Urganch davlat universiteti servis faoliyati asoslari


- asosiy guruh – asosiy ishlab chiqarish funksiyalarni bajaruvchi va to’liq ish stavkasida ishlayotgan personal


Download 0.51 Mb.
bet92/130
Sana22.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1647425
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   130
Bog'liq
SFA Maruzalar matni

- asosiy guruh – asosiy ishlab chiqarish funksiyalarni bajaruvchi va to’liq ish stavkasida ishlayotgan personal;
- rahbarlik qiluvchi guruh – stabil yollanma rejimida mehnat qiluvchi va umumiy rahbarlikni , subpodryad ishlarni nazorat qilish va boshqalarni amalga oshiruvchi rahbar ishchilar;
- yordamchi guruh – egiluvchan ishchi guruhidan iborat.
Oxirgi guruhdagi ishchilar soni sharoitga qarab ko’paytirilishi yoki kamaytirilishi mumkin. Bu guruhni afzalligi ishchi kuchini arzonligi, ishchilarni yollash va bo’shatish soddaligi bilan belgilanadi. Bu guruh personalini har safar o’qitish, ularni samarali boshqarish va nazorat qilish talab qilinadi. Ammo, bunday tashkillashtirish o’zini oqlaydi.
Iyerarxik pog’onalar va personal sonini qisqartirish ba’zi xizmat ko’rsatish bo’g’inlarini avtomatlashtirish hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin. Ba’zi menedjerlar avangard yechimlar qabul qila turib, iste’molchilarga xizmat ko’rsatish jarayoniga ishtirok etish imkonini berishadi (masalan, restoranlar va otellarda).
Faoliyatni ko’p sonli tashkiliy jihatlarini optimallashtirish uchun katta servis korxonalarida nazorat qilish xizmati tashkillashtirilishi joriy etilmoqda. Bu xizmat to’g’ridan-to’g’ri korxona rahbariyatiga yoki uni o’rinbosarlariga bo’ysunadi. U mustaqil bo’lib, chiziqli (ma’muriy) boshqaruvni turli darajalariga nisbatan xolisdir. Uning mohiyati asosiy maqsadlar bajarilishini kuzatish, korxona miqyosidagi turli bo’lim va barcha ishchilarni muvofiqlashmagan harakatlarini yengib o’tishga qaratilgan bo’ladi. Shu bilan birga, tashkiliy faoliyatni qator jihatlarini optimallashtirish qiyin kechmoqda, servis korxonalarini ayrim tomonlari esa ko’p hollarda o’zgarishlarga uchragan. Bu quyidagi fakt va tendensiyalarda namoyon bo’lmoqda:
- ko’pgina xizmat sohasi korxonalarida formulyarlarni to’ldirishni yaxlit tizimi va tartibga solingan hujjat yuritish mavjud emas. Bu xizmatlar bajarilishi, buyurtmalarni hisobga olish va tayyorlanishi bo’yicha tezkor boshqarishni yo’lga qo’yish imkonini bermaydi;
- ishlarni ixtisoslanishi, ularni funksional mo’ljallanishi ko’p hollarda aniqlanmagan yoki aniq emas. Bundan ishchilarni lavozim majburiyatlarini aniq taqsimlanmasligi kelib chiqadi;

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling