Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


Download 0.84 Mb.
bet14/33
Sana06.04.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1332051
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
Bog'liq
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

Mehnat bozori - ushbu bozor turistik faoliyatni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan intelekt va ishchi kuchi jalb qilinuvchi jabxa hisoblanadi.
Moliyaviy bozor - ushbu bozor davlat - kredit siyosati tomonidan boshqariluvchi bo‘lib shaxsiy jamg‘armaga ta’sir o‘tkazadi, yig‘ilgan mablag‘larni iste’mol va investitsiyaga bo‘linishini belgilaydi.
Investitsiyalar bozori - bu korxonalar tomonidan “O‘zoq muddatli moddiy foyda” (asosan uy-joy qurilish) hisoblanuvchi narsalar uchun sotib olinuvchi narsadir. Investitsiyalar bozori kreditlar bo‘yicha qilinadigan talab va foiz stavkalariga bog‘liq xolda rivojlanadi. Ishlab chiqarish uchun investitsiya ajratish ish bandligiga sabab bo‘lib, yangi asbob-uskunalarni ishlatish va yangi ish o‘rinlarini yaratib beradi.
Ma’lumki bozor - bu mexanizm bo‘lib, turli mahsulot turlari va xizmatlar uchun tug‘ilajak talab va takliflarni muvofiqlashtirib turadi. Unda katta xajmdagi bir-biri bilan bog‘liq bo‘lmagan aniq bir mahsulot -ya’ni, turistik mahsulotni sotib olishga xohishi va iloji bor potensial haridorlar harakat qilishadi. Bu yerda tovarni sotuvchi hamda bozor harakatlanishi sharoitini o‘zgartiruvchi haridorlar, dallollar shuningdek aniq va faol raqobatchilarni aniqlab olish mumkin.
Turizm bozorida tavsiflanishi bo‘yicha quyidagilarni hisobga olish mumkin:

  • Sotish va sotib olishning asosiy manbai xizmat hisoblanadi;

  • Haridor va sotuvchidan tashqari turistik bozor mexanizmiga sezirarli darajada dallollik bug‘inlari kiradi;

  • Turistik xizmatga bo‘lgan talablar bir necha xil xususiyatlarga ega;

  • moddiy imkoniyatli ishtirokchilarning turli - tuman qatnovi, yoshlari, maqsad va sabablar;

  • egiluvchanligi;

  • alohida harakterli va differensiyalanganlikning yuqori darajasi;

  • turistik takliflardan vaqt va masofa bo‘yicha o‘zoqligi;

  • turistik takliflar bir qancha xususiyatlari bilan tavsiflanadi, ya’ni uch tomonlama tavsifga (tabiiy resurslar, yaratilgan resurslar, turistik xizmatga) ega;

  • turistik industriyaning yuqori darajadagi fond sig‘imi;

  • egiluvchanlik darajasining pastligi;

  • jamlanmalik.

Turistik bozorda har bir aloxida mahsulot yoki xizmat alohida komponentlardan (masalan, tashuvchilar xizmati,turar-joy, ovqatlanish va x.k.o.) iborat. Bundan tashqari turistik mahsulotdagi komponentlar o‘zaro almashinuvi mumkin. Turistik mahsulotning o‘zi ham almashinuvi mumkin. Masalan, turistik paketga turli toifadagi mehmonxonalarni kiritish mumkin yoki xuddi shunday turga transport vositalarining almashtirilgan xoldagi variantlarini taklif qilish mumkin.(samolyot, poyezd yoki avtobus). O‘zaro almashtiruvning bunday xususiyati substitutsiya deyiladi. Ko‘p holatlarda yuzaga keluvchi substitutsiya turistik bozorda: transport, ovqatlanish, turli jalb qiluvchi madaniy tadbirlarda qo‘llaniladi. Turistik xizmatda substititsiyaning ahamiyat kasb etishi turistik korxona imkoniyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Turistik bozorning muhim xususiyatlaridan yana biri uning komplementarligidir (jamlanmadorlik)-bu xususiyat turistik mahsulot va xizmatning bir-birini to‘ldira olishidir. Bu xususiyat shunday tushiniladi, ya’ni iste’molchi tomonidan sotib olinuvchi tovar ko‘pincha butun bir boshqa tovar va xizmatlar sotib olishga olib keladi. Masalan, transport xizmati avtomatik ravishda boshqa turdagi xizmatlar (ovqatlanish, ko‘ngil ochar dasturlar) sotib olinishiga sabab bo‘ladi Bu esa o‘z navbatida turistik tovar va xizmatlarni kengaytirish uchun harajatga olib keladi, shuningdek turli xoldagi turistik mahsulot ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida daromadning taqsimlanshiga olib keladi.
Turistik mahsulot iste’molchilarining sanoqbay tavsifiga ko‘ra uch xil turdagi turizm bozorlari ajratiladi: ommaviy, mashxur va individual.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling