dastlabki buyurtmalarni qabul qilish bilan bog’liq bank yoki pochta xizmat ko’rsatishi jarayonida, xizmat ko’rsatishda kontakt zonasi maxsus qabulxonasida shakllantiriladi. Bitta ishchi o’ringa 3-3,5 m2 maydon ajratiladi. Servis ishchisi va iste’molchi o’rtasidagi kontakt chizig’i pul va hujjatlarni uzatish uchun teshikli tiniq ekran o’rnatilgan yog’ochli ustun bilan ajratiladi. Servis ishchisi ekranni bir tomonida o’tirib mijozlarga xizmat ko’rsatadi, ayni shu vaqtda ular navbat bilan xizmatni iste’mol qilishadi. Bu holda ekran kontakt zonasi ishchisi asabini yuklamalardan himoya qilib, himoya funksiyasini bajaradi, chunki kontakt zonasi chegaralangan, iste’molchilar oqimi esa doimiy xarakterga ega.
Shu bilan bir qatorda, shaxsiy xizmatlarni ko’p qismi o’ta siqilgan kontakt zonasi fazosida ko’rsatiladiki, unda ishchi mijozga juda yaqin keladi. Bu sartaroshlik, kosmetik, hammom xizmatlarini amalga oshirish, restoran, sanitar sog’lomlashtirish, madaniy valeologik xizmat ko’rsatish jarayonlarida va boshqalarda ro’y beradi. Bunda xizmat iste’molchisi tik turishi (kasalni vrach tomonidan ko’rish prosedurasi), o’tirgan bo’lishi (ofisiant xizmat ko’rsatayotgan restoran tashrif buyuruvchisi) yoki yotgan bo’lishi (tibbiy hamshira tomonidan uqalash mulojasini olayotgan sanatoriy dam oluvchisi).

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling