Urganch davlat universiteti


Download 103.1 Kb.
bet2/2
Sana11.06.2020
Hajmi103.1 Kb.
#117406
1   2
Bog'liq
metadalogik asos (Lotincha)

Test sinovlaridan ko‘zlangan maqsad oz vaqt ichida o‘quvchilarning

bilimlarini aniqlash hamda baholashdir.

Bunda test savollarini aniq va ravshan tarzda tuzish muhim

ahamiyaga ega. Test savollarining o‘mi va ularni mazmunan rang-

barang qilib tuzilishi, o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini

o‘stiradi, kelajakni real baholash imkonini beradi.

Maktab hujjatlarini tahlil qilish metodi

Respublikamiz rahbariyatining xalq ta’limi yuzasidan qabul

qilingan qaror va yo‘l-yo‘riqlari asosida maktabda amalga oshirilgan va ayni paytda bajarilayotgan ta’lim-tarbiya ishlarini hujjatlar orqali aniqlash metodi ham mavjuddir.

Maktab hujjatlarini tekshirish orqali o‘qituvchilar va o‘quvchilar

jamoasi, ulaming pedagogik faoliyati haqida aniq ma’lumotlar olinadi.

Umuman, maktab hujjatlari deyilganda; o‘qituvchi va o‘quv-

chilarning soni va sifati; o‘quvchilaming shaxsiy hujjatlari, sinf

jumallari, kundalik daftarlari, buyruq daftarlari, pedagoglar

kengashining qarorlari daftari, maktabning rejadagi pul hisobi va

uning sarflanishiga doir hujjatlar, turli inventarlar daftari va boshqalar

tushuniladi.

Maktab hujjatlarini tahlil qilishda o‘quvchilaming umumiy

miqdori, uning o‘sishi yoki kamayish sabablarining tavsifi, o‘quv-

chilaming fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish darajasiga, sinfda qolishning

oldini olish, rag‘batlantirish va jazolash choralari, turlariga, maktab

ning moddiy bazasiga e’tibor beriladi.

Ularni tahlil qilish, hisobotlarni ko‘zdan kechirish, to‘g‘ri yoki

noto‘g‘riligini aniqlash, o‘quvchilar faolliklarining o‘sishi bilan

taqqoslash, ilg‘or pedagogik tajribalarning umumlashtirilishi hamda

joriy etilishi va nihoyat, o‘qituvchi-tarbiyachilarning ilmiy-pedagogik

faoliyatlarini tekshirish, tegishli chora-tadbirlar belgilash maqsadida

o‘tkaziladi.

Eksperiment-tajriba sinov metodi

«Eksperiment» so‘zi lotincha «sinab ko‘rish», «tajriba qilib

ko‘rish» degan ma’noni anglatadi.

Odatda, eksperimental-tajriba ishlari ta’lim-tarbiya jarayoniga

aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tatbiqiy jarayonlarini

tekshirish, aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Bunda ham ilmiy faraz-

larning didaktik yoki amaliy ahamiyatiga e’tibor beriladi. 0 ‘tkaziladigan tajriba ishlari ta’lim va tarbiya o‘rtasidagi

qonuniy aloqalarni aniqlash, natijalarni hisobga olish asosida

yangi metodlarni tatbiq etishga, ta’lim-tarbiya samaradorligini

oshirishga qaratiladi. Shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonining

borishini, tuzilishi va natijalarini oldindan ko‘ra bilish imkoniyatini

beradi.

Eksperiment metodi sharoitga qarab 3 xilda o‘tkaziladi:



1) tabiiy eksperiment;

2) laboratoriya eksperimenti;

3) amaliy tajriba.

Pedagogik eksperiment o‘z mazmuniga ko‘ra didaktik, tarbiyaviy,

maktabshunoslik muammolari yuzasidan o‘tkaziladi.

Pedagogik eksperiment tajriba ishlarini o‘tkazishda quyidagi

talablar qo‘yiladi:

1) ishning aniq, ilmiy jihatdan asoslangan farazini aniqlash va

kutilishi lozim boMgan natija uchun reja belgilash; 2) ilmiy ish yoki pedagogik faoliyat uchun aniq obyekt belgilash,

amalga oshirish borasida qo‘shimcha metodlarni aniqlash; 3) tajriba ishi o'tkazish vaqtini va muddatini belgilash;

4) tajriba uchun lozim boMgan asbob-uskuna va boshqa hoka-

zolarning tayyor turishi;

5) eksperiment natijalarini zudlik bilan tahlil qilish va tegishli

xulosa chiqarish hamda tavsiyalar berish kerak.

Statistika ma’lumotlarini tahlil qilish metodi

Mazkur metod natijalariga qarab pedagogik tadqiqot to‘g‘risida

aniq maMumotga ega boMish mumkin. Chunki nafaqat ilmiy

izlanishlar borasidagi, balki xalq taMimi sohasidagi, jumladan,

ajratilgan mablagMarning oshirilishi, xalq taMimi muassasalarining

doimo o‘sib borishi, darslik va o‘quv qoMlanmalari, xo‘jalik shartnomalari va ulardan tushayotgan mablagMar statistika metodi

orqali aniqlanadi. Respublikamizning deyarli barcha taMim-tarbiya muassasalari

statistika maMumotlari bilan qurollangan, kelajak rivojlanish

rejalariga ega. Respublikamizning mustaqil boMgunigaqadar statistika sohasidagi

chalkashliklar, atayin orttirib, qo‘shib yozishlar xalq taMimi tizimida

ham mavjud edi. Ularning nazorati bo‘shligi va obyektiv emasligi

xalq taMimi sohasidagi chuqur islohot o‘tkazilishiga olib keldi.

Demak, statistik malumot aniq, hayotiy bolsa bajarilayotgan talim-

tarbiya yoki ilmiy tadqiqotning qimmati yuqori boladi.

2.3 Pedagogika tadqiqotning asosiy kategoryalari.

Pedagogika ta’lim-tarbiya maqsadini jamiyat talablariga va 0‘quv- chilarning yosh xususiyatlariga qarab mazmunan o‘zgarib borishini

o‘rgatadi, mukammal inson tarbiyasining tarkibiy qismlarini va ular

o‘rtasidagi aloqa hamda bogManishlarni ochib beradi. Shu asnoda ta’lim va tarbiya sohasidagi tajribalami umumlashtiradi, tarbiyaning

kelgusidagi rivojlanish istiqbollarini, yo‘llarini ko‘rsatib beradi.

Pedagogika maktab, kollej va akademik litseylar hamda maktab-

dan tashqari muassasa xodimlarini ham nazariy, ilg‘or tajribalar

bilan qurollantiradi. Ota-onalarga yoshlarga to‘g‘ri tarbiya berish,

o‘qitishdagi mahoratini yanada takomillashtirish yo‘lida amaliy

tavsiyalar beradi.

Tarbiya - o‘sib kelayotgan avlodlarda hosil qilingan bilimlar

asosida aqliy kamolot va dunyoqarashni, insoniy e’tiqod, burch va

mas’uliyatni jamiyatimiz kishilariga xos boMgan axloqiy fazilatlarni

yaratishdagi maqsadni ifodalaydi. Tarbiya bola tug‘ilganidan boshlab

umrining oxirigacha davom etadigan jarayondir. Shu sababli, tarbiya

so‘zi ko‘p vaqtlarda ta’lim, ma’lumot jarayonlariga kiradigan

ishlarning mazmunini ham anglatadi. Tarbiya-ta’lim va ma’lumot natijalarini o‘zida aks ettiradi.

Ta’lim –maxsus tayyorlangan kishilar rahbarligida o‘tkaziladigan,

o‘quvchilarni bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollantiradigan,

bilish qobiliyatlarini o‘stiradigan, ularning dunyoqarashini tarkib

toptiradigan jarayondir.

Agar tarbiya bola tug‘ilganidan boshlab, oilada, maktabda va

jamoatchilik ta’sirida shakllansa, ta’lim chegaralangan (masalan,

sinf xonasi, laboratoriya xonalari) joyda tashkil etiladi. 0 ‘qituvchi-

tarbiyachi rahbarligida muayyan belgilangan vaqtda olib boriladi.

M a’lumot ta’lim-tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan

bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda shakllangan

dunyoqarashlar majmuyidir.

Ta’lim, tarbiya va ma’lumot uyg‘unlashgan yagona jarayon

bo‘lib, o‘qituvchi-tarbiyachi ularning shakllanishida yetakchilik

qiladi. 0 ‘qituvchi maktabda dars berar ekan, o‘quvchilarni fan olami

yangiliklaridan xabardor qiladi, ayni paytda ularda insoniy sifatlarni shakllantiradi, tarbiyalaydi.

Pedagog o‘quvchilarning aqliy, axloqiy, jismoniy, estetik,

mehnatsevarlik kabi fazilatlarini tarbiyalash uchun, ularning kundalik

xatti-harakat va fe’l-atvorlariga doimo ta’sir ko‘rsatadi.

Ijtimoiy hayot tajribasining ko‘rsatishicha, agar inson o‘z

shaxsiy manfaatini ko‘zlab o‘qisa, o‘rgansa, o‘z ustida tinmay qunt

bilan shug‘ullansa, u oliy ma’lumot olishi mumkin. Lekin haqiqiy

mukammal kamolot egasi boMishi uchun u ta’lim va ma’lumotdan

tashqari, yuksak insoniy fazilatlar asosida tarbiyalangan bolmaga



lozim. Ana shunday fazilatlarga ega boMgan kishigina tarbiya korgan inson xisoblanadi.

Pedagogik tadqiqot ta’lim-tarbiyaning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarini o‘rganish, tushunchalari fanlararo bog‘liqlik, fanshunoslik va umumjahon fanida qabul qilingan metodologik kategoriyalar deb asoslanadi. Kadrlar tayyorlash Milliy modelida belgilangan fanning istiqbolli vazifalaridan biri jahon faniga integratsiyalashuvidir. Globallashuv sharoitida jahonning ilg‘or tajribalaridan foydalanishi va taraqqiyotning o‘zbek modeli, O‘zbekistonda pedagogik yutuqlarni namoyish qilish davr talabidir. SHuning uchun fanda qabul qilingan kategoriyalar va tushunchalar ilmiy bilishning muhim omilidir. Tushuncha, abstrakt tafakkur shakli – ba’zi narsalarni umumlashtirish va shu narsalar uchun umumiy bo‘lgan belgilar yig‘indisini fikran ajratish natijasidir. Ilmiy bilishda xususiy, umumiy va eng umumiy tushunchalar bo‘ladi. “Tushuncha” so‘ziga “tushunmoq” , “tushunish” so‘zlari yaqinligi abstrak fikrlash ekanligidan dalolat beradi. Oliy darajadagi tushunchalar ideallik sohasini tashkil qiluvchi g‘oyalardir, «G‘oya tarzidagi tushuncha kelajakning yoki kelajakdagi narsalarning SHunday qilib, voqeylikni chuqur aks ettirilishi, anglashi va yo‘nalishiga ko‘ra tushunchalarni to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: 1. narsalardagi umumiylikni aks ettiruvchi tushunchalar; 2. narsalardagi muhim belgilarni qamrab olgan tushunchalar; 3. narsalarning mazmun, mohiyati ochilishiga bog‘liq tushunchalar; 4. g‘oya – tushunchalar Tushunchalar asosida xulosa shakllanadi. Tushunchalar predmetning, voqeylikning mohiyati, o‘ziga xos xususiyati leksikologik va ilmiy xossasi. Kategoriya (yunoncha – tafsilot, belgi) voqeylik va bilshning umumiy xususiyati haqida fundamental, nazariy tushuncha.Pedagogikaning ilmiy tili, tushuncha va kategoriyalari yangi tadqiqotlar, jahon ilm fani yutuqlari asosida boyib boradi. Pedagogik tushunchalardan aniq foydalanishi ilmiy tadqiqotning muhim shartidir. Pedagogik tushunchalarning o‘ziga xos xususiyati shundaki, ilmiy tushunchalar oddiy, umumiy tilga yaqin. Pedagogik ishlanmalar keng ommaga, o‘qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalarga tushunarli bo‘ladi. Tushuncha va iboralarni to‘g‘ri qo‘llash fikrni maqsadli, tushunarli bayon qilish imkoniyatini beradi. Metodik harakterdagi ilmiy til izlanuvchining lug‘at boyligi bilan belgilanadi. Pedagogik tushunchalar fanlarning tutash bandida rivojlanib bormoqda. Pedagogik tadqiqotlar natijasi, grafika, tablitsa, matematik, fizik, kebernetik, matematik, mantiq, psihologik, fiziologik, sotsiologik, algoritmik, texnologiya kabi tushunchalar bilan ifodalanmoqda. Hozirgi davrda pedagogik jarayonni ilmiy tadqiqotida har xil yondoshuvlar, tamoyillar, metodlarni ifodalovchi tushunchalar bilan boyimoqda. Tadqiqotning darajasi uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayonini modernizatsiyalash ilmiy-amaliy ahamiyatini zamonaviy fan tilida umumlashgandir. Pedagogik tadqiqotlar amaliy va metodologik xarakterda bo‘lishi haqida oldingi bobida to‘xtalgan edik. Metodologik tadqiqotlar kam o‘rganilgan, O‘zbekistonda fanning tarixiy taraqqiyot tajribasidan, milliy qadriyatlar asosida fanning metodologik qoidalarini ishlab chiqish, jahon fani tajribalarini bozor iqtisodi tamoyillari asosida ta’lim-tarbiyaning jamiyatni iqtisodiy, ijtimoiy taraqqiyotida imkoniyatni oshirish davr talabidir. Bugungi kunda jamiyatni pedagoglashuvi, pedagogika ijtimoiy hayotning barcha sohasini ta’lim-tarbiya metodikasi bilan ta’minlashi, uning tarmoqlari alohida fan sifatida tarkib topishiga olib keldi. Ijtimoiy hayotning har-bir sohasida ta’lim-tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini maxsus tadqiqotlar yo‘nalishida o‘rganiladi. Pedagogikaning tarkibiy qismlari va xizmat sohasi quyidagilardan iborat: - umumiy pedagogika, fanining metodologik asoslari; - ijtimoiy pedagogika; - maktabgacha pedagogika; - maxsus pedagogika (deffektologiya tarmoqlari); - umumiy ta’lim pedagogikasi; - oliy maktab pedagogikasi; - kattalar pedagogikasi didaktika-maxsus fanlar; - pedagogika tarixi va qiyosiy pedagogika fanlar.

IV. Xulosa

XXI asrda ilm-fanning ishlab chiqarish kuchiga aylangan muammoli ta’lim, har bir kasbda ijodkorlik komietensiya o‘zluksiz ta’lim tamoyilini belgilaydi. Har bir mavzu bo‘yicha dars fanning taraqqiyot darajasi, dolzarb muammolari tahlil etiladi., talabalarni ilmiy tadqiqotchilik faoliyatiga yo‘llanadi.

Kurs ishini yozishdan yana bir maqsad tanlagan kasbi bo‘yicha bilim olishning ma’lum bir bosqichda barcha fanlardan olgan bilimlarini mustahkamlab, o‘zaro bog‘lab, ularni umumiy maxrajga keltirib quyishlikdir,

Foydalangan adabiyotlar royxati:

I [1] I.A Karimov “Yuksak ma`naviyat-yengilmas kuch” asari, Toshkent “Ma`naviyat” 2008-yil, 82-bet

II [2] Sh. M Mirziyoyev “Erkin va farovon, demokratik O`zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” asari, Toshkent “O`zbekiston” 2016-yil, 5-bet

[3] Sh. M Mirziyoyev “Tanqidiy tahlil, qat`iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak” asari, Toshkent “O`zbekiston” 2017-yil, 45-bet

III O’.M. Asqarova, M.Xayitboyev, M.S. Nishonova. Darslik, pedagogika.

IV B.Xojayev, A.Choriyev, Z.Saliyeva, darslik, Pedagogika tadqiqotlar metadalogiyasi.



1



Download 103.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling