- ishlab chiqarish vositalariga va ishlab chiqaruvchilar mexnatini natijasiga bo’lgan monopoliyani yengib o’tish;
- erkin raqobatni ta’minlash;
- iste’molchilarni bozorga erkin kirib kelishini ta’minlash;
- to’liq bozor informasiyasini to’siqsiz tarqatish va tadbirkorlarga yetkazish;
Mayda ishlab chiqarishlar shaxsiy xizmat ko’rsatish, jumladan dam olish va ko’ngil ochish korxonalari, mehmonxona xo’jaligi, avtoservis, maishiy xizmat ko’rsatish va boshqalarda rivojlanadi. Ular o’rta, katta va o’ta katta korxonalar uchun foydali bo’lmagan servis segmentlarini egallab olishgan. Bozor tang holatga kelganda katta firmalar bankrot bo’lishadi, maydalari esa yashab qolishadi. Servis sohasidagi o’rta, mayda va o’ta mayda korxonalar quyidagi afzalliklarga ega:
- ko’p kapital xarajatlarni talab qilmaydi;
- innovasiya va tez o’zgarayotgan iste’molchilar talabiga mo’ljal olib dinamik tarzda rivojlanish;
- yangi ishchi o’rinlari manbai hisoblanadi;
- ko’pgina shaxslarga, jumladan yangi ish boshlayotganlarga o’z tashviqotini amalga oshirishga ko’maklashadi, chunki ularga turli jarayonlari va hodisalari o’rtasidagi bog’liqlik aniq bo’lgan faoliyat maydonini taklif etadi;
- ishchilarga birdaniga ko’pgina o’z qobiliyatlarini ishga solish imkonini beradi, chunki bu yerda mehnat taqsimoti o’ta shartli bo’lib, mehnat operasiyalarini diferensiyalanishi va segmentasiyasi minimaldir.
Mayda va o’rta korxonalarni ishchilari ular ishini o’ziga xos xususiyatlari tufayli iste’molchilarni hattoki kuplamagan talablariga ham hozirjavob bo’lib, xizmatlarni individual xarakterini chuqurlashtiradi. Bundan tashqari, dunyoni ko’pgina davlatlarida o’rta va mayda servis korxonalarida yoshlar o’z mehnat faoliyatini boshlaydi, chunki, odamni boshlang’ich tadbirkorlik ko’nimalarini egallashi, mustaqil pul ishlab topishi uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
Kadrlar tarkibidagi yoshlar ulushini ko’pligi xizmatlar sohasida yangiliklar kirib borishiga ko’maklashadi. Ammo, shunga qaramasdan servis sohasidagi o’rta, mayda va o’ta mayda korxonalarini raqobatbardoshlik darajalarini katta korxonalarga nisbatan ancha past bo’lishiga olib keluvchi qator tavsiflar mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |