Urganch davlat universiteti servis faoliyati asoslari


Oqilona narx uchun asos servis mahsulotini tarqatishning turli tomonlarini mutanosbili, oqilona harakatlari natijasida shakllanadi


Download 0.51 Mb.
bet106/130
Sana22.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1647425
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   130
Bog'liq
SFA Maruzalar matni

Oqilona narx uchun asos servis mahsulotini tarqatishning turli tomonlarini mutanosbili, oqilona harakatlari natijasida shakllanadi.
Past narx odatda, servis mahsulotini birinchi partiyasi yoki seriyasini tarqatish boshida, shuningdek mavsumiy yoki bayram oldi sotuvida, omborxonalarni bo’shatilishi jarayonida foydalaniladi. Raqobatchilarga nisbatan past narx iste’molchilarni jalb qilish muhim bo’lgan hollarda belgilanishi mumkin bo’lib, bu holat iqtisodiy zaiflashish hollarida uchrab turadi. Ammo bunda narx xarajatlarni qoplashi lozim.
Servis amaliyotida differensiyalangan (tabaqalashtirilgan) narx foydalaniladiki, bunda bir xil tovar yoki servis mahsuloti uchun turli vaqtda yoki turli iste’molchilardan bir xil bo’lmagan haq olinadi. Masalan, magazinlardagi narx tungi xizmat ko’rsatishda yuqori bo’ladi. Mahsulotlar partiyasi sotib olinganda narx pasaytirilishi mumkin.
Tovarni sotish ham ishlab chiqaruvchi va iste’molchilar o’rtasida servis mahsuloti yuzasidan va u bilan bog’liq bo’lgan intensiv kommunikasiyalar o’rnatilishi zarurligi bilan bog’liq.
Firma vakillarini iste’molchilar bilan kommunikasiyalarini belgilaydigan hamma narsalar servis mahsuloti yoki tovarni sotishga bo’ysindirilgan bo’lishi kerak. Bundan eamiyat qiziqishini firmaga qaratishni har bir imkoniyatlaridan foydalanish muhimligi ko’rinib turibdi. Bunda chegaradan chiqib ketish va teskari jarayonni, ya’ni firma obro’sini iste’molchilar o’rtasida tushib ketishini yuzaga keltirish mumkin emas. Jamiyat fikrida firma mashxurligini kengaytirish uchun har bir imkoniyatlardan foydalanish zarur:
- yarmarka, ko’rgazmalarda ishtirok qilish;
- jamiyat uchun foydali ishlar homiyligini o’z zimmasiga olish;
- mashhur va obro’li namoyandalar nomlariga mrojaat qilish (ular roziligi bilan) va boshqalar.
Marketing reklama staretgiyasi va taktikasini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Reklamani vazifasi hamma vaqt ham iste’molchilarni xarid qilishga yo’naltirishdan iborat bo’lmaydi. Ko’p hollarda reklama ma’lum iste’molchilar guruhini xabardorligini saqlash, yangi mahsulotni sinab ko’rish uchun taklif etish, servis mahsuloti yoki tovarni sotib olganlarni bular haqida ma’lumotlar olishga initilishlaridagi noaniqlikni pasaytirishga yo’naltirilgan bo’ladi.
Reklamani xarakteri, vositalari va davomiyligi ko’p hollarda reklama qilinayotgan mahsulotni firmani rivojlanish strategiyasida tutgan o’rniga bog’liq bo’ladi. Gar firma qisqa mudatli muvofaqqiyatga mo’ljal olayotgan bo’lsa, u holda bu u tomonidan unchalik ko’p kuchni talab qilmaydi. Uzoq muddatli harakatga mo’ljal olish turli reklama vositalari va usullaridan foydalanish Bilan bog’liq bo’lib, ular oldingi reklama effekti so’nganida yana qaytariladi, bu esa ko’p xarajatlarni talab qiladi.
Reklama effektivligi aniqlashning oddiy usuli, bu uni amalga oshirish xarajatlarini kuzatish hisoblanadi. Bu holda bir tomondan har bir bosqichdagi reklama xarajatlarini umumiy xarajatlarga va ikkinchi tomondan esa ma’lum davrdagi sotuv sonlarini o’sishi (kamayishi) tezligiga bo’lgan munosabatlari kuzatib boriladi.
Ayni vaqtda reklama samaradorligini belgilaydigan boshqa diagnostik usullari ham mavjudki, ular ko’p hollarda qanday reklama turi foydalanilganligiga bog’liq. Masalan, eng oddiy reklama shakllarida (bosma varaqalarni pochta qutilari orqali tarqatish, gavjum joylarda e’lonlar joylashtirish) ma’lum sonli iste’molchilarga ularni informasion manbai haqidagi savol bilan murojaat qilish foydalanilishi mumkin. Reklama samaradorligini baholashning hohlagan usullaridagi eng qiyin vazifa bu uni toza samarasini ajratish, yo’ldosh holatlardan ayirish hisoblanadi. Oxirida shuni aytish mumkinki, marketing vazifalariga ishlab chiqilgan rejalarni amalga oshirishni barcha bosqichlarini baholash va nazorat qilish, shuningdek servis mahsulotini sotuv samaradorligini kuzatib borish kiradi.
Yuqorida jahon iqtisodiy amaliyotida foydalaniladigan va servis faoliyatini har bir yo’nalishlarida keng ishlatiladigan marketingni bosqich va proseduralari kompleksi keltirildi. Bizni amaliyot bu yo’nalishda o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lmoqda. Bizni firmalar, umuman olganda o’z faoliyati natijalarini sotish bo’yicha ishlarni birinchi bosqichlarida turishmoqda. Shu sababli bizni firmalar tomonidan servis marketingini turli yo’nalishlarini bir xil o’zlashtira olmaslik ro’y bermoqda.
Reklamaga murojaat qilish eng oson bo’ldi va keng tarqaldi. Ammo iqitsodiyotda normal raqobat muhitini shallanishi sari bizni servis korxonalarimiz marketing strategiyasi va taktikasini boshqa yo’nalishlarini muhimligini tan olishmoqda. Ko’pgina jamoalarda uni ishlab chiqish va amalga oshirish bo’yicha tajribalari yo’q. Ixtisoslashgan marketing firmalari xizmatiga murojaat qilish hamma vaqt ham yaxshi natija bermaydi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling