Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo
-Mavzu: Milliy turizm mahsulotiga bo‘lgan talab va taklif
Download 0.84 Mb.
|
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Milliy turizm takliflarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat tomonidan boshqarilishi. Milliy turizm industriyasi va uning rivojlanish jarayoni.
4-Mavzu: Milliy turizm mahsulotiga bo‘lgan talab va taklif
Milliy turizm mahsulotiga talabning shakllanishi. Jamiyatning yosh va ijtimoiy tarkibi. Milliy turizm mahsulotiga bo‘lgan talab va unga ta’sir ыiluvchi omillar Milliy turizm mahsulotiga bo‘lgan taklif va unga ta’sir qiluvchi omillar Milliy turizm takliflarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat tomonidan boshqarilishi. Milliy turizm industriyasi va uning rivojlanish jarayoni. Milliy turizm mahsulotiga talabning shakllanishi. Jamiyatning yosh va ijtimoiy tarkibi. Turistik bozor - bu turistik mahsulotni sotish va sotib olish jarayonini ta’minlovchi talab va takliflarni birlashtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va turistik mahsulot iste’molchisi o‘rtasida jamoa iqtisodiy munosabatlarini yuzaga keltiruvchi jabhadir. Natijada turistik xizmatning pulga aylanishi (sotish-sotib olish) jarayoni vujudga keladi. Turistik bozor murakkab hisoblanib, bunda uning mahsuloti to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki o‘rtadagi dallol orqali (xo‘jalik sub’ekti-turoperator-turagent-iste’molchi) sotiladi. Quyidagi aniq shart-sharoitlarga amal qilgandagina bozor samarali faoliyat yuritadi : erkin raqobat, bunda bozorning barcha ishtirokchilari o‘z maqsadlari (maksimal foyda bilan mahsulotni sotish yo ki minimal harajat bilan mahsulotni sotib olish ) ga intiladilar; ko‘rsatilayotgan xizmat va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati va xavfsizligi bo‘yicha asosiy qoidalarning borligi; iste’molchining erkin xolatda tanlay olish imkoni; Zamonaviy turistik bozor quyidagi o‘ziga xos bo‘lgan funksiyalarni bajaradi: 1.Turistik mahsulotdagi iste’molchilik qiymati va sotuv qiymati funksiyasi. Bu turistik mahsulot va o‘zaro pul almashuvida ayon bo‘luvchi qiymat harakatini bildiradi. Buning natijasida jamiyat takror ishlab chiqarishning normal yo‘nalishi ta’minlanadi, turizmni rivojlantirish uchun pul mablag‘i paydo bo‘ladi va yig‘iladi. 2.Iste’molchi (turist)ga turistik mahsulotni yetkazib berish jarayonini tashkillashtirish funksiyasi. Turist o‘z mablag‘ini turistik mahsulotga sarf qilgan holda o‘zining moddiy va ma’naviy ehtiyojini qondiradi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki-turistik bozor ishchi kuchining harajatini qoplagan xolda jamoaning asosiy ishlab chiqarish kuchini qayta tiklaydi. 3.Mehnatga moddiy manfatni iqtisodiy tomondan ta’minlab berish funksiyasi.Taqsimlash bozoridagi o‘zaro pul va turistik mahsulotni taqsimlash jarayonining tugalangan shaklidan iborat. Turistik bozor o‘ziga xos xususiyatlariga ega: 1.Turistik xizmatlarning sezilmasligi. Bunda qilingan daraja va sifatning kafolati, mahsulotning ishonchligi, shuningdek turning iste’molchilik xususiyatlari xaqida mukammal egadir. 2.Turistik mahsulotni amalga oshirishda mahsulotni sotib olish va uni iste’moli orasida vaqt uzilishi bo‘ladi, shuning uchun turmahsulotni taklif qilish kanallarining (mahsulotni sotuvchi) aniqligi va ishonarligi o‘ta muhimdir. 3.Turistik talabga mavsumiy almashuvlar va turistik oqimning shakli ta’sir qiladi. Ushbu salbiy xodisalarning oldini olish uchun narx-navoni differesiallash (xizmat ko‘rsatuv elementlari bo‘yicha mavsumga qarab), shuningdek turistlarni yetkazib berish xajmini muvozanatlash orqali erishish mumkin. 4.Mahsulot sifati ko‘p xollarda aniq ijrochilarga bog‘liq, shuning uchun turistik korxonalar ichidagi menejment doimo rivojlanishi lozim. 5.Turistik bozorda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o‘rtasida hududiy tarqoqlik mavjud, shuning uchun o‘zoqlashgan hamkorlar bilan tezkor aloqalar o‘rnatish muhim hisoblanadi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling