Urganch davlat universiteti servis faoliyati asoslari


-MAVZU. XIZMATLARNI POZITSIYALASH VA MARKETINGI. ISH UNUMDORLIGI VA SERVIS KORXONASI ISHINI BAHOLASH


Download 0.51 Mb.
bet103/130
Sana22.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1647425
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   130
Bog'liq
SFA Maruzalar matni

16-MAVZU. XIZMATLARNI POZITSIYALASH VA MARKETINGI. ISH UNUMDORLIGI VA SERVIS KORXONASI ISHINI BAHOLASH
Reja:
1.Marketing va bajarish jarayonini integratsiyasi.
2.Marketing va tezkor boshqaruvni integratsiyasi. Marketing-miks.
3.Ish unumdorligi haqida umumiy tushuncha. Ish unumdorligini oshirish.
4.Xizmat sohasidagi ish unumdorligi.
5.Xizmat ko‘rsatish samaradorligini baxolash uchun ma’lumotlarni keng qamrovli tahlil etish (DEA usuli).


1.Marketing va bajarish jarayonini integratsiyasi
Marketing tushunchasini chet elda va bizda turlicha talqin etilishi mavjud. Bir hollarda marketing ishlab chiqarilgan mahsulotni bozorga jo’natish va taqsimlash vositalarini tanlash, ikkinchi hollarda esa talabni taklifga moslashtirish uchun ishlatiladigan sotuv mexanizmlari qatori sifatida qaraladi. Ammo, xizmat sohasidagi marketing chuqur talqin etilishini talab qiladi. U bir vaqtni o’zida servis biznesini falsafasi (fikrlash tizimi) va texnologiyasi sifatida namoyon bo’ladi. Falsafa biznesni talablarni qondirishga mo’ljal olish, iste’mol va yangi ehtiyojlarni turli asoslanishlari bilan bog’laydi. Texnologiya esa servisga bo’lgan bunday yondashuvni boshqarishni aniq vosita va usullari tiliga o’giradi. Zamonaviy tadbirkorlik amaliyotidagi marketing stratagik va operasion ko’rinishlarga bo’linadi.
Strategik marketing bozor ehtiyojlarini sistemali tahlil qilish bilan bog’liq bo’lib, u servis korxonasiga o’z faoliyatini yangi yo’nalishlarini tanlash, samarali servis mahsulotlari ishlab chiqarish, iste’molchilarni maqsadli guruhlarini ishlab chiqish, tovarni sotish strategiyasini ishlab chiqish imkonini beradi.
Operasion marketing strategiyani instrumental-faoliyati tomonini aniqlashtirishga qaratilgan bo’lib, u siz hatto eng omadli rejalar ham amaliyotga tadbiq etilishi mumkin emas. Operasion marketing tovarlarni iste’molchiga yetkazishni aniq dasturlarini (narsalarni shakllanishini belgilaydi, servis mahsuloti shaklini belgilaydi, sotuv va reklama taktikasini shakllantiradi, maqsadli guruhlar bilan kommunikasiya xususiyatlarni belgilaydi) ishlab chiqadi. Umuman olganda, marketing xizmatini vazifasi ishlab chiqilgan harakat yo’nalishi samaradorligini baholash hisoblanadi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling