Ommaviy turistik bozor - katta guruhlardan iborat sayohat qiluvchi asosiy turistalr massasini o‘z ichiga qamrab oladi. Bunday turlarning haridorlari ilgari kelishilgan dasturlar, xizmat va ko‘ngilochar tadbiralr, hamda oldindan to‘lab qo‘yilgan xizmatlarning standart jamlanmasiga rozi bo‘lgan kishilardir.
Mashhur turistik bozor - bir muncha kamchiliklardan iborat turistlardan tashkil topgan bo‘lib, qimmatroq, inklyuziv turlar, ya’ni yuqori darajadagi servis va qimmatbaho mehmonxonalardan iborat, shuningdek sayohat davrida istaklariga qarab qo‘shimcha xizmatlar uchun haq to‘lanadi.
Individual turistik bozor - ushbu holatda turistlar yakka tartibda o‘z marshrutlarini mustaqil belgilaydilar, zaruriy hollarda transport xizmati va mexmonxonada joylashish uchun buyurtmalar beradilar. Bu turlar badavlat kishilar uchun ancha qiziqarli bo‘lib, ularni o‘ziga jalb qiladi. Bundan tashqari o‘z dam olishlarini biznes yoki boshqa bir mashg‘ulot bilan birgalikda davom ettiradilar, bu esa o‘z navbatida oldindan dam olishni tugallash yoki qaytish muddatini belgilashlari kerakligiga yo‘l qo‘ymaydilar.
Aniq bir rayon (hudud, region) bo‘yicha quyidagi bozorlar ajratiladi:
Ichki turizm bozori - o‘z ichiga ushbu rayon aholisining shu region bo‘yicha dam olishi imkonini beradi;
Kirish turizm bozori - o‘zga rayon aholisining ushbu rayonga kelib sayohat qilishlari;
Chiqish turizm bozori - bir rayon aholisining boshqa bir rayonga borib sayohat qilishlari.
Sayohatni tashkil qilishning tavsiflanishi bilan bog‘liq bo‘lgan tashkillashtirilgan va tashkillashtirilmagan turizm bozorlari ajratiladi.
Milliy turizm mahsulotiga bo‘lgan talab va unga ta’sir ыiluvchi omillar
Turizm bozoriga va turizm talabiga bir qancha omllar ta’sir qilida. Turizm talabiga boshqa tovar va xizmatlar kabi aholining oldigan daromadi va ularning sayohat uchun ishlatilishi ta’sir kiladi.
Turizm iqtisodning bir tarmog‘i sifatida ikki holatda barqaror bo‘ladi, ya’ni fukarolarning bo‘sh vaqtlari va yetarli daromadlarining borligi bilan. Shu sababli turizmda yuqori saviyada turizmga bo‘lgan talabni shakllantirish uchun, aholining bo‘sh vaqtini va daromadini oshirish yo‘llarini amalga oshirish kerak. Turizmga bo‘lgan talabni oshiruvchi asosiy ob’ektiv omil bo‘lib, axolining bo‘sh vaqti tendesiyasi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |