Urganch davlat universiteti servis faoliyati asoslari


Download 0.51 Mb.
bet81/130
Sana22.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1647425
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   130
Bog'liq
SFA Maruzalar matni

1. Kundalik xizmat;
2. Banketlarda xizmat qilish;
3. Xizmat qilishning maxsus shakli;
Restoranga mehmonlarning oqimi kelishi uzluksiz davom etganda mijozlarga kundalik xizmat qilish kuchayadi. Restoran xizmati quyidagi asosiy elementlardan iborat:
- xo‘randalarni kutib olish va joy-joyiga o‘tqazish;
- buyurtmalar qabul qilish;
- buyurtmalarni bajarish;
- buyurilgan taom va ichimliklarni olib kelib berish;
- xizmat so‘ngida hisob-kitob qilish.


13-MAVZU. RESTORANLARDA MEHMONLAR ISHONCHI. BARLARDAGI SERVIS
Reja:
1.Servis sifati. Mehmonlarni kutib olish va kuzatish.
2.E’tirozlar va hayajonlarni engish. Ish kunini yakunlanishi.
3.Bar ko‘rinishlari. Barlarni xizmat ko‘rsatuvchi personali.
4.Barlarni jihozlanishi. Barda ishlash. Barlardagi servis.


1.Servis sifati. Mehmonlarni kutib olish va kuzatish
Mehmonlarni kutib olish:
- xushmuomalalik bilan mijozlarni kutib olish va tezlik bilan til topishish;
- doimiy mijozlarga alohida e’tibor berish;
- mijozlarga e’tibor va yon berish;
- xizmat qiluvchilarda dimog‘dorlik bo‘lmasligi kerak.
Ofitsiant yaxshi psixolog bo‘lishi kerak, chunki restoranga keluvchilarning kayfiyatini tez tushunishi, ularga munosib muomalada bo‘lishi, tegishli xizmatni boshlashi kerak; o‘zini to‘g‘ri anglashi, o‘z hissiyotini ongli boshqarishi lozim. Ish bo‘yicha o‘z hamkasblarini yaxshi bilishi, bir-birini tushungan holda o‘rtoqlarcha munosabatda bo‘lishi kerak.
Har bir mijozga nisbatan ofitsiant mehmondo‘stlik, ziyraklik, bosiq, odoblilikni o‘zida mujassam qilgan bo‘lishi shart. Agar mijozlar biror masala bo‘yicha narigi stoldagi ofitsiantga murojaat qilib qolsalar, ofitsiant so‘zsiz quloq solishi, imkoniyati bo‘lsa bajarishi, agar imkoniyati bo‘lmasa, o‘sha mijozga xizmat qilayotgan ofitsiantni chaqirib masalani hal qilishi zarur. Bordiyu, mijoz biron-bir narsadan norozi bo‘lib, shovqin-suron ko‘tarsa, ofitsiant muloyimlik bilan, gunohkor bo‘lmasa ham, kechirim so‘rab tinchitishi kerak.
Turistlarni taklif qilishganda restoran tashqarasida va ichida qulayliklar bo‘lishi shart. Joylar toza va qulay ravishda asfalt qilingan bo‘lishi kerak, hamda axdat tashlaydigan idishlar bo‘lishi shart. Kiraverish joylarida telefon aparati va har-xil reklama qilingan rasmlar ham bo‘lishi mumkin. Restoran zaliga kirishda keluvchilar kutib olinadi, stollarga kuzatib qo‘yiladi, o‘tqaziladi va taomnoma bi-lan tanishtiriladi. Taom va ichimliklar tanlashda yordam beriladi. Buyurtma qabul qilinadi.
Keluvchilarni kutilgan aziz mehmon kabi, birinchi kimga ro‘paro bo‘lsa, ular kutib oladi: eng avval mehmon-larni shveysar va garderob sohibi, so‘ngra bosh ofitsiant va ofitsiant qabul qiladi. Garderob sohibi keluvchilarning ust kiyimi bilan birga qo‘llaridagi portfel, diplomat va boshqa narsa-larni ham topshirishni tavsiya qiladi. Bosh ofitsiant mijozlar bilan restoran xizmat qiluv-chilarini bir-biriga bog‘lovchi zveno. Bosh ofitsiant res-toran zali oldida turib, mehmonlarni kutib olishi shart, ular tanlagan joyga kuzatib qo‘yishi yoki o‘zi joy ko‘rsa-tib o‘tqazishi kerak. Shu bilan birga bosh ofitsiant mez-bonlik vazifasini bajaradi: keluvchilarni hush kelib siz deb kutib olishi, ularga qarab muloyim jilmayishi lozim. Mehmonlarning oldida to stolgacha yurib o‘tirish-ga yordam qilib taomnoma tavsiya etadi.
Agar mehmon o‘zi joy tanlagan bo‘lsa, bosh ofitsiant uning orqasidan boradi, tanlamagan taqdirda ular oldi-da borib xohlagan joyiga o‘tqazadi. Keluvchilar guruh bo‘lsa, necha kishiga joy kerakligi va zalning qaysi to-monidan bo‘lishini so‘raydi. Ularning xohishini hisob-ga olib, bosh ofitsiant stollarni ko‘rsatadi va mehmon-larni o‘tqazadi, u yerga borish uchun qulay yo‘lni ko‘rsatib, o‘zi sal oldinroqda boradi.

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling