Urganch davlat universiteti “texnika” fakulteti


Download 64.36 Kb.
bet1/5
Sana12.01.2023
Hajmi64.36 Kb.
#1089767
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-Amaliy mashg\'ulot


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
TEXNIKA” FAKULTETI
QURILISH” KAFEDRASI
METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH FANIDAN


AMALIY DARS MASHG’ULOTLARI UCHUN USLUBIY QO’LLANMA
Bilim sohasi: 300000 –Ishlab chiqarish-texnik soha
Ta’lim sohasi: 340000-Arxitektura va qurilish
Ta’lim yo’nalishlari: 5340500-Qurilish, materiallari buyumlari va konstruksiyalarini
ishlab chiqarish
5340300-Shahar qurilishi va xo’jaligi





Urganch-2022

Mazkur uslubiy qo’llanma Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish fanidan amaliy dars mashg’ulotlar olib borish, bajarish uchun tayyorlangan.


Uslubiy qo’llanma texnika fakulteti 5340500-Qurilish, materiallari buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish, 5340300-Shahar qurilishi va xo’jaligi yo‘nalishlaridagi talabalari uchun mo‘ljallangan.
Uslubiy qo’llanma "Qurilish"kafedrasini yig‘ilishida ko‘rib chiqildi va nashr etishga tavsiya qilindi : "___" _______ 20____ yil, ____ - son Bayoni.
Uslubiy qo‘llanma “Texnika” fakultetining ilmiy uslubiy komissiyasi yig‘ilishida ko‘rib chiqildi va nashr etishga tavsiya qilindi: "___" _______ 20____ yil, ____ - son Bayoni.


Tuzuvchi: ass. S.I.Nurmuxamedov


Kirish

Hozirgi kunda har bir mutaxassis o‘z faoliyat sohasidagi parametrlarni va ularni o‘lchash usullarini, o‘lchash vositalarini, ularning texnikaviy tavsiflarini bilishlari zarur. Bundan tashqari texnika yo‘nalishidagi mutaxassislar o‘lchanadigan va baholanadigan kattaliklarni nazorat qilish vositalari hamda ularni ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni bilmog‘i zarur.


Ilmiy-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlaridan biri kattaliklarni yanada aniqroq o‘lchaydigan mukammal nazorat-o‘lchash asboblarini, qurilmalarini va tizimlarini yaratishdir.
“Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish” fanini o‘rganish talabalarga metrologiya bo‘yicha asosiy tushunchalarni, atamalarni, ta’riflarni, o‘lchash usullari va vositalari hamda ularning metrologik tavsiflarini, o‘lchash xatoliklari va ularni baholash kabi masalalarni bilishini taqozo etadi.
Bu esa bugungi kunda, ayniqsa, jahon andozalariga mos keluvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning raqobatbardoshligini ta’minlashda, eng muhimi respublikamizning iqtisodiy salohiyatini oshirishda o‘ta muhim masalalardan biri sanaladi.
Sifat masalasi har bir ishda, u qanday ish bo‘lishidan qat’iy nazar, uning asosiy baholash kriteriyasi (ko‘rsatkichi) bo‘lishi kerak. Agarda har bir inson o‘z ishiga yuqori ma’suliyat bilan qarab asosiy baholash kriteriyasiga munosib ravishsa ish ko‘rsa xayotimiz kundan - kunga yaxshilanib borishi turgan gap, bu esa butun mamlakat bo‘ylab sifat masalasini yuqori darajaga ko‘taradi.
Ilmiy-tеxnikаviy istiqbоllаr аsоsidа tаrmоqning rivоjlаnishi yo‘lidаgi muаmmоlаrni hаl qilish uchun mеtrоlоgiya, stаndаrtlаsh vа sеrtifikаsiyaning rоli vа аhаmiyati kаttа. Shu munоsаbаt bilаn mаzkur fаnning ilmiy-nаzаriy аsоslаrini, uslub vа аmаliy yutuqlаrini chuqur o‘rgаnish jаrаyoni оziq-оvqаt sаnоаti tаrmоg‘idа injеnеr-tеxnik xоdimlаrni tаyyorlаshning аjrаlmаs bo‘lаgi bo‘lib qоlishi muqаrrаrdir.
Fanda yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan talabalar sanoat texnologik ishlab chiqarish qurilmalarida borayotgan jarayonlarni, jarayonlarning fizik-kimyoviy asoslarini, qurilmalarning uzviy bog‘liqlik rejim me’yorlarini, ishlab chiqarish texnologiyasining optimal ko‘rsatkichlarini aniqlash imkoniyatlariga ega bo‘ladi.
Amaliy mashg‘ulot mavzularida metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarishning ilmi,meyoriy-qonuniy va texnikaviy asoslarini,standartlarning qonuniy asoslarini,o‘lchashlarning texnik vositalarini tuzilishi haqida, mahsulot sifatining ko‘rsatkichlarini, standartlarni kategoriyalari, metrologiyaning qonuniy asoslarini,o‘lchash tamoyillari,mahsulotlarni tarkibi shuningdek sohaga oid ishlarni tashkillashtirish, olib borish va nozorat qilish bo‘limlaridan tashkil topgan.

Download 64.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling