Urganch davlat universiteti servis faoliyati asoslari


Xizmatlarni xavfsizlik ko‘rsatkichlari


Download 0.51 Mb.
bet37/130
Sana22.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1647425
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   130
Bog'liq
SFA Maruzalar matni

4.Xizmatlarni xavfsizlik ko‘rsatkichlari
Xizmatni xavfsizligi bilan bog’liq bo’lgan uni muhim sifat ko’rsatkichini ko’rib chiqamiz. Umuman olganda, odamni xizmat sohasidagi xavfsizligi ushbu sohani samarali ishlashi bilan, uning doirasida, iste’molchilar, soha ishchilari hayoti, sog’ligi va mol-mulki va shuningdek o’rab turgan muhit uchun turli xavflarni, talofatlarni bo’lmasligi bilan belgilanadi. Xizmat xavfsizligini turli xillari mavjud bo’lib, u iste’molchilarga talofatsiz xizmat ko’rsatishni turli jihatlarini ajratishini nazarda tutadi. Quyidagi xavfsizlik jihatlarini farqlash qabul qilingan:
- ekspluatasion-texnik (bunga elektr xavfsizlik, yong’in xavfsizligi, kimyoviy moddalarni ta’sir etishidan xavfsizlik va boshqalar kiradi);
- ekologik;
- informasion;
- huquqiy;
- moliyaviy;
- mol-mulkiy;
- ruhiy;
- odamlarni sog’ligi bilan bog’liq bo’lgan.
Ajratilgan bu xavfsizlik jihatlari servis faoliyatini turli yo’nalishlarida turlicha konkretlashtiriladi. Ammo, ko’rsatilgan xavfsizlik turlarida umumiy standart va talablarga javob beruvchi obyektiv servis sifatlarni fiksasiya qilish imkoniyati mavjud. Bu turdagi xizmat sifatlarini nisbatan oson vizual, yoki sotib olingan tovarni sinash, narsani kiyib ko’rish, mahsulotni hujjatlari, markirovkasi bilan tanishish orqali fiksasiya qilinadi. Bu yo’l bilan masalan, tez buziladigan oziq-ovqat mahsulotini uni etiketkasida ko’rsatiladigan ishlab chiqarish vaqtini, uy maishiy asbobi uchun tarmoqdagi kuchlanish darajasini va boshqalarni belgilash qiyin emas.
Xizmat sohasidagi xavfsizlikni o’ziga xos turi mijozni sog’ligi, jismoniy holati, tashqi ko’rinishi bilan bog’liq. Bir tomondan servisni turli turlari va yo’nalishlarida amalda bo’lgan talablar mijozlarni sog’ligi va holatiga zarar yetkazuvchi har bir imkoniyatni yo’qotishga qaratilgan. Sog’lomlashtirish tibbiyot tashkilotlarida, umumiy ovqatlanish joylarida, mehmonxona xo’jaligida va boshqalarda sanitar-gigiyenik va texnologik talablar o’ta qattiq hisoblanadi.
Boshqa tomondan, xizmatni ko’pgina sifatlari iste’molchilar tomonidan baholanadi, ular bu holda subyektiv sezishlarini, o’zini ichki holatini hisobga olishadi. Bu hollarda xizmatlarni sifati va xavfsizligi haqidagi iste’molchilar fikri va uni servis mahsulotini ishlab chiqaruvchisi tomonidan baholanishi o’rtasida jiddiy farqlar mavjud bo’lishi mumkin, u ziddiyatli vaziyatlarni yaratishga ko’maklashadi.
Xizmatlarni insonga talofatsiz ta’sir etishini nazarda tutuvchi, uni ruhiyatida, ruhiy holatida jarohatli effekt yaratmaydigan xavfsizlik turini alohida ko’rib chiqish talab qilinadi. Bunday xavfsizliklar jamiyat va badiiy informasiyani ommaviy informasiya vositalari orqali tarqatish sohasida, shuningdek bilish, ilmiy-maslahat xizmatlarini taqdim etishda mavjud bo’ladi. Bu xizmatlarni salbiy ta’siri birdaniga emas, balki uzoq vaqt o’tgandan keyin namoyon bo’ladi.
Servis korxonalarini menedjer va personali iste’molchilarni manfaati va sog’ligiga xavf yaratuvchi vaziyatlarni bartaraf etishga asosiy e’tiborni qaratishga majburlar. Mijozlar, ishchilar va firma rahbariyati uchun xavf-xatar yoki zarar tug’diruvchi sabablar turli servis faoliyati turlarida turlicha bo’lishi mumkin. Personalni asosiy e’tibori xizmat ko’rsatish jarayonini mijozlar va korxona uchun xavf-xatar manbai bo’lishi mumkin bo’lgan quyidagi tomonlariga qaratilishi kerak:
- texnik vositalar, asboblar, jihozlar ishi, shuningdek xizmat ko’rsatish jarayoniga jalb qilingan materiallar, moddalar, mahsulotlarni holati va sifati (xonalarda ko’rsatiladigan servis, tibbiy sog’lomlashtirish xizmatlari, umumiy ovqatlanish xizmati va boshqalar);

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling