Urganch davlat universiteti servis faoliyati asoslari


- bozor noananiqligini pasaytirish zaruriyati


Download 0.51 Mb.
bet23/130
Sana22.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1647425
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   130
Bog'liq
SFA Maruzalar matni

- bozor noananiqligini pasaytirish zaruriyati;
- yuqori texnologiyali sanoat bazasini rivojlantirish muhimligi;
- ijtimoiy va madaniy tipdagi turli tuman ishchilarni boshqarish zaruriyati.
Firmalararo tarmoqlarni quyidagi turlari mavjud:
- qo’shma korxona;
- franchayzing;
- konsorisium;
- komersiyali tijoratli kelishuv;
- subpodryadlar bo’yicha ishlar bajarish;
- personal tarmoqlar.
Tadbirkorlik tarmoqlariga qo’yidagi konstruktiv sifatlar xos:
- dinamizm – o’zgarayotgan vaziyatga moslasha olish;
- ko’p o’lchovlilik – turli faoliyat strategiyasi uchun muhit yaratish;
- yashovchanlik, tarmoqlarni uni bir qismi buzilganda ham o’z-o’zini rostlay olishi.
Zamonaviy iqtisodiy amaliyotda tadbirkorlik tarmoqlarini, intensiv rivojlanishi turli masshtabdagi mustaqil firmalarni yo’qolib ketishini anglatmaydi. Hozirgi paytda juda katta va katta servis korxonalari mayda biznes, jumladan juda mayda firmalar bilan birlashini afzal ko’rishadi.
3.Xizmat biznesi sohasida global atrof-muhit. Globallashuv shakllari
Atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlarni rejalashtirish. Turizmni rejalashtirish jarayonining ajralmas qismi atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish hisoblanadi. Bunda turistlik tumanlarning qabul qilish saloxiyatini hisobga olish va uni saqlagan holda ekologik barqaror rivojlantirish tamoyili muhim rol o‘ynaydi. Atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash uchun yaxshi rivojlangan infrastrukturaga ega ma’lum zonalarda turistlik ob’ektlarning to‘planishi, ekologik ob’ektlarni doimiy nazorat qilib borish va turizmni rivojlantirishga o‘z vaqtida o‘zgartirishlar kiritib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan ko‘zlangan maqsad – uning salbiy ta’sirini yo‘q qilish yoki eng kam darajaga tushirishdir. Ayniqsa, turistlik mavsum avjiga chiqqan paytlarda ekologik muammolar ko‘proq vujudga keladi. Ayni shu paytda turizm infrasturkturasi zo‘riqib ishlaydi natijada diqqatga sazovor joylar, ob’ektlar va xizmatlardan haddan ortiq foydalanish yuzaga keladi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling