Urganch davlat universiteti servis faoliyati asoslari


Nima uchun servis tashkilotlari globallashtirish yo‘lidan bormoqda?


Download 0.51 Mb.
bet22/130
Sana22.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1647425
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   130
Bog'liq
SFA Maruzalar matni

2.Nima uchun servis tashkilotlari globallashtirish yo‘lidan bormoqda?
Hozirgi zamonaviy xizmatlar o’zgarayotgan hayot sharoitiga nisbatan egiluvchan bo’lib, iste’molchilar so’roviga elastik moslashish strategiyasiga ega. Bunga bu sohadagi biznesni quyidagi xususiyatlari ko’maklashadi:
- kapital va investisiyani yuqori aylanuvchanlik tezligi;
- nisbatan qisqa ishlab chiqarish sikllari;
- yangi ishni tashkillashtirish uchun unchalik ko’p bo’lmagan boshlang’ich kapitalni zarurligi;
- servisni ko’pgina sohalaridagi biznesni nisbatan yuqori foydaliligi.
Hozirda servis faoliyati nafaqat birinchi va ikkinchi sektorlarda paydo bo’layotgan ko’pgina innovasiyalarni moslashtirib oladi va balkim iqtisodiy va ijtimoiy amaliyotni barcha sohalarini faollashtiruvchi innovasiyalarni ishlab chiqaruvchisi ham hisoblanadi.
XX asrni 60-yillaridan keyin tadbirkorlik tarmoqlari keng rivojlana boshladi. Firmalararo tadbirkorlik tarmoqlari deganda, ma’lum sonli mustaqil firmalar o’rtasidagi munosabatlar to’plami tushuniladi, ular shu firmalar tomonidan ishlab chiqiladi va ularga o’z biznesini umumiy jihatlarini o’ziga xos tarzda rostlash imkonini beradi. Bunda firmalararo bog’liqlik, bu firmalarni bir butun integrallashgan tashkilotga birlashuvidan va o’z faoliyatini xaotik muvofiqlashtirishdan farq qiladi. Bu tarmoqlarda shu davlatda amal qilayotgan qonunlarga asoslangan ko’pgina ichki qoidalar va erkin holda qabul qilingan majburiyatlar ishlab chiqiladi.
Tarmoqga birlashgan firmalar o’zaro kelishilgan holda raqobat jangini bir butun sohasi sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Tarmoq sheriklarni ko’pgina faoliyat sohalarida erkinlik beradi va ayni shu vaqtda nazoratga ajratilgan xarajatlarni kamaytiradi. Tashkillashtirishni tarmoqli shakli turli resurslarni tejamkorona sarflanishiga olib keladi. Tarmoqlarga asoslangan tashkillashtirish shakliga o’tishda quyidagi omillar hisobga olinadi:
- nou – xau va tashkiliy egiluvchanlikga bo’lgan yuqori talab;

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling