Urganch davlat universiteti tabiatshunoslik va geografiya fakulteti «u m u m iy k im y o» k a fe d r a si
II BOB. KIMYO O’QITISHDA INDIVIDUAL VA DIFFERENSIAL
Download 0.7 Mb. Pdf ko'rish
|
kimyo oqitishni differensiallash va individuallashtirish masalalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu:Alkanlar va sikloalkanlar. Modulning tuzilishi . O’E-O.
- O’E-1. Kirish nazorati.
- O’E-2. Alkanlar va sikloalkanlarning tuzilishi, tarkibi va fizikaviy xossalari. O’E-2.0. Maqsadlar.
- O’E-2.1. Metan molekulasining tuzilishi. Dastur A
- Izoh: A
- O’E-3. Alkanlar va sikloalkanlarning nomenklaturasi. O’E-3.0. Maqsadlar . Bilish kerak
- O’E-3.1. Alkanlar va sikloalkanlarning nomenklaturasi. (yakkama-yakka, individual ish)
- Dastur A а) 6 ) ch^-cHj-^-ch-cHj; Dastur B
- O’E-3.2. Uglevodorodlarning struktura formulalari.
- Dastur B.
- O’E-4. Alkanlar va sikloalkanlarning kimyoviy xossalari. O’E-4.0. Maqsadlar. Bilish kerak
- O’E-4.1. Oksidlanish reaksiyalari.
- O’E- 4.2. O’rin olish reaksiyalari.
- O’E-4.3. Parchalanish reaksiyalari.
II BOB. KIMYO O’QITISHDA INDIVIDUAL VA DIFFERENSIAL YONDASHUVDAN FOYDALANISH METODIKASI 2.1. Kimyo o’qitishni differensiallashda modulli ta’lim texnologiyasidan foydalanish Modul - mustaqil tarkibiy birlik bo’lgani uchun, ba’zi hollarda, alohida o’quvchi yoki talabalarga fanni to’laligicha emas, balki faqatgina bir qator modullarni tinglash imkoniyatini beradi. Bu esa iqtidorli talabalarning individual va mustaqil ishlarini optimal rejalash imkoniyatini tug’diradi:Modulli o’qitishda, o’quv dasturlarini to’la, qisqartirilgan va chuqurlashtirilgan tabaqalash orqali, o’qitishni differensiallash(tabaqalash) imkoniyati mavjud bo’ladi.Ya’ni o’qitishni individuallashtirish mumkin bo’ladi[ 6 ].Modulli o’qitishga, o’tishda quyidagi maqsadlar ko’zlanadi. - o’qitishning (fanlar orasida va fanning ichida) uzluksizligini ta’minlash; - o’qitishni individuallashtirish; - o’quv materialini mustaqil o’zlashtirish uchun yetarli sharoit yaratish; - o’qitishni jadallashtirish; - fanni samarali o’zlashtirishga erishish. Shunday qilib, modulli o’qitishda o’quvchi yoki talabalarni o’z qobiliyatiga ko’ra bilim olishi uchun to’la zarur shart - sharoitlar yaratiladi.O’qitishning modul tizimiga o’tish samaradorligi, quyidagi omillarga bog’liq bo’ladi: - o’quv muassasasining moddiy-texnikaviy bazasi darajasi; - professor-o’qituvchilar tarkibining malakaviy darajasi; - o’quvchi yoki talabalarning tayyorgarlik darajasi; - ko’zlangan natijalar bahosi; - didaktik materiallar ishlab chiqish; - natijalarning tahlili va modullarni optimallashtirish. Fanning ishchi o’quv dasturi, alohida mavzularini modulda guruhlanishi hisobidan qaytadan ko’rib chiqiladi. Har qaysi modul uchun nazariy va amaliy ahamiyati ko’rsatilgan maqsadlar tuzilishi zarur. 25
Modul o’z ichiga 2-3 ma’ruza va shu ma’ruzalar bilan bog’liq amaliy darslar va laboratoriya ishlarini qamrab olishi mumkin. Har qaysi modul bo’yicha quyidagi materiallar tayyorlanadi: - talabalarni bilimini nazorat qilish uchun testlar; - individual ishlar uchun topshiriqlar; - mustaqil ishlar uchun topshiriqlar; - o’quv uslubiy tarqatish materiallar; - o’quv - ilmiy adabiyotlar ro’yxati; - ishchi o’quv dastur. Har bir modul test-sinovlari bilan tugallanishi lozim: joriy modul uchun bu o’tilgan materialni nazorati bo’lsa, keyingi modul uchun esa bu kirish (boshlang’ich) nazorati bo’ladi. Har qaysi modul uchun tarqatma va tasvirli materiallar to’plami tuziladi va ular talabaga mashg’ulotdan oldin beriladi. Modul, tavsiya qilinadigan adabiyotlar ro’yxati bilan ta’minlanadi, har bir talaba materiallarni o’zlashtira borib, bir moduldan ikkinchi modulga o’tadi. Iqtidorli talabalar boshqalarga bog’liq bo’lmasdan test sinovlaridan o’tishlari mumkin. Pedagogning vazifasi-informatsion nazoratidan boshlab, maslahat- muvofiqlashtiruvchigacha o’zgarishi mumkin. Modulli o’qitish, fanning asosiy masalalari bo’yicha umumlashtirilgan informatsiyalar beruvchi muammoli va yo’riqli ma’ruzalar o’qilishini taqozo etadi. M a’ruzalar talabalarning ijodiy qobiliyatini rivojlantirishga qaratilmog’i lozim. Modulning amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari ma’ruzalar bilan birga tuziladi, ular ma’ruzalar mazmunini o’rganiladigan yangi material bilan to’ldiradi. Talabalar ma’lum amaliy ko’nikmalarga ega bo’ladilar. Ma’ruzalar matnini tayyorlashda, strukturalash va tizimlash usullarini qo’llab, materiallarni blok-sxema, rasmlar bloki ko’rinishida taqdim etilishi maqsadga muvofiq buladi. Bunda materialning o’zlashtirish samaradorligi oshadi, chunki: - modulning pirovard maqsadi tushunib yetiladi; 26 - o’quv materialining elementlari orasidagi bog’lanishlar va uning o’tishlari yaqqol ko’rsatiladi; - asosiy jihatlari ajratib ko’rsatiladi; - o’quv materialining (modulning) butun hajmi talabaning ko’z oldida gavdalanadi. Modul tizimida o’quv materialining mazmunini strukturalashda eng avvalo informatsiyani "siqish" vazifasi ko’zlanadi. Bilimlarni to’la, foydalanish uchun qulay holda taqdim etilishiga harakat qilish lozim. O’quv informatsiyasi bir vaqtning o’zida 4 xil - rasmli, sonli, simvolli va og’zaki ko’rinishda uzatilganida eng mustahkam o’zlashtirishga erishiladi. Modulli ta’lim metodikasini tuzishda, bu holat asos bo’lib xizmat qiladi. Har qaysi modul bo’yicha rasmlar bloklarida simvolli alomatlarni joylashtirish, savollarni rasm tarzida tasvir etish, formulalar, jadvallar, grafiklar va metodik ko’rsatmalarni taqdim etish, maqsadga muvofiq bo’ladi. Rasmlar bloki, sxemalar bloki va boshqa suratli (ko’rgazmali) materiallar talabalar uchun tarqatma material vazifasini ham bajaradilar. Shu bilan bir qatorda har bir fan, jumladan modul uchun atamalarning izohli lug’ati tuzilishi ma’qul bo’ladi.
Kimyo o’qitishda modulli dasturlar bilan ishlash bo’yicha metodik tavsiyalar Modulli dasturlar bilan ishlashda quyidagi tavsiyanomalarga amal qilish kerak: Har bir modulni o’rganish integrallangan( umumlashgan) maqsadlar yaratishdan boshlanadi.Buni ma’ruza davomida qilish mumkin. Sharh ma’ruza- modulni propedevtik elementi.U o’quvchilarni o’qish faoliyatini asoslashi,ularni ishga jalb qilishi,o’rganilayotgan materialga qiziqish uyg’otishi kerak.Uni o’qish jarayonida ta’limni keyingi bosqichlarida yoritilishi kerak bo’lgan muammolar ochilishi kerak. 27
O’quv materialini o’quvchilarga umumiy holda berib,o’quvchilar diqqatini murakkab holatlarga,masalan, molekulalar tuzilishiga,reaksiya mexanizmlari va hokazolarga qaratish kerak.Kirish nazorat natijalari bazaviy bilimlarni ushbu modulni egallash uchun talab qilinadigan dastlabki bilimlarga yetarliligini ko’rsatadi.Tekshirish jarayoni operativ( tezkor) bo’lishi kerak.Shuning uchun ko’pincha test topshiriqlari ishlatiladi.Agarda o’quvchi testdan qoniqarli baho olsa, ushbu mavzuni takrorlash kerakligi aytiladi.O’quv elementlari bilan mustaqil ishlash- bu o’quvchini darsdagi asosiy faoliyati.Har birisida modul dasturlari bo’lishi shart. O’quv materialini o’zlashtirish differensiallashgan A va B dasturlar asosida olib boriladi.A dastur bazaviy darajani,B dastur- murakkab variantni aks
ettiradi.O’quvchi B dasturga o’tish uchun avvalo A dasturni bajarishi shart[49-53]. O’quv materiallarini o’zlashtirish tezligi o’quvchilarda har xil,shuning uchun bir o’quvchilar taklif etilgan materialni tez,boshqalari esa sekin o’zlashtiradi. Yaxshi o’zlashtirayotgan o’quvchi uchun faoliyatning qo’shimcha turlarini taklif qilish mumkin: 1.Qoloq o’quvchilar uchun maslahatchi vazifasini bajarish; 2.O’quv materialini chuqur o’rganish(qo’shimcha ma’lumotlar bilan ishlash,habar va ma’ruzalar tayyorlash). O’qituvchi modul dasturlarni o’quvchilarga uyga vazifa qilib berishi mumkin. Oraliq
nazorat o’quvchilar o’rganayotgan materialni o’zlashtirganini aniqlash uchun ishlatiladi.Nazorat natijalari o’quvchilarga ularni
o’quv faoliyatini tuzatish uchun ko’rsatiladi. Yakuniy nazorat
modulning o’quv materialini o’zlashtirishini baholaydi.U nazorat ishi shaklida o’tkaziladi, uni bajarishga bir dars beriladi.Agar o’quvchi qoniqarsiz baho olsa, u o’quv materialini yana bir bor o’qib chiqib nazorat ishini yana bajaradi.O’quvchilarni bilimini ob’yektiv (xolis) baholash uchun nazorat ishini bir necha variantlarda tayyorlash zarur. 28
U yoki bu modulni o’zlashtirish uchun sarflangan soatlar soni dasturda belgilangandan oshmasligi kerak. Quyida biz “Alkanlar va sikloalkanlar” mavzusini differensial o’qitishda modulli texnologiyadan foydalanish bo’yicha metodik tavsiyalarni keltiramiz: Mavzu:Alkanlar va sikloalkanlar. Modulning tuzilishi. O’E-O. Modulni o’rganish maqsadlari. O’E-1. Kirish nazorati. O’E-2. Alkanlar va sikloalkanlarning tuzilishi, tarkibi va fizikaviy xossalari. O’E-3. Alkanlar va sikloalkanlarning nomenklaturasi. O’E-4. Alkanlar va sikloalkanlarning kimyoviy xossalari. O’E-5. Amaliy ish. “Organik birikmalar tarkibidagi uglerod, vodorod va xlorni sifat jihatdan aniqlash”. O’E - 6 . Alkanlar va sikloalkanlarning olinishi va ishlatilishi. O’E-7. Uglevodorodlar kimyoviy formulalarini keltirib chiqarishga doir masalalar yechish. O’E - 8 . Chiqish nazorati. O’E-0. Modulni o’rganish maqsadlari. Berilgan modulni o’rganib siz: -organik birikmalarning kimyoviy tuzilish nazariyasi to’g’risidagi bilimlaringizni mustahkamlaysiz. - moddalarning fazoviy tuzilish prinsplarini oydinlashtirasiz. -kimyoviy bog’ tabiati haqidagi bilimlaringizni chuqurlashtirasiz. -moddalar va ularning ishlatilishi bilan tanishasiz. -moddalarning xossalari ularning tuzilishiga bog’liqligiga ishonch hosil qilasiz.
1.Uglerod o’zining birikmalarida qanday valentlikni namoyon qiladi? 2.Organik birikmalarning rang-barangligini nima bilan tushuntirish mumkin. 3.Organik birikmalarning xossalari nima bilan bog’langan? 29
4.Keltirilgan etan formulalaridan: molekulyar, strukturaviy, qisqartirilgan strukturalarni tanlab oling. н н 5. Izomerlar - bu moddalar o’zida: a) har xil molekulyar formulalarni va har xil xossalarni; b) bir xil molekulyar formulalarni va bir xil xossalarni,lekin turlicha c) bir xil molekulyar formulalarni, har xil tuzilishni va har xil xossalarni namoyon etadi; 6 . Organik birikmalar uchun qaysi kimyoviy bog’ eng xarakterlidir? 7. Radikal bu: a) musbat zaryadlangan zarracha; b) manfiy zaryadlangan zarracha; c) neytral zarracha. O’E-2. Alkanlar va sikloalkanlarning tuzilishi, tarkibi va fizikaviy xossalari. O’E-2.0. Maqsadlar. Bilish kerak: -alkan va sikloalkanlar molekulalaridagi uglerod atomining elektron orbitallarining gibridlanish tipini; -alkan va sikloalkanlarning umumiy formulasini; -alkan va sikloalkanlar fizikaviy xossalarining ularning tarkibi va tuzilishiga bog’ liqligini. Uddalash kerak: -gibridlanish haqidagi tasavvurlar asosida metan molekulasining tetraedrik tuzilishini tushintirishni; -umumiy formula bo’yicha birikmaning formulasini keltirib chiqarishni; -moddaning tarkibi bo’yicha uning xossasini oldindan aytib berishni; -alkan va sikloalkanlar shar sterjenli modelini yasahni. н н
tuzilishni; 30
O’E-2.1. Metan molekulasining tuzilishi. Dastur A Darslikni qunt bilan o’qing. Uglerod atomi orbitallarining gibridlanish mohiyatini tushintirishga harakat qiling. Nima uchun metan molekulasi tetraedrik tuzilishga ega ekanligini yuqorida aytilgan fikrlar asosida yoningizdagi o’rtog’ingizga tushintirib bering. Agar bu borada sizda qiyinchilik tug’ilgan bo’lsa, o’qituvchiga yoki partadosh o’rtog’ingizga murojat qiling. Dastur B Ammoniy kationining geometrik shaklini aytib bering.
Mantiqiy fikrlashlaringiz bilan uni isbot eting. Buning uchun azot atomining elektron formulasini tasvirlang va tashqi qavatdagi s va p elektronlar sonini ko’rsating.
murakkab bo’lib , u A dasturdan keyin bajariladi. O’E-2.2. Alkan va sikloalkanlarning tarkibi, tuzilishi va fizikaviy xossalari. 1. Qunt bilan 'darslik tekstini o’qing va 23- betdagi 5,7,8,9,10 mashqlarni va 31- betdagi 33-34 mashqlani bajarishga harakat qiling. Bajarilgan topshiriqlarni o’rtog’ingiz bilan tekshiring. 2 . C
20 H 42 normal tuzilishli uglevodorodning xossalarini o’rgangan materialaringiz asosida aytib bering. 3. Darslikning 182-betdagi ko’rsatmalarga asoslangan holda uglevodorod molekulalarining modelini tayyorlang. Agar vaqt yetmasa buni uyda bajaring. Ushbu darsda oldingizga qo’yilgan maqsadlarga murojat qiling va o’z- o’zingizni baholang-qanchalik siz ularga yetishishga ulgurdingiz. Alkan va sikloalkan molekulasidagi uglerod atomlari bir xil holatni egallamaydilar:brlari uglerod zanjirini chetida, birlari - ichida, uchinchilari tarmoqlanishning ichida joylashib oladi. 31
Bunda raqamlar uglerod atomlarining raqamlanishini ko’rsatmaydi, balki ularning nomlarini ko’rsatadi. Raqam 1-bu birlamchi uglerod atomlari, ular bir uglerod atomi bilan bog’langan va metil gruppa tarkibiga kiradi. Raqam 2- ikkilamchi uglerod atomlari, ular 2 ta uglerod atomlari bilan bog’ langan va metilen (CH 2 ) gruppa tarkibiga kirgan. Raqam 3- uchlamchi uglerod atomlari, ular 3 ta uglerod atomi bilan bog’langan va metin (CH) gruppa tarkibiga kirgan. Raqam 4- to’rtlamchi uglerod atomlari, ular 4 ta uglerod atomi bilan bog’ langan. Har-xil uglerod atomlar bilan bog’langan vodorod atomlarining xossalari bir xilmi? Javobni siz alkanlarning kimyoviy xossalarini o’rganishda olasiz. O’E-3. Alkanlar va sikloalkanlarning nomenklaturasi. O’E-3.0. Maqsadlar. Bilish kerak: -alkanlar qatori uglevodorodlardan birinchi (10 ta ) o’ntasini formula va nomini; -radikallarning nomi va formulasini; Uddalash kerak: -moddaning nomi bo’yicha formulasini va formulasi bo’yicha nomini keltirib chiqarishni; -alkanlarning nomidan uning radikalining nomini hosil qilishni. Moddalarning nomini to’g’ri talaffuz qilish uchun o’ziga yarasha kimyoviy tilni bilish kerak. Eslang buning uchun siz qanday qilib o’qishni va yozishni o’ rgandingiz? Barchasi birdan hosil bo’lmagan. Endigi sizning oldingizda turgan vazifa muhimlikda undan kam emas.Chunki kimyoviy til sizga butun organik kimyoni o’rganishda zarur bo’ladi. Agar sizning kasbiy kelajagingiz kimyo bilan bog’lansa, u holda bu tilni butun umr ishlatasiz. Bu til turmushda ham ishlatiladi. 32
Bunda nafaqat tushinish kerak, balki o’ziga yarasha takrorlash mashqi zarurdir, chidamli bo’lishga hozirlaning. O’E-3.1. Alkanlar va sikloalkanlarning nomenklaturasi. (yakkama-yakka, individual ish) 1.Algoritmdan yoki ma’ruza
konspektidan foydalanib sistematik nomenklatura bo’yicha quyidagi moddalarni nomlang. Dastur A а) 6 ) ch^-cHj-^-ch-cHj; Dastur B 2.Keltirilgan uglerod skleti bo’yicha alknlarni nomlang: 3. Uglevodorodlarni nomlashdagi xatoliklarni to’g’rilang. 1,3,5-trimetilsiklopentan 1,1,5-trimetilsiklogeksan Formulalarning to’g’ri yozilganligini o’qituvchidan tekshirib oling.
Moddalarning nomlanishiga qarab ularning struktura formulalarini yozing. Dastur A. 33
1 ) 2 , 2 -dimetilbutan 2) 2,2,4-trimetilpentan 3) 3,4-dimetil-5-etil oktan 4) 1,3-dimetil siklopentan
1) 2-metil -3,5,5-trietil-7-propildekan 2) 1,2,4-trimetilsiklogeksan
Tekshirib ko’ramiz, qanchalik siz o’tilgan materialni o’zlashtirib oldingiz. 3 ta topshiriqni bajaring. Maksimal ball-birinchi bajarilgan topshiriq uchun 3 ball, ikkinchi va uchinchi bajarilgan topshiriq uchun-bir balldan iborat. Javoblar (etaloni) o’qituvchida bo’ladi. Agar siz 4-5 ball olsangiz, bu-yaxshi natija. Boshqacha bo’ladigan bo’lsa, demak, siz uyda yana obdon ishlashingiz kerak: 11 15 mashqlar 23-24 betlarda, 32-34 mashqlar 31-betdagilarni yechishingiz kerak. 1.Quyidagi birikmalarning strukturaviy formulalarini yozing; a) 2,2,4,4-tetrametilpentan b) 2,4-dimetil-3-etilgeksan c) 1 -metil-2-etil-4-propilsiklogeksan 2.
Quyidagi moddalarni nomlang. с н * - с н г- с н - с н 3. Modda formulasiga qarab to’g’ri nomlangan javobni toping. О Ц О Ц
a) 4,5,5-trimetilgeksan b) 2,2,3-trimetilgeksan 34
Mazkur darsda siz oldingizga qo’yilgan maqsadlarga qay darajada erisha oldingiz,shunga baho bering. O’E-4. Alkanlar va sikloalkanlarning kimyoviy xossalari. O’E-4.0. Maqsadlar. Bilish kerak: -alkanlar va sikloalkanlar ishtirok etadigan reaksiyalarning tiplarini; -o’rin olish reaksiyalari mexanizmini; -kimyoviy formulalarni keltirib chiqarishga doir masalalar yechishning algoritmini.
-alkanlar va sikloalkanlarning oksidlanish, o’rin olish reaksiyalari tenglamalarini tuzishni. -alkanlarning parchalanish va sikloalkanlarning gidrogenlanish parchalanish reaksiya tenglamalarini tuzishni -kimyoviy formulalrni keltirib chiqarishga oid masalalarni yecha olishni. O’E-4.1. Oksidlanish reaksiyalari. “Alkanlarning oksidlovchilarga munosabati” bo’yicha laboratoriya ishini o’tkazing. Stolda reaktiv va asboblarning mavjudligini tekshirib ko’ring.
KMnO
4 eritmasi, ohakli suv, kimyoviy stakanlar, parafin shami, shisha plastinka, probirkalar.
2 ml KMnO 4 eritmasidan 3 ta probirkaga quying. Ularning biriga gaz zajegalkasidan gaz yuboring, ikkinchisiga bir necha tomchi kerosin soling, uchinchisiga kichkina bo’lakcha parafin tushiring. KMnO 4 eritmasining rangi o’zgaradimi? Alkanlarning oksidlovchilarga bo’lgan munosabati bo’yicha xulosa qiling.
Tajriba №2. Ohakli suv bilan stakan ho’llanadi, ortiqcha suv to’kib tashlanadi. Stakan to’ntarilgan holda olovda tutib turiladi. Ohakli suv qanday o’zgarishga uchraydi? 35
Reaksiya tenglamasin yozing, bunda yonayotgan gaz bu-butan bilan propanning aralashmasidir, parafin esa - bu C 20 -C
bo’lgan uglevodorodlar aralashmasidir. Tajriba №3. Shamning olovida shisha plastinka bir necha sekund tutib turilsa uning rangi qanday o’zgaradi? Shunday tajribani gaz zajigalkasi bilan o’tiring. Plastinkada nima cho’kib qoladi? Uglevodorod to’liq yonib ketishi uchun nima qilish kerak? Alkan to’liq yonganda temperatura ko’tariladimi?
Dastur
topshiriqlari Mustaqil ish uchun topshiriqlar Ish uchun ko’rsatmalar. 1.A
Propanni bromlash reaksiya tenglamasini yozing. n(C3H8):n(Br2)= 1:1
2.A Siklopentanni xlorlash reaksiyasini yozing. Mahsulotlarni nomlang. Reaksiya mahsuloti - monoxlorli hosila 3.B
2 -metilpropanni xlorlash reaksiya tenglamasini yozing. Esdan
chiqarmang: uchlamchi C atomidagi vodorod Cl ga oson almashadi. 4.B Siklopropanga yorug’ lik ishtirokida brom ta’sirida xalqa uziladi
va dibromalkan hosil bo’ladi. Reaksiya tenglamasini yozing.Bu reaksiyani o’rin olish reaksiyasiga tegishli deyish mumkinmi. Oldingi
reaksiya tenglamalrini taqqoslang. O’rin olsh reaksiyasining belgilari qanday? Shunday
reaksiyaga o’xshaydimi ular.
O’rin olish reaksiyalari nafaqat galogenlar bilan, balki boshqa moddalar bilan ham, masalan, HNO 3 va H
2 SO 4 lari bilan amalga oshadi. Ushbu reaksiyalar radikal mexanizmda boradi. 36
O’E-4.3. Parchalanish reaksiyalari. Alkanlarni yuqori temperaturagacha qizdirganda C-C bog’ida uzilish sodir bo’ladi. Natijada to’yingan va to’yinmagan uglevodorodlar hosil bo’ladi. Parchalanish reaksiyalari (uglevodorodlarning) kreking deb ataladi. Uzilishning yo’nalishini aniqlash murakkab masaladir.Masalan, metan nikel katalizatori ishtirokida uglerod va vodorodga parchalanadi. Download 0.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling