Urganch davlat universiteti servis faoliyati asoslari


- taomlarni o’ziga xos ishlov berish va aniq reseptura asosida yoki tanqis mahsulotlardan tayyorlash


Download 0.51 Mb.
bet34/130
Sana22.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1647425
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   130
Bog'liq
SFA Maruzalar matni

- taomlarni o’ziga xos ishlov berish va aniq reseptura asosida yoki tanqis mahsulotlardan tayyorlash;
- ovqat tayyorlashni hamma texnologiyasiga qat’iy rioya qilish;
- muhim xizmat bo’limlari ishchilarini yuqori kasbiy tayyorgarlik darajasi;
- xizmat ko’rsatish zallaridagi umumiy vaziyatni qulayligi va xavfsizligi;
- xizmat ko’rsatuvchi personalni etikasi va ehtiyotkorligi;
- yaxshi interyer estetikasi, musiqaviy dasturni mavjud bo’lishi va boshqalar.
Restoranga tashrif buyurishda vaqt ko’rsatkichi variativ tavsifga ega bo’lishi mumkin, chunki tashrif buyuruvchi restoranga tashrif buyurish uchun oshxona yoki o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish kafesidagi tushlik vaqtiga nisbatan ancha ko’proq vaqt ajratadi.
Ijtimoiy-madaniy ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq ko’pgina xizmatlarda xizmat ko’rsatishni boshqa ishlab chiqarish texnologik tavsiflari birinchi o’ringa chiqadi. Misol uchun, spektakl yoki konsertda tomoshabin uchun ssena mazmuni, shuningdek artistlar o’yini katta ahamiyat kasb etadi. Ammo, bunda xizmat ko’rsatuvchi ishchilarni xushmuomalaligi, artistlar tarkibi haqidagi informasiyani (dastur) mavjud bo’lishi, tomoshabin o’rindiqlarini qulayligi, zalni yaxshi akustikasi, keng foyeni, ovqatlanish joyini (bufet), xojatxonani mavjud bo’lishi va boshqa xizmat ko’rsatish jihatlari ham muhim hisoblanadi.
Servisni ko’pgina sohalarida sifat bilan bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish xususiyatlari kengligi va detalizasiyalanishi bo’icha bir xil bo’lmagan xizmatlar naboriga, turli jihozlar va materiallar foydalanilishiga to’g’ri keladi. Bu orqali sifatni bir xil bo’lmagan ifodalanganlik darajasi, shuningdek iste’molchilarni turli darajadagi servisni turlicha to’lash imkoniyatlari akslanadi. Servisni bu tomoni, masalan, suv transportida turli sinfdagi kayutalarni, temir yo’l yo’lovchi transportida turli toifadagi vagonlarni, mehmondorchilikda esa turli sinfdagi mehmonxonalarni, umumiy ovqatlanishda turli kategoriyadagi (lyuks, oliy, birinchi) restoranlarni va boshqalarni mavjud bo’lishida akslangan. Har bir holatda xizmat ko’rsatish narxi bir xil bo’lmaydi. Ammo, shuni ta’kidlash kerakki, xizmat sinfida amalga oshiriladigan operasiyalar sifati ma’lum standartlar darajasiga javob bergan holda eng yaxshi bo’lishi lozim.
Xizmat ko’rsatishni fizikaviy xususiyatlari bilan bir qatorda xizmat sifatini baholashda iste’mol xususiyatlari muhim ahamiyatga ega. Yuqorida ta’kidlanganidek, iste’mol xususiyatlari xizmatni real sifatini belgilaydi va iste’molchi jarayonida faqat xizmat ko’rsatish jarayonida yoki undan keyin aniqlanishi mumkin.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling