5.Iste’molchilar tomonidan qaror qabul qilish jarayoni. Xizmatlar xarid qilishni o‘ziga xos jihatlari
Moddiy va ijtimoiy-madaniy xizmatlar bir birini doimiy ravishda to‘ldiruvchi hisoblanadi. Ko‘pchilik holatlarda tovarlarni xarid qilishga xizmatlarni iste’mol qilish hamroh bo‘ladi. Masalan ommaviy ovqatlanish xizmatlarini iste’mol qilishda, iste’molchi tovar oladi. Ushbu tovarga oziq-ovqat mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qiladigan joy, taomlar va ichimliklarni berish bo‘yicha xizmatlar, psixologik dam olish va hokozolar kiradi.
Iste’molchilarga xizmatlar ularga xizmat qilish jarayonida amalga oshiriladi. Xizmatlarni taqdim etish deganda, xizmatning bajarilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan xizmat bajaruvchisining faoliyati tushiniladi. Xizmatlarni taqdim etish alohida bosqichlarga bo‘linadi. Ular jumlasiga zarur bo‘lgan resurslar bilan ta’minlash, bajarishning texnologik jarayoni, nazorat va baholash, xizmat ko‘rsatish jarayoni kiradi. SHunday qilib, xizmatlar iste’molchilar va uni amalga oshiruvchilar bilan chambarchas bog‘liq hisoblanadi. Xizmatning xayot davri bir necha bosqichlarga bo‘linadi:
- iste’molchilarga taklif etilayotgan xizmatlar bo‘yicha ma’lumot berish;
- xizmatga buyurtmani qabul qilish;
- xizmatni bajarish;
- xizmatni bajarish sifatini nazorat qilish;
- iste’molchi buyurtmasini berish.
Xizmatning iste’molchisi va bajaruvchisi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar xizmat ko‘rsatish jarayonida sodir bo‘ladi. Ushbu o‘zaro aloqalarning tavsifi taqdim etilayotgan xizmatlarning shakliga bog‘liq bo‘ladi, bevosita va bilvositalarga bo‘linadi. Bevosita o‘zaro aloqalarda xizmatni bajaruvchi va uning iste’molchisi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa o‘rnatiladi. Bilvosita o‘zaro aloqalarda esa, aloqa vositachilar orqali yoki xizmatni bajaruvchisining yordamchi xodimlari yordamida amalga oshiriladi.
Faqat faktlarga asoslangan holda qarorlar qabul qilish. SUB tizimining qat’iy talabi - qabul qilinadigan barcha qarorlar qarorni qabul qiluvchi mutaxassisning intuitsiyasi yoki shaxsiy tajribasiga emas, balki faktlarga asoslanishi lozim.
Xalqaro tajriba sifatni yaxshilash bilan bog‘liq barcha loyihalarning 20-90% faqat bozorning holati haqidagi yanglish xulosaga asosan qabul qilingan korxona biznes-strategiyasi tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchrashini ko‘rsatadi. Mazkur holat quyidagilar bilan izohlanishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |