Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Download 0.84 Mb.
bet13/33
Sana06.04.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1332051
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33
Bog'liq
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Turistik talab deganda - to‘lash imkoniyatiga ega bo‘lgan axolining turmahsulotga bo‘lgan talabi tushiniladi. Turistik talab amaldagi narx-navolarda axoli tomonidan aniq bir turistik -ekskursiya xizmatlarini sotib olishi bilan belgilanadi.
Bozordagi talabga muvofiq turizmda takliflar vujudga keladi, ya’ni turist uchun uning dam olishi va sayohati jarayonida lozim bo‘lgan turli xildagi xizmatlar shular jumlasiga kiradi. Takliflar-bu mahsulot ishlab chiqaruvchining bozorga talab qilinadigan aniq mahsulotni yetkazib berish uchun ideal tayyorgarlik va aniq imkoniyatga ega bo‘lishi tushuniladi.
Turistik bozorda bir-biriga qarama-qarshi harakatlanadigan hamda turistik aylanma harakat yaratuvchi pul oqimi yo‘nalishi va turistik mahsulotning muntazam harakatlanishini yaratib beruvchi omil vujudga keltiradi.
Turistik aylanma harakat - iqtisodiy aloqalar tarkibiga kiruvchi xizmatni pulga yoki bo‘lmasa pulni xizmatga almashtiruvchi jarayon kiradi.Ushbu jarayon turistik mahsulot oqimining harakatlanish yo‘nalishi, investitsiyalarning turizm soxasini rivojlantirish va turistik faoliyatdan keladigan daromadning byudjetga kelib tushishini ko‘rsatib beradi.
Turistik aylanma harakat quyidagi sxema bo‘yicha amalga oshiriladi:
1.Turist yo‘llanmani sotib oladi va turistik kompaniyaga pul to‘laydi.
2.Oqibatda turist o‘zining istak-talabini qondiradi.
3.Turistik korxona sotilgan turistik mahsulot uchun pulni oladi, turistik industriyaning rivoji uchun investitsiya o‘tkazadi yoki bo‘lmasa yangi turdagi turistik mahsulotni sotib oladi.
4 .Turistik korxona sotilgan turistik mahsulot uchun boj to‘laydi, turli shakldagi to‘lovlarni bajaradi, o‘z ishchi xodimlariga oylik to‘laydi.
Turistik korxona doimiy o‘zgarib turuvchi raqobatchilik muxitida barqaror tarzda qattiq tartib vaziyatida ish olib borishi lozim. Ushbu muxit elementlari bo‘lib bir nechta bozorlar hisoblanadi. Ular turistik mahsulot konyukturasini aniqlab beruvchi va turistik korxonaning iqtisodiyotiga tasir o‘tkazuvchi hisoblanadi:

  • Mexnat bozori;

  • Moliyaviy bozor;

  • Investitsiyalar bozori;

  • Turistik mahsulotlar bozori.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling