- sanoat ishlab chiqarilishi hajmlarini tutib kelishi;
- aholini daromadlarini va hayot darajasini pasayishi;
- turli resurslar, sanoat mahsulotlari va xizmatlar narxlarini turli-tumanligi.
6-MAVZU. ISTE’MOLCHILARGA ALOQA ZONASIDA XIZMAT KO‘RSATISH. ISTE’MOLCHILARGA XIZMAT KO‘RSATISH SHAKL VA USULLARI
Reja:
1.Aloqa zonasini tavsifi.
2.Aloqa zonasida xizmat ko‘rsatuvchi personalga qo‘yiladigan talablar.
3.Aloqa mazmuni. Iste’molchi tomonidan xizmatni tanlash va xaridni amalga oshirish bo‘yicha harakat fazalari.
4.Xizmatlarni taqdim etish asosiy usullari. Xizmat ko‘rsatish shakllari.
1.Aloqa zonasini tavsifi
Xizmat ko‘rsatish zonasi quyidagilardan tashkil topadi:
Kontakt zonasida iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish o‘z ichiga nusxalarni taqdim etish, albom va jurnallardagi modellarni namoish etish kiyim-kechak va oyoq kiyimini namoish etishlarini oladi. Iste’molchilarning xoxishlariga modellari o‘zgartirishlar kiritiladi. Iste’molchilar buyurtmalariga ko‘ra yakka tartibdagi mahsulotlarni loixalashtirishda kiyim-kechak va oyoq kiyimini loyihalashtirishning amaliy dasturni shaxsiy kompyuterlardan foydalaniladi. Tayyorlangandan keyin tayor mahsulotlar sifat nazoratiga tutiladi va o‘lchanishdan o‘tiladi. Agarda mahsulot sifat talablariga, shartnoma shartlariga va iste’molchi talablariga mos keladigan bo‘lsa, xizmatlarga haq to‘lanadi va iste’molchiga beriladi.
Ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasidagi munosabatlar moddiy narsalar va predmetlar atrofida bo’lgan funksional tavsifi, ma’lum sifatlari atrofida konsentrlanadi. Yuqorida sanab o’tilgan xizmat ishlab chiqaruvchilari quyidagilarga majbur:
Do'stlaringiz bilan baham: |